Asbob-uskunalar yordamidagi ekologik nazoratning usullari Reja: 1). Ekologik nazorat usullari: a). Optik usullar b). Elektrokimyoviy usullar. v). Radiometrik tahlil. g). Mass - spektrometrik tahlil. d). Xromatografik tahlil. Tayanch iboralar: fazalarning bo'linishi, elektromagnit nurlanish, dispers tizim, potensial qator, oksidlash tiklash tizimi, radioaktiv izotoplar, ionlanishi, adsorbsiya. Yuqoridagi keltirilgan nazorat usullari ma'lum fizika qonunlariga va ularni tavsiflovchi tenglamalarga asoslangan, ularning yordamida o'lchovlvr natijasida aniqlangan natijalardan foydalanib qidirilayotgan parametr kattaligini yoki qaysidir qidirilayotgan tavsifini aniqlash mumkin. ATMni kimyoviy ifloslanishlarni o'lchashda va o'lchovlarni natijalari asosida qonuniyatlarni aniqlovchi qo'shimcha ishlatiladigan usullarini ko'rib chiqamiz. Fizikaviy ifloslanishlarni nazorat qilish usullarida ko'proq xollarda to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatuvchi apparatlar ishlatiladi va faqat ba'zi xollarda tarirovkalangan yoki kalibrlangan ko'rsatkichlar ishlatiladi. Xamma kimyoviy ifloslanishlarni tahlil qilish usullarini umumiyligi, moddalarni ikki fazaga bo'lish jarayonidir, tahlil qilinishi kerak bo'lgan moddalar fazalarining birida jamlangan bo'ladi: suyuq, qattiq yoki gazlar. a). Optik usullar Fotometrik tahlil. Bu tahlil usuli kolorimetrik, fotokolorimetrik va spektrometrik usullardan foydalaniltan holda olib boriladi. Xar qanday modda elektromagnit nurlanishni yutadi va qaytaradi. 400 760 nm (ko'rinuvchi yorug'lik) to'lqin uzunligida nurlanishlarni yutuvchi moddalar bo'yalgan bo'ladi. ko'rinuvchi yorug'lik yutish va va qaytarish bilan birga tahlil uchun nurlanishlarni ul'tra binafsha (200 400nm) va infraqizil (0.8 26mqm) spektrlarida yutilishidan xam foydalaniladi. YOrug'likni yutilishi va qaytarilishini kattaligi va tavsifi, moddalarning tabiatiga va eritmadagi miqdoriga bog'liq. Shu xususiyati optik usullariga sifat va miqdoriy tahlil qilish uchun foydalaniladi. Kolorimetrik, fotokolorimetrik usul yorug'liklarni yutish qonuniga asoslangan. Nefelometrik tahlil. Nefelometriya tadqiq qilinayotgan moddaning og'irligi bilan tarqalayotgan yorug'lik oqimining jadalligini o'lchashga asoslangan dispers tizimlarini tahlil qiladigan va o'rganadigan usullarning majmuasi hisoblanadi. Bu kattalik dispers zarralarni soniga, hamda aniqlanayotgan moddaning miqdoriga proporsional bo'ladi. tarqalayotgan yorug'likning jadalligi nefelometr (grekchadan - bulut - o'lchash) yordamida aniqlanadi. Bu pribor suyuqlik va gazlarni yorug'likni tarqalishi jadalligi bo'yicha xiralik darajasini o'lchashga mo'ljallangan. Nefelometrlar yuzaki kuzatiladigan va fotoelektrik yorug'likni manbadan o'tib tarqalayotgan komponentini eritmadan o'tishi nazorat qilinadi. Shunday qilib, nefelometrlar moddaning mayda zarralar, empul'siya va kolloid holatidagi eritmalarini o'lchar ekan. Priborda ikki yorug'lik oqimining, eritmadan va shisha tarqatuvchidan tarqalayotgan, diafragma yordamida tenglashtirishdan foydalaniladi. Elektrokimyoviy usullar. Potensiometriya. Potensiometrik aniqlash, elektrodlar potensial qatori oksidlash-tiklash tizimlari komponentlari faolligining funksiyasi ekanligiga asoslangan. Elektrodning potensialini aniqlovchi oksidlash - tiklash tizimi, ham eritmadagi komponentlardan tarkib topgan bo'lishi ham elektrodni eritmaga tushirganimizda hosil bo'lishi mumkin. Birinchi holatda elektrod birinchi tur sifatida reaksiyada qatnashmaydigan, faqat elektronlarni oksidlash-tiklash tizimi komponentlari orasida uzatgich bo'lib xizmat qiladigan inert metallar (platina, oltin, kumush, simop) bo'ladi, shuning uchun ular (uzatkichlar) elektrodning potensialini bildiradi. Ikkinchi turdagi elektrodlar esa metalning yuzasi xuddi shu metallning kam eriydigan ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.23 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.23 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:25 ]
Arxiv ichida: doc