Antropogen landshaftlar, alohida muhofaza qilinadigan hududlarning ekologik holati

Antropogen landshaftlar, alohida muhofaza qilinadigan hududlarning ekologik holati

O'quvchilarga / Ekologiya
Antropogen landshaftlar, alohida muhofaza qilinadigan hududlarning ekologik holati - rasmi

Material tavsifi

Antropogen landshaftlar, alohida muhofaza qilinadigan hududlarning ekologik holati Barcha tirik mavjudotlar qatori inson hayotini ham atrof-muhitsiz, tabiatsiz tasavvur qilish qiyin. Inson organizmi ko'p jihatdan tabiiy komponentlar havo, suv, o'simlik, tuproq, hayvonot va hoka'zolar bilan bog'liq. Bundan tashqari inson ongli mavjudotdir va u o'z mehnatini osonlashtirish yuqori samaraga erishish uchun turli mehnat qurollardan texnika kuchidan foydalanadi. U boshqa organizmlardan farqli ularoq ijtimoiy mavjudoddir. Jamiyat a'zosidir. Shuning uchun uning hayoti biologik omillardan tashqari ko'pgina ijtimoiy omillar bilan ham belgilanadi. Inson bevosita va bilvosita yerga, tuproqqa, suvga, havoga, o'simlik va hayvonot dunyosiga ta'sir etmokda. Bu bilan u o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishmokda. Ammo ba'zan o'zi kutmagan, ayrim salbiy oqibatlaring yuzaga kelishiga ham sababchi bo'lib qolmokda. Bunda salbiy oqibatlarning ba'zilari dunyoviy tus olmokda va olimlarni jamoatchilikni tashvishga solmoqda. XX- asrning 40-50 yillarida geografiya adabiyotida madaniy landshaftlar yoki o'zgartirilgan landshaftlarga bag'ishlangan ilmiy maqolalarning birin-ketin paydo bo'lishi antropogen landshaftshunoslik poydevorining shakllanishiga kuchli turtki bo'ladi. Bu borada ayniqsa G.Yu. Saushkinning (1946) «Madaniy landshaftlarni o'rganish uchun geografiyaning alohida tarmog'i bo'lishi kerak», degan fikri muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Landshaftlarning havo komponenti tarkibida atmosfera gazlaridan tashqari suv bug'lari turli chang zarralari, o'simlik changlari mikroorganizm-lar ham aralashgan bo'ladi. Xuddi shunday landshaft suvlar tarkibida ham, havo, erigan, nuragan va yuvilgan tog' jinslari, o'simlik va hayvonot, ular qoldiqlarida va hoka'zolarda uchraydi. Landshaft hosil qiluvchi omillar haqida so'z yuritilganda, ko'pincha u yoki bu komponentning ayrim xususiyatlari ko'zda tutilganligini yoki komponent landshaftda ma'lum bir kuch sifatida ishtirok etsagina uni omil deb hisob-lash hollarini ko'ramiz. Ayrim hollarda esa landshaftga tashqaridan bo'ladi-gan kuchlarni omil sanashadi. Hozirgi zamon landshaftlarining ko'pchiligi insonning oqilona faoliyati natijasida o'zgartirilgan bo'lib, ularni madaniy landshaftlarga aylantirish lozim. Bunday landshaftlarning eng asosiy xususiyatlaridan biri maxsuldorlik va iqtisodiy samaradorlik bo'lishi kerak. Landshaftlarning ichki imkoniyatini rivojlantirish, tabiiy jarayonlarni faollashtirish va landshaftlarning samaradorligini oshirish asosiy maqsadga aylanishi kerak. Natijada bizga yaxshi tanish bo'lgan va antropogen landshaftlar ichida «madaniy landshaft» deb atalishi mumkin bo'lgan hamda yuqori maxsuldorlik, iqtisodiy samaradorlik kabi talablarga ozmi ko'pmi mos kela oladigan landshaftlar hosil bo'ladi. Bu o'z navbatida ilgari shu landshaftlarga xos bo'lgan tabiiy xilma-xillikning soddalashishga hamda moddalarning, shu jumladan to'yimli moddalarning ham, namlik va energiyaning aylanma harakatining o'zgarishiga olib keladi. Vaholanki, landshaftlardagi to'yimli moddalarning aylanma harakati organizmlar sonining muvofiqlanib turish, tuproq unumdorligining maromida bo'lishi, landshaftlarning o'zini-o'zi saqlab turishida juda katta va hal qiluvchi ahamiyatga egadir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:25 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga