Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar R e j a: 1. Ranli metallurgiya. 2. Qora metallurgiya. 3. Nometall minerallar 4.Neftni tozalash. 5. Ximiya sanoati 1. Rangli metallurgiya. Turli energiyani ishlab chiqaruvchi sanoatda yoqilg'ini yonishidan atmosfera ifloslanadi, ya'ni ximiya, metallurgiya, neftni qayta ishlovchi sanoatlarga tegishli. Masalan, sulfid minerallarini kuydirish natijasida, ya'ni qo'rg'oshin, ruxli va mis rudalarini kuydirish natijasida -SO2 oksidi atmosferaga tushadi. Mis rudalarini birlamchi kuydirish natijasida chiqadigan gazlardan 8 % ni oltingugurt tashkil etadi. Sulfid minerallari galenit va rux (ZnS) sulfidlarni kuydirish natijasida Rb va Zn hosil bo'lib, chiqadigan gazlardan 6 % ni SO2 tashkil etadi, bu esa sulfat kislota sanoatida qo'llaniladi. 2. Qora metallurgiya. Qora metallurgiya ishlab chiqarish asosida yuqori temperaturada po'lat va cho'yanni ishlab chiqarish yotadi. Temir rudalarini suyuqlantirib toza temir bilan 6 % uglerod olinadi. Bu esa cho'yan va po'lat olish uchun qo'llaniladi. Rudani qazish va qayta ishlash natijasida atmosferaga katta miqdorda uning changlari chiqadi. Domnali pechda kydirish natijasida chiqadigan gazlar tarkibida SO bo'ladi. Bunday gazlar qimmatbasho yoqilg'i bo'lib po'lat ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Po'lat ishlab chiqarishda reaksiya ushlab turilishida kislorod hosil bo'ladi. Bu jarayon natijasida tutun gazlar hosil bo'ladi, bu gazlar tarkibida sulfidlar, merkaptanlar va boshqa ximiyaviy moddalar bo'lib, turlicha yoqimsiz hidga ega. 3. Nometall minerallar. Asbest, qum, maydalangan jinslar tsement tayyorlash uchun yo'lni qoplashda, ko'mir olishda qo'llaniladi. Bu materiallar portlash yordamida olinadi, eziladi, omborga olib boriladi va tegishli qo'llaniladigan joyga yuboriladi. Ko'mir esa turli aralashmadan tozalash uchun yuvishga yuboriladi. Qum va ohaktoshni ximiyaviy qayta ishlash natijasida tsement va shisha olinadi. Tsement ishlab chiqarishda maydalangan ohaktosh pechda kuydiriladi, natijada mayda oshaktosh changlari chiqadi. Shisha olishda qum va maydalangan shisha siniqlari pechda suyuqlantiriladi, natijada tutun va gazlar hosil bo'ladi, bular tarkibida zaharli mashsulotlar karbonatlar, nitratlar, xloridlar, ftoridlar bo'ladi. Bu barcha manbalarni qazib olish, maydalash, tashish materiallarni saqlashda yuqori miqdorda qo'pol va mayda changlar hosil bo'ladi. Bu esa ishlab chiqarishda ishchilar uchun jiddiy xavf tug'diradi. 4. Neftni tozalash. Neftni tarkibida oltingugurt, organik uglevodorodlar, anorganik birikmalar, ishqoriy va ishqoriy yer metallari bo'ladi. Neftni tozalash va qayta ishlashda turli uglevodorodlar-reaktiv yoqilg'i, mazut, bitum neft ximiyaviy sanoat uchun olinadi. Neftni qayta ishlashda past sifatli neftni yonishi havoni ifloslaydi. Mash'alani yonish rejimi buzilishi natijasida mayda qurum zarrachalari hosil bo'ladi, shuningdek katalitik krekinglashda atmosferaga qattiq zarrachalar tushadi. Bu jarayon mavhum qaynash qatlamli reaktorlarda amalga oshiriladi, katalizatorni jarayonda ko'p marotaba qo'llash natijasida vodorod sulfid va merkaptan hosil bo'ladi. Bu moddalar yoqilg'ini yengil navlari ajralishida hosil bo'lib, dvigatelni korroziyaga uchrashiga sabab bo'ladi. Texnologiyadan ratsional foydalanish natijasida bu moddalar yig'ib ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.27 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.27 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:26 ]
Arxiv ichida: doc