Atmosfera havosini muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanish

Atmosfera havosini muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanish

O'quvchilarga / Ekologiya
Atmosfera havosini muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Atmosfera havosini muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanish Reja: Atmosfera to'g'risida tushuncha va uning xususiyatlari. Atmosfera resurslarining asosiy ko'rsatkichlari va baholashning ahamiyati. Atmosfera havosidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash O'zbekistonda atmosfera havosini holati va muhofaza qilishning istiqbolli yo'nalishlari Atmosfera to'g'risida tushuncha va uning xususiyatlari. Atmosfera yer sharining katta qalinlikdagi havo qobig'idir. Atmosfira havosi yerdan 300 km gacha tarqalgan 100 km balandlikda xam havo zarralarini uchratish mumkin. Atmosfera havosining 80 % i yerdan 20 kmgacha balandlikda joylashgan bo'lib troposfera deb ataladi. Atmosferaning 20 km dan 55 km gacha stratosfera bo'lib unda 20 %gacha havo mavjuddir. Undan yuqori qismi ionosfera deyiladi . Atmosferaning tarkibi: gazli kimyoviy tarkib, namliligi, muallaq so'zib yurishi, harorati,suv bug'larining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Atmosferaning tarkibidagi havoning 78,08 % azot 20,95 % kislorod 0.03 % is gazi - 0,03, argon - 0,93 va neon, geliy, kripton, vodorod, ozon, metan, uglerod oksidi, azot oksidi kabi ko'plab gazlar uchraydi, ularning miqdori 0,02 % dan ortmaydi. Atmosferaning umumiy massasi 10* 15 tonna gaz. Atmosfera biosferaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi va malum xususiyatlarga ega. Atmosfera yer shari bo'yicha tekis taqsimlangan. Yorug'likni, namlikni, issiqlikni, elektromagnit to'lqinlarini taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan asosiy omil hisoblanadi. U kosmosdan keladigan zararli nurlar, meteroitlarni zararsizlantirib o'tkazadi. Atmosferaning bu xususiyatlari yerda hayotning barqarorligini ta'minlaydi. Sayyoramizning issiqlik balansi ham atmosferaga bog'liq. Atmosfera doimo biosfera, gidrosfera va litosfera bilan o'zaro aloqadadir. U tirik organizmlar uchun kerak bo'lgan kislorod, is gazi, azotning manbai hamdir. Ular biologik modda aylanishida faol ishtirok etadi. Atmosfera tufayli suv tabiatda aylanib yuradi. Bundan tashqari moddalarning geologik aylanishi, tog' jinslarining emirilishi, harakati va boshqa jarayonlarda ham faol ishtirok etadi. Atmosfera resurslarining asosiy ko'rsatkichlari va baholashning ahamiyati. Atmosfera bilan mintaqaviy tabiiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy tizimlar o'rtasida qarama-qarshi yo'nalishdagi aloqalar mavjud. Atmosferaning holati bu tizimlarning holati va ishlashiga bog'liqdir ( litosfera yuzasi holati, sanoat-qishloq xo'jaligi va kommunal xo'jalik chiqindilari). Bunday ta'sir yerning issiqlik balansiga, jonli tabiatga, namlik aylanishi, biologik modda aylanishi kabi boshqa jarayonlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Chiqindilar hajmi va ularning zarari qancha ko'p bo'lsa, havo harakati qanchalik sekin bo'lsa, yog'in miqdori qancha kam bo'lsa, atmosferada zararli moddalar shunchalik ko'p to'planadi. Shunga mos ravishda tabiiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlarga ta'siri ham ko'p bo'ladi. Chiqindili atmosferaning turib qolishi smog hodisasining sodir bo'lishiga olib keladi. jadval Atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni 1991-1996 yillardagi tadrijiy o'zgarishi (mln tonna) Atmosfera havosining ifloslanishini baholash uchun quyidagi ko'rsatkichlardan foydalaniladi: hamma ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga chiqariladigan moddalar hajmi, chiqarilayotgan moddalarning ushlab qolinganlarining salmog'i, ushlab qolingan moddalarning zararsizlantirish salmog'i, atmosferadagi zararli moddalarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.16 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.16 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga