Asosiy yashash muhitlari

Asosiy yashash muhitlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Asosiy yashash muhitlari - rasmi

Material tavsifi

Asosiy yashash muhitlari Reja : Ekologiya. Ekosistema. Yashash muhiti. Ekologik omillar. Cheklovchi omil. Optimum. Organizmlarning moslashuvi 1. Ekologiya. 2. Ekosistema. 3. Yashash muhiti. 4. Ekologik omillar. 5. Cheklovchi omil. 6. Optimum. 7. Organizmlarning moslashuvi Yer yuzida mavjud bo'lgan o'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va ular yashayotgan muhit bir-biri bilan uzluksiz bog'langan bo'lib, doimo o'zaro ta'sir qilib turadi. Birgalikda yashaydigan organizmlar o'zaro va tashqi muhit bilan to'xtovsiz moddalar va energiya almashinuviga kirishib turadi. Tirik organizmlar ular yashaydigan atrof muhit bilan Ekologiya predmeti va uning vazifalari Ekologiya (grekchadan «oykos»-uy, panajoy va «logos»-fan) tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhit o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadigan fan. Tabiatda bitta turga mansub organizmlar guruhi populyatsiyani, populyatsiyalar jamoani, jamoalar birgalikda ekosistemalarni hosil qiladi. Ekosistemalar organizmlar jamoasi va ular yashaydigan muhitdan iborat. Yer yuzidagi barcha ekosistemalar birgalikda biosferani hosil qiladi. Ekologiya o'rganadigan obyektlar, bu organizmlar, populyatsiyalar va ular jamoasi, ekosistemalar va biosferadan iborat. Ekologiya tirik organizmlarning ana shu guruhlari bilan ular yashaydigan muhitning hamda tirik organizmlarning o'zaro ta'sirini o'rganadi. Ekologiya biologiyaning boshqa fanlari, ayniqsa zoologiya, botanika, genetika, evolyutsion ta'limot, fiziologiya, etologiya (hayvonlar xulq-atvori to'g'risidagi fan) bilan chambarchas bog'liq. Evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekologiyaga ham bevosita aloqador. Chunki yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli organik dunyoning tarixiy taraqqiyoti davomida muayyan muhit sharoitida faqat eng qulay moslanish belgilariga ega bo'lgan populyatsiyalar, turlar, jamoalar saqlanib qolgan. Keyingi davrda Ekologiya tushunchasi juda keng tarqalib bormoqda. Ko'pincha «ekologiya» so'zi inson bilan tabiat o'rtasidagi har qanday o'zaro ta'sirga nisbatan yoki odamning xo'jalik faoliyati tufayli atrof muhitning buzilishi tarzida talqin qilinadi. Ana shu manoda ekologiya har qanday jamiyatning barcha a'zolari manfaatiga tegishli bo'ladi. Ekologiya atrof-muhit sifatining ko'rsatkichi o'rnida ekonomika va ijtimoiy hayotga ham ta'sir ko'rsatadi. Ekologik muammolar davlatning ichki va tashqi siyosatiga ta'sir qiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 105.5 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:25 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 105.5 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga