Atrof-muhitni muhofazalashda tsentrifugalardan foydalanish Reja: 1. Umumiy tushunchalar. 2. Tsentrifugalash qurilmalari. 3. Ultrafiltrlash. Umumiy tushunchalar Emulsiyadagi suyuqlik tomchilarni va suspenziyadagi qattiq modda zarrachalarini markazdan qochma kuchlar maydonida ajratib olish jarayoni tsentrifugalash deyiladi. Tsentrifugalash jarayoni tsentrafugalarda amalga oshiriladi. Tsentrifugalash paytida hosil bo'lgan markazdan qochma kuchlar cho'ktirish jarayonidagi og'irlik kuchi va filtrlashdagi gidrostatik kuchlarga nisbatan ko'proq ta'sir qiladi. Shuning uchun turli jinsli sistemalarni ajratish uchun qo'llaniladigan cho'ktirish va filtrlash jarayonlariga nisbatan juda samarali hisoblanadi. Tsentrifugalarning asosiy qismi gorizontal yoki vertikal o'qqa joylashgan katta tezlikda aylanuvchi baraban bo'lib, u elektr dvigatel yordamida aylanma harakatga keltiriladi. Markazdan qochma kuch ta'sirida suspenziyadagi qattiq modda zarrachalari cho'kmaga tushib, suyuq fazadan ajraladi. Suyuq faza fugat deyiladi. Hosil bo'lgan cho'kma baraban ichida qolib, suyuq faza esa ajratib olinadi. Turli jinsli aralashmalarni ajratish prinsipiga ko'ra tsentrafugalar ikki turga bo'linadi: 1. Filtrlovchi tsentrifugalar 2. Cho'ktiruvchi tsentrifugalar Filtrlovchi tsentrifugalarning barabani g'ovaksimon turli metallardan ishlanib, uning yuzasiga material (mato) qoplanadi. Filtrlovchi tsentrifugalarda suspenziya yoki emulsiya markazdan qochma kuch ta'sirida baraban devorlariga qarab otiladi, bunda qattiq modda zarrachalari filtr materiallarning yuza qismida qolib, suyuq faza (fugat) bu kuch ta'sirida cho'kma qatlami va filtr to'siqlardan o'tadi, hamda barabandan uzluksiz chiqarib turiladi. Cho'ktiruvchi tsentrifugalarda baraban yaxlit metall plastinkalardan qilinadi. Bu tsentrifugalarda bosimlar farqi markazdan qochma kuch ta'sirida hosil qilinadi. Barabanning aylanishi natijasida markazdan qochma kuch ta'sirida suspenziya yoki emulsiya baraban devorlari tomon harakat qiladi. Zichligi katta bo'lgan suyuqlik va qattiq fazalar baraban devorlari yaqinida, zichligi kamroq bo'lgan boshqa faza esa o'q atrofida yig'iladi. Ish rejimiga ko'ra tsentrifugalar davriy va uzluksiz bo'ladi. Baraban valining o'rnatilishi holatiga qarab gorizontal va vertikal tsentrifugalar bo'ladi. Davriy ishlaydigan tsentrifugalarda cho'kma qo'l yordamida, gravitatsion kuch (og'irlik kuchi) va pichoq bilan tushiriladi. Uzluksiz ishlaydigan tsentrifugalarda cho'kma shnek yordamida inertsion va pulsatsion kuchlar ta'sirida tushiriladi. Tsentrifugalarning ish unumdorligi ajratilish koeffitsiyentiga bog'liq. Ajratish koeffitsiyenti tsentrifugalarda markazdan qochma kuchlar maydonida hosil bo'lgan kuchlanish bilan xarakterlanadi. Tsentrifugada hosil bo'layotgan markazdan qochma kuchlar miqdorining og'irlik kuchi tezlanishdan necha marta ko'pligini ko'rsatuvchi kattalik ajratish koeffitsiyenti deyiladi. ka = w2 r g bu yerda r - baraban radiusi; w - aylanayotgan barabanning burchak tezligi; g - erkin tushish tezlanishi. Ajratish koeffitsiyentiga ko'ra hamma tsentrifugalar ikki guruhga bo'linadi: 1. Normal tsentrifugalar (Ra 3500). Bunday tsentrifugalar suspenziyalardan katta, o'rtacha va maydaroq zarrachalarni ajratish uchun ishlatiladi. 2. O'rta tsentrifugalar (Ra 3500). Bunday tsentrifugalar mayda zarrachali suspenziyalarni va emulsiyalarni ajratish uchun ishlatiladi. Tsentrifugalash qurilmalari Sanoatda emulsiya va suspenziyalarning tarkibiga qarab, ularni ajratish uchun turli xildagi tsentrifugalar ishlatiladi. Filtrlovchi tsentrifuga. Bu tsentrifuga ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.61 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.61 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: doc