Atmosfera havosi ekogigiyenasi va inson Reja: 1. Havoning ifloslanishi nimalarga olib keladi? 2. Ruxsat etilgan miqdor (REM) 3. Atmosfera havosining muhofazasi 4. Atmosfera havosini avtotransport chiqindilaridan muhofaza qilish 5. Avtomashinalar uchun gaz yoqilg'isi 6. Ichki yonish motorlarini takomillashtirish 7. Atmosfera havosiii muhofaza qilish Atmosfera havosi. Yerni o'rab olgan gazli qatlam, bu tabiiy omillardan biri. Inson va tirik jonlar yashash muhitining eng asosiy komponentlaridan hisoblanib, u organizmga fizik omil sifatida ta'sir ko'rsatadi (yani, atmosfera bosimi, harorati, namligi, havo harakat tezligi, uni elektrik holati). Bulardan tashqari, atmosfera havosi o'zining kimyoviy tarkibi bilan ham ta'sir ko'rsatadi. Insonni ovqatdan cheklasangiz u 70 kungacha yashashi mumkin, suvdan cheklasangiz 3-7 kun, havodan cheklasangiz bir-ikki minutda hayotdan ko'z yumadi. Malum bo'lishicha inson organizmida havoning zaxirasi yo'q, shuning uchun ham organizmga havo kirmasa, u juda tez o'la boshlaydi. Atmosfera havosi insonga doimo o'z ta'sirini ko'rsatadi, shuningdek, insonning o'zi ham havoga ta'sir etib, uning kimyoviy va boshqa tarkiblarini ham o'zgartirib yuboradi. ma'lumotlarga qaraganda, yer ustidagi havo qatlami yuqoriga qarab 1500-200 km.gacha tarqalgan. U quyoshning issiqyaik nurini o'tkazib, yerni isitadi, so'ngra o'zining ham issiqlik harorati orta boradi. Atmosfera havosiga bug'lar sifatida yer, o'simlik, dengiz, okean, suv omborlari va boshqa suv havzalaridan ko'tarilgan namliklar oxir pirovardida turli fizik va kimyoviy o'zgarish ta'sirida yog'in sifatida yer yuziga, o'simliklar, dengiz va okeanlar va boshqalar yuzasiga yomg'ir, qor, do'l bo'lib yog'iladi. U modda almashinuvi jarayonida hosil bo'lgan har xil gazlarni qabul Qiluvchi katga havza - «bo'shliq». Atmosfera havosi, uning kimyoviy fizik xususiyatlari bilan dunyoviy modda almashinish jarayonlarida Qatnashadi, tirik jonlar organizmida kechadigan fiziologik, biokimyoviy jarayonlarga ta'sir ko'rsatadi. O'z-o'zidan malum Uladiki, atmosfera havosidagi har qanday o'zgarishlar tirik J0NlaRga, ayniqsa, inson organizmiga o'z ta'sirini ko'rsatadi va Iiqni izdad chiqaradi. F.F.Erisman fikricha, atmosfera havosi Umumii muhit bo'lib, inson u bilan doimo bevosita kontaktda Uladi, uning kimyoviy, fizik va biologik o'zgarishi organizmda taetgan jarayonlarni engillik bilan o'zgartirib yuborishi mumkin, doimiylik bilan kechayotgan bioximik jarayonlar muvozanatini buzib qo'yishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, insonni mehnat qobiliyatiga, hayotiy, fiziologik jarayonlariga, uning umrini qisqartirishga yoki uzaytirishga va umumiy sihat va salomatligiga ta'sir ko'rsatadi. Ifloslanmagan tabiiy atmosfera havosining kimyoviy tarkibiy qismi quyidagicha: azot - 78,084%, oksigen - 20,947%, argon - 0,934, karbonat angidridi - 0,0314, neon - 0,0018, gidrogen - 0,005, metan - 0,002, sulfit angidridi - 0 dan 0,001%gacha. Atmosfera havosining gigiyenik ahamiyati shundaki, u tirik jonlarni, dunyoviy modda almashinish jarayonlarini, tabiatda kechadigan boshqa bioximik, fiziolgikjarayonlarni oksigen bilan ta'minlaydi. Shular bilan bir qatorda, havoning kimyoviy, biologik moddalar bilan ifloslanishi inson va hayvonlarni ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.11 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.11 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:25 ]
Arxiv ichida: doc