Atmosfera havosini muhofaza qilishni rejalashtirish

Atmosfera havosini muhofaza qilishni rejalashtirish

O'quvchilarga / Ekologiya
Atmosfera havosini muhofaza qilishni rejalashtirish - rasmi

Material tavsifi

Atmosfera havosini muhofaza qilishni rejalashtirish Reja: 1. Atmosfera va uning tabiatdagi vazifasi 2. Texnik taraqqiyoti va atmosferadagi o'zgarishlar 3. Atmosfera changlari, urbanizatsiya va sanoat ishlab chiqarishi 1. Atmosfera va uning tabiatdagi vazifasi Atmosfera - yerning himoya qobig'idir, chunki u tirik organizmlarni turli ultrabinafsha nurlar va kosmosdan tushadigan meteoritlarning zararli ta'siridan himoya qiladi. Atmosfera bo'lmaganda edi, Yer yuzasida ham oydagi kabi hayot bo'lmas edi. Yer yuzasi kunduzi 100 gradus qiziganda, kechasi esa minus 100 gradus sovigan bo'lar edi. Quyosh va shamol energiyasi, atmosfera havosi va yog'in-sochin iqlim resurslari bo'lib, insoniyat jamiyatida katta ahamiyatga ega. Quyoshdan fazoga juda katta miqdorda issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Yer yuzasining har bir kvadrat kilometr maydoniga 2,5mln. ot kuchiga teng energiya tushadi. Quyosh energiyasi atmosferaning yuqori qatlamlarida yutilib, yer yuzasiga juda oz miqdorda etib keladi. Insoniyat quyosh energiyasidan o'z ehtiyoji uchun qadimdan foydalanib kelgan. Keyingi vaqtlarda quyosh energiyasidan AQSH, Yaponiya, Isroil, Fransiya kabi davlatlar yaxshigina foydalanmoqda. Turkmaniston, O'zbekiston, Gruziya, Armaniston, Moldaviya, Ukraina kabi davlatlarning bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari arzon quyosh energiyasidan xalq xo'jaligida foydalanish yo'llarini topmoqdalar. Insoniyat qadimdan tugamaydigan resurslardan biri bo'lgan shamol energiyasidan foydalanib kelgan. AQSH, Britaniya Birlashgan Qirolligi, Fransiya, Germaniya, Daniya davlatlarida turli quvvatlarga ega bo'lgan kuchli shamol elektr stansiyalari qurilgan. O'zbekiston shamol energiyasiga boy, ammo mamlakatda, bu arzon energiya turidan kam foydalanilmoqda. Yerdagi hayotni havosiz tassavur etish qiyin, shuning uchun ham toza havo muammosi hozirgi kunda o'ta dolzarb bo'lib qoldi. Atmosfera havosi har doim aralashib turgani uchun, uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida asosan bir xildir. Havo qobig'i asosan azot (78,09%) - S2; kislorod (20,95%) - 02 dan iborat bo'lib, ular atmosfera gaz tarkibiniig 99% ini tashkil etadi, qolgani esa boshqa (argon (Ag) - 0,93%; karbonat angidrid (S02) - 0,03%; neon, geliy, kripton, ksenon va boshqalar) gazlardir. Gazlarning biri ko'payib, ikkinchisining kamayib ketishi tirik mavjudot hayotini muvozanatdan chiqarib yuboradi va haloqatga olib borishi mumkin. Atmosferadagi azot asosan Yerdagi mikroorganizmlar faoliyati natijasida yuzaga kelib, biologik jarayonlarda unchalik rol o'ynamaydi. Yerdagi tog' jinslarida mujassamlashgan azot atmosferadagi azotga qaraganda, 50 baravar ko'pdir. Atmosferada erkin holatda uchraydigan kislorod yashil o'simliklar mahsuloti bo'lib, tirik organizmlarning ajralmas qismi va hayot manbai hisoblanadi. Inson hayoti uchun ko'p energiya kerak: ko'p energiya olish uchun esa kislorod zarur. Inson kuniga o'rta hisobda 9 kg havo bilan nafas oladi. Inson o'rtacha umr (75 yosh) davomida 700 ming kub metr havoni oladi. Atmosferada ozon (Oz) va suv bug'larining bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Atmosferadagi suv bulut va tumanlarda mayda tomchi va muz kristalchalari holida uchraydi. Suv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.74 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.74 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga