Atrof-muhitni muhofazasini ijtimoiy ekologik muammolari Reja: Atmosferaning ahamiyati va tarkibi Atmosfera havosining zaharlanish turlari va havo basseynini muhofaza qilish. O'zbekistonning havo basseynining ekologik holati Havo basseynining sifatini baholash Atmosferaning ahamiyati va tarkibi Atmosfera - yerni o'rabturadigan havo qobig'i. Atmosfera yer biosferasining elementi hisoblanadi va asosan azot hamda kisloroddan iborat. Harorat, bosimning vertikal taqsimlanishi hamda fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladigan qator (troposfera, stratosfera, mezosfera, ionosfera, ekzosfera) qatlamlarga bo'linadi. Yer yuzasi bilan atmosfera o'rtasida uzluksiz o'zaro ta'sir yuzberadi. Atmosfera yer yuzida yashovchi tirik organizmlarni kislorod va boshqa zaruriy gazlar bilan ta'minlaydi, turli ultrabinafsha nurlardan, samodagi meteorit zarrachalaridan va haroratning keskin o'zgarishidan himoya qiladi. Agar atmosfera qatlami bo'lmasa, yeryuzasi kechalari - 170°S sovib, kunduz kunlari +150°Sgacha isib ketardi, ya'ni oy kabi hayotsiz sayyoraga aylanardi. Kislorod o'simliklarning fotosintezi natijasida hosil bo'ladi. Hayotda barcha tirik mavjudodlar kislorod bilan nafas oladi. Uning miqdorini kamayishi inson organizmi funksiyasini buzilishiga sabab bo'ladi, xatto o'limgacha olib kelishi mumkin. Inson va boshqa tirik mavjudodlar organizmi mavjud havoga, moslashgan hayot uchun zarur hisoblangan havo qatlami atmosferaning pastki, ya'ni troposfera qismida joylashgandir. Troposferaning qalinligi shimoliy va janubiy qutbda 8-10 km, ekvatorda esa 1618 kmgacha boradi. Havo haroratihar 100 metrbalandlikgako'tarilganda 0,6°Sga kamayadi. 10 km balandlikda harorat yozda -45°S va kishda -60°Sgacha boradi. Troposferaning yuqori qismidagi azon qobig'i yerdagi hayotni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan asraydi. Eng toza havo okean suvlari ustidadir. Qishloqlar ustida havodagi chang zarralari miqdori okean yuzasiga nisbatan 10 barobar, shaharlar ustida havodagi chang 35 barovar, sanoat korxonalari ustida 150 baravargacha ortiq bo'ladi. Havoning chang bilan ifloslanishi 1,5-2 km balandlikni tashkil etadi; quyosh nurlarini yozda 20% va qishda 50% ni tutib qoladi. Yerda hayotning davom etishi, asosan, havoning tozaligiga bog'liq. Masalan, inson ovqatsiz va suvsiz birnecha kun yashay olishi mumkin, ammo havosiz faqat 5 minutgina yashaydi. Bir kishi kuniga 1 kg ovqat va 2 litr suv iste'mol qilib, 25 kg havoni nafas olishuchunsarflaydi. Shuning uchun ham havoning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Toza havo faqat inson uchungina emas, balki hayvonot va o'simlik dunyosi, antibiotiklar, yarim o'tkazgichlar, aniq o'lchagich asboblarini ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari uchun ham zarurdir. Atmosfera gaz holidagi azot (78,9%), kislorod (20,1%), argon (0,93 %), karbonatangidrid (0,07%) dani borat bo'lib, vodorod, neon, geliy, kripton, metan va boshqalarni yig'indisi 0,01% ni tashkil etadi. Bundan tashqari atmosferada suv buntari, chang zarrachalari, sanoat korxonalari chiqindilari yoki mahsulotlarining chala yonishidan hosil bo'ladigan qurumlar mavjud. Sanoatning jadal rivojlanishi, turli yokdlgilarning yondirilishi, o'rmonlarning kamayishi, okean suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, yadro qurollarining portlatilishi natijasida atmosferadagi kislorod miqdorining keskin kamayib, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.55 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.55 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: doc