Atrof-muhitni muhofaza qilishning umumiy muammolari. Chiqindilarning atrof muhitga va inson organizmiga ta'siri Reja: 1. Fanning maqsadi va uning vazifalari 2.Atrof-muhit muhofazasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi qonunlari va qarorlari 3. Sanoatning turli tarmoqlarini zararli chiqindilar o'chog'i sifatida tahlili 4. Inson hayotida mashinalarning yaratilishi. 5. Atrof-muhitni zararlash vositalari. 6. Havoni zararlanish muammolari. 7. Ekologik vaziyatni muammolari. Bizni o'rab turgan muhit deganda, inson tomonidan yaratilgan «toza» tabiat va muhit yig'indisi - qayta ishlangan maydonlar, sunoiy bog'lar va xiyobonlar, suv bilan ta'minlangan cho'llar, alohida issiqlik rejimiga, mikroklimatga, turli organik va noorganik moddalarning yuqori darajada aylanishiga va boshqalarga ega bo'lgan yirik shaharlar tushuniladi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va ular bilan bog'liq bo'lgan insonning sanoatdagi ulkan ishlari dunyoda katta o'zgarishlar bo'lishiga, ya'ni yuqori darajadagi sanoat va qishloq ho'jaligi potentsiali, barcha ko'rinishdagi transportlarning keng rivojlanishi, katta yer maydonlarini o'zlashtirishga, sunoiy klimat sistemasini yaratishga va boshqa muvaffaqiyatlarga olib keldi. Shuning bilan bir qatorda atrof-muhit holati birdaniga yomonlashadi. Atmosfera, suv xavzalari va yer qatlamlarini qattiq, suyuq va gaz ko'rinishidagi chiqindilar bilan ifloslanishi qo'rqinchli darajaga etib kelmoqda, qayta ishlanmaydigan tabiiy resurslar - birinchi o'rinda foydali qazilmalar va tiniq suv miqdori kamayib bormoqda. Atrof-muhitni yanada yomonlashishi odamzod uchun O'ta yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Shunga ko'ra, atrof-muhit muhofazasi hozirgi kundagi eng asosiy muammolardan biri bO'lib kelmoqda. Bu muammo sO'nggi yillarda yanada keskinlashdi. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning muammosiga aylangan. hozir, XXI-asr bO'sag'asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal suroatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko'rsatilayotgan ta'sirni tartibga solish, ijtimoyi taraqqiyot bilan tabiiy muhitni saqlab qolishning o'zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo'lmoqda. Havo bo'shlig'ining ifloslanishi ham Respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir. Mutaxassislarning ma'lumotlariga qaraganda, har yili Respublikaning atmosfera havosiga 4 mln. tonnaga yaqin zararli moddalar qo'shilmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga to'g'ri keladi, 15% ni uglevodorod chiqindilari, 4% ini oltingugurt qO'sh oksidi, 9% ini azot oksidi, 8% ini qattiq moddalar tashkil etadi va 4% ga yaqini o'ziga xos O'tkir zaharli moddalarga tO'g'ri keladi. Yuqorida sanab o'tilgan muammolarni yechish, atrof-muhitni zararlanishini oldini olish va shu kabi masalalarni tahlil qilish ushbu fan oqimning asosiy vazifasidir. «Atrof-muhitni muhofazalovchi texnikalar» fani zararli chiqindilar, ularning ko'rinishlari, ximiyaviy tarkibi, fizik-ximiyaviy xossalari va zararli chiqindilarni ushlab qolish jarayonlari, kerakli qurilma va jihozlar qatori, ularning tahlili kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Atrof-muhit muhofazasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi qonunlari va qarorlari O'zbekiston Respublikasi atrof-muhit muhofazasi masalalari Konstitutsiyada va yer, yer osti boyliklari, suv, o'rmon, atmosfera havosi va hayvonot olami haqidagi qonunlarda, shuningdek, Prezident xuzuridagi Vazirlar Maxkamasining maxsus ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.14 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.14 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: doc