Atmosfera havosi va uning ifloslanishi (Buxoro viloyati)

Atmosfera havosi va uning ifloslanishi (Buxoro viloyati)

O'quvchilarga / Ekologiya
Atmosfera havosi va uning ifloslanishi (Buxoro viloyati) - rasmi

Material tavsifi

Atmosfera havosi va uning ifloslanishi(Buxoro viloyati misolida) Kirish I-Bob Atmosfera tuzilishi 1.1. Atmosferani tuzilishi va tarkibi 1.2 Atmosferaning biosferada tutgan o'rni II-Bob Atmosferani ifloslanishi 2.1.Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalar 2.2. Atmosfera ifloslanishiningi inson sog'lig'iga ta'sir II-Bob. Atmosfera havosini muhofaza qilish 3.1 Atmosfera havosining muhofaza qilinishi ustidan davlat nazorati 3.2 Buxoro viloyatida atmosfera havosini muhofaza qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida Xulosa Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobig'i bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi Q100S va kechqurun-100S harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 200 km balandlikdan o'tadi. Atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo'lib, uning asosiy massasi(90%) 10-16 km balandlikkacha bo'lgan quyi troposfera qismida joylashgan. Troposferada har 100 metrga ko'tarilganda havo harorati 0,60S ga kamayadi va Q400S dan -500 S gacha pasayadi. Ob-havo va iqlim asosan troposferadagi jarayonlar bilan bog'liq. Atmosferaning shu qatlamida barcha yog'inlar va bulutlar hosil bo'ladi, bo'ronlar yuz beradi. Troposfera ustida 40-50 km. gacha balandlikda stratosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. Stratosferada 22-24 km oraliqda Yerdagi tirik organizmlarni himoya qiladigan, ultrabinafsha nurlanishning katta qismini yutib qoladigan ozon(03) qatlami joylashgan. Ozon gazi yig'ilganda yupqa, 2-4 mm qatlamni hosil qiladi, lekin himoya ahamiyati juda ham katta. Stratosferadan keyin, 50 km dan yuqorida mezosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. 80 km yuqorida harorat -700 S ni tashkil qiladi. Undan yuqorida termosfera joylashgan bo'lib, 500-600 km balandlikda havo harorati Q1600 S gacha ko'tariladi. 800-1600 km da ekzosfera joylashgan va unda havo juda ham siyrakdir. Begona qo'shimchalari bo'lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat : azot-78.09%, kislorod 20.94% , argon 0.93 %, uglerod qo'shoksidi- 0.03 % . Boshqa gazlarning miqdori nisbatan kam. Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari mavjud, chang zarralari bo'ladi. Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir. Atmosferada uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo'lib, so'nggi yillarda inson ta'sirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o'zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi azot va kislorodning miqdori juda katta bo'lishiga qaramasdan salbiy ta'sir tobora kuchayib bormoqda. Kislorodning asosiy manbai bo'lgan o'rmonlarning maydoni tezlik bilan qisqarmoqda, okeanning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi fitoplankton (suv yuzasida so'zib yuradigan mikroskopik o'simliklar) faoliyatiga ta'sir ko'rsatmoqda. Qazilma yoqilg'ilardan foydalanish jarayonida o'nlab milliard tonna kislorod sarf bo'lmoqda. Bu jarayonlar kelajakda kislorod balansining o'zgarishiga olib kelishi mumkin. Oxirgi 150 yil davomida inson faoliyati natijasida atmosferadagi uglerod qo'shoksidi(SO2 ) ortgan. SO2 zaharli emas, o'simliklar uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.12 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.12 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga