Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar

O'quvchilarga / Ekologiya
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar - rasmi

Material tavsifi

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar Reja: 1. Atmosfera haqida umumiy tushuncha. 2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. 3. Havoning ifloslanishi natijasida vujudga keladigan salbiy holatlar va uning oqibatlari. 4. Atmosferani muhofaza qilish. Atmosfera haqida umumiy tushuncha. Atmosfera so'zi yunoncha tildan olingan bo'lib, (atm-bu, sfera-qobiq) ya'ni havo qobii degan ma'noni anglatib, biosferada hayot mavjudligini ta'minlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera yerning himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobii bo'lmaganida edi, yer yuzida kunduzi +100S va kechqurun -100S harorat kuzatilgan bo'lar edi. Unda bulutlar paydo bo'ladi, yomir, qor bunyodga keladi, shamol hosil bo'ladi, shuningdek yerga namlik berib, tovush o'tkazadi va hayotbahsh kislorod manbai hisoblanadi. Atmosfera qobii quyidagi qatlamlarga bo'linadi. 1. Troposfera - yer sirtida 0-15 km gacha 2. Stratosfera - 15-50 km gacha 3. Mezosfera - 50-80 km gacha 4. Termosfera - 80-800 km gacha 5. Ekzosfera - 800-100 km dan yuqori. Atmosfera shu qatlamlar bilan bir butun qobiq bo'lib hisoblanadi. Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo'ladi: asosan azot-78,09%, kislorod-20,95%, argon-0,93%, karbonat angidrid-0,03% mavjud. Shu bilan birga yana inert gazlar: geliy, neon, ksenon, vodorod, kripton, metan, ammiak, yod, radon gazlar va havoda doim 3-4 % suv bulari, changlar bo'ladi. Atmosferani tashkil etgan havo zichlikka ega. Bosim yuqoriga ko'tarilgan sari gazlarning zichligi kamayib boradi. Havo qobii o'z oirligi bilan bizni va atmosferadagi barcha narsalarni bosib turadi. Yer atmosferasi qobiining massasi 5,27 . 1015 tonnani tashkil etadi. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar Atmosferada sodir bo'ladigan fizik, kimyoviy va biologik o'zgarishlar tirik organizmlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. So'nggi yillarda inson ta'sirining kuchayishi natijasida gazlar muvozanatining o'zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining o'zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan. Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino aytganidek Agar havoda chang va tutun bo'lmasa inson ming yilgacha umr ko'rgan bo'lardi. Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga zaharli birikmalarning qo'shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o'zgarishi tushuniladi. Insoniyatga qolaversa, barcha jonivorlarga hayot bahsh etadigan atmosfera havosini hozir asosan ikki manba: tabiiy omillar va inson faoliyatining mahsuli - antropogen (sun'iy) manba ifloslantiradi. Tabiiy omillarga: kosmik changlar, vulqonlarning otilishidan, to jinslarining emirilishi va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o'simlik va hayvon qoldiqlari, o'rmon va dashtdagi yonin, dengiz suvining mavjlanishi bilan havoga chiqqan tuz zarrachalari kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Atmosferaning sun'iy ifloslanishiga: avtomobil transporti birinchi o'rinni (40%), energetika sanoati ikkinchi o'rinni (20%), korxona va tashkilot ishlab chiqarishi uchinchi o'rinni (14%), qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, maishiy kommunal xo'jaligi va boshqalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 699.4 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 699.4 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga