Atmosfera va uni muhofaza qilish. Atmosferaning tarkibi va tuzilishi

Atmosfera va uni muhofaza qilish. Atmosferaning tarkibi va tuzilishi

O'quvchilarga / Ekologiya
Atmosfera va uni muhofaza qilish. Atmosferaning tarkibi va tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Atmosfera va uni muhofaza qilish. Atmosferaning tarkibi va tuzilishi. O'zbekistondagi atrof-muhitni holati. Atmosferaning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishning salbiy oqibatlari. Reja Atmosfera. Atmosferaning tarkibi va tuzilishi. Atmosfera havosini zaharli gazlar bilan ifloslanishi, ularni kamaytirish va zararsizlantirish yo'llari. Sanoatda hosil bo'ladigan zaharli gazlarni atmosferaga ta'siri. Issiqxona effekti, kislotali yomg'irlar, azon qatlamining emirilishi. Ruxsat etilgan kontsentratsiya - REK va ruxsat etilgan tashlanmalar me'yori - RETM tushunchalari. Atmosfera - yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzodlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobig'i bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi + 100 0S va kechqurun -100 0S harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi 2 00 km baland likdan o'tadi. Atmosfera beshta qatlamdan iborat. 1.Troposfera, - (yunoncha tropos-aylanmoq, o'zgarmoq) yerdan 10-16 km balandlikkacha bo'lgan, atmosferaning quyi qismida joylashgan. Troposferada atmosferaning asosiy 95% massasi yig'ilgan. 2. Stratosfera, - (yunoncha stratum- qatlam) balandligi 10 kmdan 60 kmgacha cho'zilgan. Atmosferaning 5% massa qismi joylashgan. Atmosferaning stratosfera qismida butun insoniyatni, o'simlik va hayvonlarni quyoshdan keladigan havfli ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi ozon qatlami joylashgan. Ozon,- kislorodni nurlanish natijasida bo'linishidan hosil bo'ladi. O2 +hV = 2O O+ O2 = O3 Bu qaytar jarayon. U to muvozanat qaror topguncha davom etadi. Ozon qatlami, konditsioner va muzlatgichlar uchun ishlatiladigan freonlar ta'siri natijasida emiriladi. Freon ishlab chiqarishni yarmi AQSH ga to'g'ri keladi. Freonlar (xlor, ftor, metan SFxClu ) Ultrabinafsha nurlanish ta'sirida atomar xlor ajralib, ozon bilan reaksiyaga kirishadi. SFCl3+ hV = SFCl2 + Cl Cl + O3 = ClO + O2 ClO + O = Cl + O2 Atmosferada ultrabinafsha nurlar ozon bilan yutilishi natijasida, harorat ortadi. 3. Mezosfera (yunoncha mezos- o'rta) (60dan- 80 kmgacha). U yerdan uzoqligi tufayli harorat yana kamayib ketadi. Malumki gazlar harorati, undagi molekulalarni harakat tezligi bilan aniqlanadi. Zich gazli muhitda molekulalarning to'qnashishi yuqoriligi uchun gazning harorati oshadi. Siyrak gazli muhitda gazlarning harakat tezligi yuqori, lekin to'qnashishlar soni kam, shuning uchun bu yerda harorat oshmaydi. Bu yerda harorat tushunchasi molekulalarning harakat tezligi va energiyasi bilan xarakterlanadi. 4. Termosfera -(yunoncha therme - issiq) gaz molekulalarini kosmik nurlar ta'siridan ionlanishi bilan xarakterlanadi. (Elektronlar uzilib musbat va manfiy ionlar hosil bo'ladi). Bu termosferani elektr o'tkazuvchi qilib qo'yadi. Termosferada yanada yuqori harorat va ionlanish, molekulalarning harakatlanish tezligi 12 kmsek, harorat 2 00 0S. Bunday yuqori harorat va ionlanish, molekulalar yer tortishish kuchini engib, planetalar aro bo'shliqqa chiqib ketadi. 5. Ekzosfera - tarqalish sharidir. Termosfera va Ekzosferani birgalikda ionosfera ham deyiladi. Begona qo'shimchalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 232.56 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 232.56 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga