Asosiy ekologik tushunchalar

Asosiy ekologik tushunchalar

O'quvchilarga / Ekologiya
Asosiy ekologik tushunchalar - rasmi

Material tavsifi

Asosiy ekologik tushunchalar Reja Tabiat va inson o'rtasidagi munosabat Bioekosning asosiy qonuni. Kommoner qonunlari Yu.Libix minimum qonunin IBTIDOIY bosqich Insonlar tabiiy sharoit va oziq-ovqatning mavjudligiga to'la qaram bo'lgan. 40 ming yil oldin yer yuzida aholi soni 10 mln. kishidan ortgan. agrar bosqich 10 ming yil oldin oziq yetishmasligi va tabiiy sharoitlarning cheklovchi roli yana ham kamaygan. Yer yuzida aholi soni 50 mln. kishidan ortgan. Dastlabki antik shaharlar vujudga kelgan, madaniyat rivojlangan. XYII asrning oxirlarida, 1784-yilda bug' mashinasining ixtiro qilinishi bilan insoniyat tarixidagi industrial bosqich boshlangan. Bu davrga kelib inson xilma-xil tabiiy resurslardan foydalana boshlagan, antropogen modda almashinuvining ko'lami oshgan. 1864-yili AQShda geograf-olim G.Marsh(1801-1882)ning «Inson va tabiat yoki Insonning tabiatni fizik-geografik sharoitlarining o'zgarishiga ta'siri» degan asari e'lon qilingan. XIX asrda aholi soni 1 mlrd. kishidan oshgan, tabiiy resurslarni qazib olish va ishlatish hajmi o'sgan, ayrim o'simlik va hayvon turlari qirilib ketgan. Atrof-muhitning ifloslanishi kuchaya boshlagan. XIX asrning ikkinchi yarmidan jamiyat tarixidagi texnogen bosqich ajratiladi. So'nggi 50 yil ichida yer yuzi aholisi deyarli uch martaga o'sgan. V.G.Nesterov (1991) bo'yicha, bioekosning asosiy qonuni tirik tabiat va atrofdagi tirik oiganizmlar muhiti munosabatlarini yaxshilash bo'lib, quyidagicha ifodalanishi mumkin: Bu yerda = X -»1 О - atrof^muhit, В - tirik tabiat, О va В birlikda ideallikka intiladi. Shunday qilib, bu qonun muhitni О organizmlaming bir-biriga muvofiq kelish qiymatini ifodalaydi. Qiymat tushunchasi bu yerda organizmlaming miqdoriga yashash sharoiti mos kelishini ifodalash uchun qo'llanilgan. Biekosning asosiy qonuni boshqa tushunchalar singari oddiydir. Uning matematik ifodasini olishda О muhit tavsifi, В oiganizmi talablariga bo'linadi. В 0 + (0 - B)ga o'zgartirilib bioekos ulushi 13 ning me'yori olinadi. Oxirgi ifodada IO+BI ning qiymati manfiy yoki musbat bo'lsa ham u ijobiy deb olinib О qiymatga qo'shiladi. V.G.Nesterovning ta'kidlashicha, bioekosning asosiy qonuni hech qanday tashqi kuchlar ta'sirisiz mavjud. Bu qonun tirik organizmlarni tashqi ta'sinning tomonidan foydalanib, salbiy tomonini bartaraf qihshini ifodalaydi. Kommoner qonunlari. 1.Hamma narsa bir-biri bilan bogliq; 2.Hamma narsa qayoqqadir ketadi; 3.Tabiat yaxshiroq biladi; 4. Hech narsa bekorga berilmaydi Nemis agroximik olimi Yu.Libix minimum qonunini ayrim moddalar tuproqda minimum holda bo'lishini hosildorlikdan kelib chiqib isbotladi. Ammo Libixning bu qonunini faqat statsionar sharoitda to'g'ri bo'ladi. Kimyoviy elementlaming biri yetishmasa hosildorlik juda yuqori bo'lmasa ham me'yor darajasida bo'ladi. Hosildorlikni faqatgina kimyoviy elementlar emas balki harorat, yorug'lik, namlik va boshqalar ham belgilaydi. Tabiiy muhitda chegaralovchi omillarning maksimal mohiyatini 1913 yili AQShlik zoolog V.Shelford aniqlab, unga tolerantlik qonuni ifodasini beradi, bu qonun bo'yicha turning yashashi, qator ekologik omillarning ozligi va ko'pligi, organizmni chidamlilik chegarasiga yaqin darajasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.79 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:25 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.79 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga