Atmosfera havosi muhofazasi

Atmosfera havosi muhofazasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Atmosfera havosi muhofazasi - rasmi

Material tavsifi

Atmosfera havosini muhofaza qilish Reja: Atmosferaning ifloslanishi. Tabiiy ifloslanish. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. Kislotali yomg'irlar. Havo muhitining ifloslanish oqibatlari. Havo muhitini muhofaza qilish tadbirlari. Texnologik tadbirlar. Atmosfera havosini avtotransport chiqindilaridan muhofaza qilish. Yer kurrasini o'rab olgan havo qatlami ―atmosfera‖ deyiladi. Atmosfera o'zining hajmi bo'yicha yer sayyorasining qolgan qismlaridan bir necha marta katta bo'lishiga qaramay, uning massasi yer massasidan 0,001 ga yaqin qismini tashkil etadi, xolos. Atmosferaning eng pastki qismi troposfera deb atalib, havo massasining 0,8 dan ortiq qismini o'z ichiga oladi. Bu qatlamda balandlikni har 1 kmga ortishi bilan harorat o'rtacha -6°C ga pasaya boradi. Troposferaning qalinligi qutb kengliklarida 8- 10 km bo'lib, ekvatorda 16-18 km ni tashkil etadi. Zichligi esa, yerdan baland ko'tarilgan sari kamayib boradi. Troposferaning yuqorida, stratosferaga o'tish qismida harorat, aksincha, sovib -50°C dan -80°C gacha yetadi. Stratosferada yerdan 25 km balandlikkacha harorat o'zgarmay qoladi. Stratosfera bo'ylab quyoshning ultrabinafsha nurlari ta'sirida ozon (O3) hosil bo'ladi. Uning eng ko'p konsentratsiyasi yer yuzidan 22-25 km balandlikda kuzatiladi. Ozon yer sathining yuqori kengliklarida ko'p, o'rta va quyi kengliklarida kam kuzatiladi. Uning miqdori faslga qarab ham o'zgarib turadi: bahorda ko'payadi, kuzda esa kamayadi. Yerdan 55 km balandlikkacha harorat ortib, -3-0°C ga yetadi. Stratosfera dan so'ng mezosfera qatlami joylashgan bo'lib, uning yerdan balandligi 85 km gacha boradi. Bu qavatda harorat asta-sekin pasayib, 85-95 km. balandlikda -100°C dan 130°C ga yetadi. Bu qavatdan yuqorida ionosfera yoki termosfera qavati joylashgan. Uning balandligi yerdan 200-300 km gacha boradi. Bu yerda harorat yana ortib 100°C atrofida bo'ladi. Ionosfera qavatidan keyin egzosfera qavati keladi. Uning eng yuqori chegarasi yer sathidan 200 km balandlikda joylashgan. Bu qavatning yuqori qismida atmosferaning asosiy tarkibi neytral vodoroddan, proton va elektronlardan tashkil topgan. Eng toza havo okean suvlari ustidadir. Qishloqlar ustida havodagi chang zarralari miqdori okean yuzasidagiga nisbatan 10 barobar, shaharlar ustida 35 barobar, sanoat korxonalari ustida 150 barobargacha ortiq bo'ladi. Havoning chang bilan ifloslanishi, asosan, yer sathidan 1,5-2 km balandlikkacha kuzatiladi va quyosh nurlarini yozda 20 % ini, qishda 50 % ini tutib qoladi. Yerda hayotning davom etishi, asosan, havoning tozaligiga bo'g'liq. Masalan, inson ovqatsiz va suvsiz bir necha kun yashay olishi mumkin, ammo havosiz faqat 5 minutgina yashaydi. Bir kishi kuniga 1 kg ovqat va 2 litr suv iste'mol qilib, 25 kg havoni nafas olish uchun sarflaydi. Atmosferaning ifloslanishi. Atmosferaning ifloslanishi deb, bir so'z bilan aytganda, havo tarkibiga begona moddalar va qo'shimchalarning me'yoridan ortiq to'planishiga aytiladi. Atmosfera ifloslanish tavsifiga ko'ra: fizikaviy ifloslanish, bularga mexanik (chang, mexanik zarrachalar), radioaktiv (radioaktiv nurlanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.31 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.31 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga