Atmosferaning tuzilishi tarkibi

Atmosferaning tuzilishi tarkibi

O'quvchilarga / Ekologiya
Atmosferaning tuzilishi tarkibi - rasmi

Material tavsifi

ATMOSFERANING TUZILISHI VA TARKIBI Reja: 1. Atmosferaning havo tarkibi. 2. Atmosferaning vertikal tuzilishi. 3. Atmosferaning geografik qobiq uchun ahamiyati. Atmosferaning havo tarkibi. yerning tashqi gaz qobig'iga atmosfera deyiladi. Atmosfera havosi turli gazlar, changlar, suv bug'lari va boshqalarning aralashmasidan iborat. Suv bug'laridan tashqari gazlar aralashmasi doimiy kimyoviy tarkibga ega. eavoni yerning tortish kuchi ushlab turadi. yer yuzasiga yaqin qatlamda havoning zichligi eng katta bo'ladi. Okean yuzasida havoning zichligi 1,275 kgm3. Yuqoriga ko'tarilgan sari havoning zichligi 0,785 kg.m3, 10 km darajasi - 0,411, km darajasi - 0,087 kgm. 300 km balandlikda havoning zichligi yer yuzasi yaqinidagiga nisbatan 100 mlrd marta kam, 1-3 ming km balandlikda esa uning zichligi Kosmosdagi moddalarning zichligiga tenglashadi. Azot troposfera havosida eng ko'p tarqalgan gaz bo'lib, u kimyoviy jihatdan kam faoliyatlidir u oqsil moddasining tarkibini asosiy qismi bo'lib, erkin havodan azotni bakteriya va suv o'tlari o'zlashtirib oladilar. Kislorod juda faol gaz bo'lib geografik qobiqdagi juda ko'p jarayonlarda bevosita qatnashadi. U organik moddalarni, tog' jinslarini, vqukan otilishidan chiqqan gazlarni parchalaydi. Fotosintez jarayonida atmosferaga 20*1016 gr kislorod o'tadi. Karbonat angidrid gazi fotosintez jarayonida organik moddani hosil qiluvchi asosiy manba: Organik moddalar parchalanganda bu gaz yana atmosferaga o'tadi. Bu gaz qisqa to'lqinli quyosh nurlarini yer yuzasiga o'tkazib yuborib, yer yuzasi tarqatgan uzun to'lqinli nurlarni yutib qolib issiqxona samarasin hosil qiladi. Atmosferaning vertikal tuzilishi Atmosfera yarusli tuzilishga ega. yer yuzasidan yuqoriga ko'tarilgan sari unda quyidagi qatlamlarni ko'rish mumkin. Troposfera (0-12 km) atmosferaning quyi qatlami bo'lib, unda havoning 80 % to'plangan. Uning fizik xususiyatlari yer yuzasi tuzilishi bilan uzviy bog'langan. yer yuzasidan u issiqlik oladi. Tirik mavjudotlar, nurash, cho'kindilarni hosil bo'lishi, quruqlik va okeanlarda yuz beruvchi jarayonlar troposferaning gaz tarkibini shakllantiradi. Unda yuqoriga ko'tarilgan sari havo harorati pasayadi. O'rtacha olganda har 100 metrda 0,6S ga teng. Bunga asosiy sabab yuqorida bosimni pasayishi natijasida havoni kengayishi va yer yuzasini sovushidir. Bu qatlamda havo doimo harakatda bo'ladi. Tropopauza (12-14 km) oraliq qatlam bo'lib, haqo harorati deyarli o'zgarmaydi, nayzali oqimlar kuzatiladi. Stratosfera (14-30 km) darajasi 20 km gacha haroratni pasayishi kuzatilmaydi, u -60-70S. Undan yuqorida harorat ko'tariladi. Bunga sabab ozon qatlamini qisqa to'lqinli nurlarni yutishidir. Stratopauza (30-35 km) yoki ozon qatlami quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzasidagi hayotni saqlab qoluvchi qatlam hisoblanadi. Mezosfera (35-75 km) darajasi yuqoriga ko'tarilgan sari harorat yana pasayadi (-90S). Mezopauz (75-100 km)da kislorod va vodorod molekulalari atomar gazlarga aylanadiyu harorat -100, -130S ga boradi. Bu qatlamda harorat qishda yozdagiga nisbatan bir necha o'n gradus yuqori bo'ladi. Ionosfera (100-1200 km) elektronlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.16 MB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:27 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.16 MB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga