Abiotik omillarga organizmlarning moslashishi

Abiotik omillarga organizmlarning moslashishi

O'quvchilarga / Ekologiya
Abiotik omillarga organizmlarning moslashishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Makro va mikro iqlimlar 2. Yorig'lik va uning organizmga ta'siri 3. Yorug'likning ekologik mohiyati 4. Yorug'likka nisbatan o'simlik va hayvonlarning ekologik guruhlari Muhitning iqlimlik mohyati unda turli tirik organizmlarning yashashidir. Jumladan, O'rta Osiyo cho'l dashtlari yoki Afrika savannalarda katta suv emizuvchilari bilan bir qatorda hashoratlar ham yashaydi.Ya'ni kiyiklar, saygaklar yoki yerdan 2 m balandlikdagi jirafalar va o'tlar orasidagi chumolilar uchun yashash muhiti har xildir. Shuning uchun ham organizmlarning yashash muhiti iqlimini makro- iqlim, mezo- iqlim va mikro iqlimlarga bo'lish mumkin. Makro- iqlim- ma'lum joining geografik va orografik holatlaridan kelib chiqadi masalan, Toshkent viloyati yoki Farg'ona vodiysining yerlari, Qizilqum, Oly vodiysi kabi katta maydonlar makro- iqlimlarga misol bo'ladi. Makro iqlim ichidagi ayrim abiotik omillar komponentlarining o'zgarib turishi, shu katta maydon ichida mezzo iqlomni keltirib chiqaradi. Masalan, chimyon tog'idagi archazorlar, qizilqumdagi saksovul o'rmonlari, katta tepalikning shimoliy yoki janubiy qiyaliklari, ko'l yoki suv omborlarining atrofi mezoiqlimdir. Mikro iqlim- tirik organizm darajasidagi iqlimdir. Makro iqlim va mezo iqlimlar, tabiiy voqeliklar o'rganilsa, mikro iqlimda organizmlarda hosil bo'ladigan jarayonlar, harakatlar maxsus apparatlar yordamida o'rganiladi. Shu yuqoridagi muhit iqlimlari ichidagi turli abiotik omillar va ularning tirik organizmlariga ta'sirini alohida-alohida o'rganish mumkin. Yorug'lik va uning organizmga ta'siri. Tiriklikning hamma xillari va xislarlari kosmik hodisalar bilan chatishib ketgan. Yer yuzida hayotning kelib chiqishi va tirik organizmlarning faoliyati abiotik omillardan quyosh nuriga bog'liqdir. Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh radiatsiyasi asosiy energiya manbai bo'lib, sayyorada issiqlik balansi, organizmlarda suv, gaz va modda almashinuvi, o'sish va ko'payishi, avtotrof organizmlar tomonidan organik moddalarning hosil bo'lishi va organizmlarning hayot-faoliyatini to'la o'tishi uchun yashash muhitini hosil qiladi. Yorug'likning ekologik mohiyati. Yorug'likning ekologik mohiyati kun davomida tirik organizmlarga ta'sir qiladi. Energiya manbai va ta'sir qilish tezligi quyosh nurining (spektral) tarkibidan kelib chiqadi. Quyosh energiyasi nurlarining o'simlik yagrog'iga ta'sirini 4 ta fiziologik mintaqaga bo'lish mumkin: 1). 300-520 nm uzunlikdagi to'lqinlar ta'sir qiladigan mintaqa: quyosh nurining bu to'lqinlari xlorofill, karotinoid, protoplazma, fermentlar tomonidan yutiladi, qabul qilinadi. 2). 520-700 nm uzunlikdagi to'lqinlar mintaqasi bo'lib, u nurli to'lqinlarni faqat xlorofilgina qabul qiladigan to'q sariq, qizil nurlardan iborat. Bu nurlar hamma fiziologik jarayonlar uchun, ya'ni fotosintez, rivojlanish va forma hosil qilishda katta ahamiyatga ega. 3). 700-1050 nm infraqizil nurlar mintaqasi bo'lib,ularning hech qanday biologik roli yo'q. 4). 1050 nm dan yuqori mintaqa -uzun infraqizil radiatsiyalar, kuchli issiqlik omili bo'lib, uni sitoplazma va suvgina yutadi. Quyosh radiatsiyasi to'q sariq-qizil va qizil nurlar (600-6800nm) yaproq tomonidan intensiv qabul qilinadigan bo'lib, ikkinchi -UBN (300-520 nm), uchinchi darajada, minimum holda sariq- yashil (550-575nm) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.29 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.29 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga