Atrof - muhitning takror ishlab chiqarishdagi ahamiyati va uni muhofaza qilish zaruriyati

Atrof - muhitning takror ishlab chiqarishdagi ahamiyati va uni muhofaza qilish zaruriyati

O'quvchilarga / Ekologiya
Atrof - muhitning takror ishlab chiqarishdagi ahamiyati va uni muhofaza qilish zaruriyati - rasmi

Material tavsifi

Atrof-muhitning takror ishlab chiqarishdagi ahamiyati va uni muhofaza qilish zaruriyati Reja: 1. Insoniyatning tabiatga ta'sir doirasining kengayib borishi 2. Fan-texnika inqilobi va uning tabiatdagi o'zgarishlarga ta'siri 3. Ishlab chiqarishning intensivlashuvi va uning salbiy oqibatlari 1. Insoniyatning tabiatga ta'sir doirasining kengayib borishi Insonning tabiatga ta'sir etishi odam paydo bo'lgan davrlardan boshlangan. Lekin kishilik jamiyati rivojlanishining ilk davri - ibtidoiy jamoa davrida odamlar asosan ovchilik va baliq tutish bilan kun kechirganlarida, ularning hayot faoliyati tabiiy sharoit va resurslar bilan, ayniqsa, chambarchas bog'liq edi. Insonning tabiatga bo'lgan ta'siri esa, asosan yirik hayvonlar sonining kamayishida aks etgan. Binobarin, ibtidoiy bosqichda inson faoliyatida tabiat ta'siri ustunlik qilgan. Insonning tabiatga ko'rsatadigan ta'siri esa uncha sezilarli emas edi. Biroq, insonning tabiatga etkazadigan salbiy ta'sir doirasi tobora kengaya borgan: yirik hayvonlar ovlanaverib kamayib ketgan, o'rmonlar yong'inlar natijasida zarar ko'rgan va hokazo. Demak, o'sha vaqtdayoq ekologik inqiroz namunalari kuzatila boshlangan, ovlanadigan yirik hayvonlar tugay boshlagach, ibtidoiy odam kun kechirishning yangi shakllariga, chunonchi, dehqonchilik bilan chorvachilikka o'tishga majbur bo'lgan. Chorvachilik va ayniqsa, dehkonchilikning paydo bo'lishi hamda rivojlana borishi bilan insonning tabiatga ko'rsatadigan ta'siri yanada kuchaydi. Chorva mollarining yaylovlarda muttasil boqilishi, o'simlik qoplamining qisqarishiga va yovvoyi hayvonlarning yashab turgan joyidan siqib chiqarilishiga sabab bo'ldi. Dehqonchilikning boshlanishi, yani erlarni haydash, o'rmonlarni kesish va yondirish, qurg'oqchil rayonlarda dastlabki irrigatsion sistemalarni barpo etish odamlar yashaydigan joylardagi landshaftlarning xarakterini tubdan o'zgartirib yubordi. Natijada katta-katta maydonlarda tabiatning qiyofasi o'zgarib, hayvonlar sonining kamayishidan tashqari, daryo suvlarining kamayishi, tuproq erroziyasining rivojlanishi va boshqa salbiy hodisalar ham kuzatila boshladi. Bazi bir qimmatli hayvon turlari butunlay qirilib ketdi. Birmuncha so'nggi davrlarda ibtidoiy davrdagiga nisbatan mahsulot ko'proq ishlab chiqarila boshlandi, natijada odamlar mehnat faoliyatining tabiatga salbiy ta'siri keng miqyosda yoyildi. Chunonchi, O'rta Yer dengizining asosiy o'rmonlari o'sha davrdayoq yo'q qilingan ekan. Shuningdek, Yevroosiyoning kattagina qismi o'zlashtirildi va ishlab chiqarishga yangi tabiiy resurslar: juda katta yaylov va o'rmon boyliklari, ko'plab foydali qazilma (temir va qumush) konlari jalb etildi. 1-rasm. Dunyo o'rmon resurslarining qitalar bo'yicha taqsimlanishi Ayni paytda, ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil qiluvchi dehqonchilik kengayib, o'rmon massivlarining qisqarishi davom etdi. O'rmonlardan ochilgan erlarni ekin maydonlari va yaylovlar tobora keng egallay boshladi. Ayni vaqgda, ko'plab hasharotlar va kemiruvchilar yashashi uchun yangi, qulay ekologik sharoit vujudga keldi. Binobarin, ular tobora ko'payib, qishloq xo'jalik zararkunandalariga aylandilar. Shu bilan birga tabiiy landshaftlarning o'zgarishi, o'rmonlarning kamayishi, yalang erlarning orta borishi hisobiga hayvonot dunyosida ham o'zgarish ro'y berdi. Fan-texnika inqilobi va texnikaning rivojlanishi davrida, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan xususiy mulk egalarining maksimal daromad olishga intilishi tabiatning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 81.25 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 81.25 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga