Atrof - muhitni muhofaza qilshga sarflanayotgan vositalarning tarkibi

Atrof - muhitni muhofaza qilshga sarflanayotgan vositalarning tarkibi

O'quvchilarga / Ekologiya
Atrof - muhitni muhofaza qilshga sarflanayotgan vositalarning tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Atrof-muhitni muhofaza qilshga sarflanayotgan vositalarning tarkibi Reja: To'liq xalq xo'jaligi xarajatlari. Atrof-muhitni muhofaza qilshga sarflanayotgan vositalar Xarajatlar tarkibi, ularning turkumlashtirilishi Zarar haqida tushuncha Bir maqsadli chora- tadbirlarni iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish. To'liq xalq xo'jaligi xarajatlari. Atrof-muhitni muhofaza qilshga sarflanayotgan vositalar Qishloq xo'jaligidagi xarajatlar, ularning ahamiyati Qishloq xo'jaligi mamlakatimiz xalq xo'jaligining eng muhim tarmog'i, uning serqirra faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun ma'lum miqdorda moddiy, pul hamda mehnat sarfxarajatlari amalga oshiriladi. Ularning mamlakat miqyosidagi miqdori jami ijtimoiy xarajatlar deb ataladi. Ijtimoiy xarajatlar ijtimoiy mahsulot qiymati bilan tengdir. Ularning tarkibi quyidagilardan tashkil topadi: Ishlab chiqarish vositalarida buyumlashgan xarajatlar. Jonli mehnat xarajatlari. Ular o'zi uchun yangi qiymatni yaratadi. Buyumlashgan va jonli mehnat uyg'unlashishi natijasida jamiyat uchun qo'shimcha qiymat yaratiladi. Xo'jaliklarda amalga oshirilayotgan xarajatlar ma'lum maqsadni hal etishga qaratilgan. Shundan kelib chiqqan holda ular quyidagicha guruhlashtirilgan: 1) Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari (ish haqi); boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar 2) Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar: mahsulotni sotish bilan bog'liqxarajatlar; korxonani boshqarish xarajatlari (ma'muriy sarf- xarajatlar); boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. Xo'jalik yurituvchi subyektning umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda xo'jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo'yicha hisobga olinadigan xarajatlar. Favqulodda zararlar, daromad (foyda)dan olinadigan soliq to'langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Xarajatlar tarkibi, ularning turkumlashtirilishi Xalq xo'jaligida mahsulot yetishtirish, ish va xizmatlarni bajarish uchun qilinayotgan barcha xarajatlar iqtisodiy mazmunga, maqsadga, hisobot obyektiga hamda shakllanish manbalariga ko'ra, quyidagi elementlarga va moddalarga guruhlashtirilgan. Iqtisodiy mohiyatiga ko'ra, bir xil xarajatlar xarajat elementlarini, bir nechta xarajat elementlari xarajat moddalarini tashkil etadi. Demak, xarajat moddalari xarajat elementlariga nisbatan kengroqdir. rasm. Iqtisodiy elementlar tarkibi Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korxonalar miqyosida umumiy qiymat ko'rsatkichlari bilan birgalikda o'rtacha xarajatlar, ya'ni tannarx ko'rsatkichi ham faoliyat ko'rsatishi taqozo etiladi. Tannarx bozor iqtisodi sharoitida iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar, bajarilayotgan ishlar va ko'rsatilayotgan xizmatlarning bir birligi xo'jaliklar uchun qancha so'mga tushganligi aniqlanadi. Respublika Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Respublika Fermerlar Uyushmasi tizimidagi qishloq xo'jalik korxonalari turli xildagi qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish, ishlar va xizmatlarni bajarish jarayonida material, pul va mehnat sarflamoqdalar. Mamlakatda boshoqli don mahsulotlari ishlab chiqarishda sarflanayotgan xarajatlarni viloyatlar bo'yicha farq qilishiga asosan quyidagi omillar ta'sir etgan: sug'oriladigan ekin maydonlarining salmog'i va ularning meliorativ holati; mahsulot etishtiruvchi fermer xo'jaliklarining ixtisoslashganligi, ekin maydonlarining optimallashganligi; fermer xo'jaliklarining ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlanganligi va ularningnarxlarini darajasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 145.24 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 145.24 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga