Atrof muhit global muammolari

Atrof muhit global muammolari

O'quvchilarga / Ekologiya
Atrof muhit global muammolari - rasmi

Material tavsifi

Atrof muhit global muammolari Odamzot doimo tabiat qo'ynida faoliyat ko'rsatadi, u bilan uzluksiz munosabatda bo'lib kelmoqda. Bu faoliyat oqilona tashkil etilmasa, u bilan munosabat to'g'ri o'rnatilmasa, inson o'zi va tabiat uchun muammolar keltirib chiqaradi. Hozirgi davrda fan - texnika inqilobi sharoitida tabiat resurslaridan keng miqyosda foydalanish hamda atrof - muhitni ifloslantiruvchi sanoat, transport, qishloq xo'jaligi va maishiy chiqindilarning ortishi insonning tabiatga, atrof - muhitga ko'rsatayotgan umumiy salbiy ta'sirini keskin kuchaytirmoqda. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib tabiatni muhofaza etish global (sayyoraviy) muammoga aylandi. Insoniyat madaniyati va sivilizatsiya taqdiri xuddi ana shu muammoni hal etishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Yurtboshimiz ekologik muammo to'g'risida so'z yuritib, «ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, sivilizattsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammolarning hal qilinishiga bog'liqdir. Ekologiya xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan» degan edi. Bu borada faktlarga murojaat etsak, ahvol yaqqol namoyon bo'ladi. Hozirgi kunda jahonning mamlakatlarida aholi soni to'xtovsiz o'sib bormoqda. Dunyo bo'yicha1930 yilda 2 mlrd, 1960 yilda 3 mlrd, 1986 yilda 5 mlrd, hozirgi vaqtda esa 6,3 - 6,5 mlrd. ga yetdi. Bunga, albatta tibbiyot xizmatining, oziq - ovqat, uy - joy va boshqa ijtimoiy ta'minotning yaxshiligi sabab bo'lmoqda. Ammo, aholi sonining o'sib borishi tabiiy muhitga salbiy ta'sir etib, atrof - muhitning ifloslanishiga oliib kelmoqda. Tabiiy resurslar ko'plab sarflanishi va ifloslanishi, inson salomatligiga turli turli darajadagi kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Hozirgi kunda planetamiz aholisining 2 3 qismi sifatli oziqaga ega emas, undan tashqari 50% aholi to'yib (I.Karimov -O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida…1997 yil 112 bet.) ovqatlanmaydi, 15 % aholi doimiy ochlikda bo'lsa, har yili 30 - 50 mln odam ochlikdan o'ladi. SHu sababli o'sib borayotgan aholi sonining ozuqa mahsulotlari bilan ta'minlab bo'ladimi yoki yo'qmi kabi muammo hayotning kun tartibida turmoqda. BMT qoshidagi xalqaro muvofiqlashtiruvchi guruhning ma'lumotiga ko'ra, Yer yuzida yetishtirilgan va dengizlardan olingan mahsulotlar asosida planetada 31,5 mlrd aholini boqish mumkin ekanligi ta'kidlangan. Iqtisodchi olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, quruqlikda faqat madaniy o'simliklar ekilsa, ularning hosili bilan 50 mlrd aholini boqish bashorat qilinmoqda. Yer yuzining hammasini ekinzorga, dengiz va okeanlarni esa baliq ko'paytiradigan hovuzga aylantirib bo'lmaydi. Lekin, yangi texnologiyalar qo'llash asosida oqsil moddalari biosintez natijasida olinib, ular inson ozuqasining asosini tashkil qilishi mumkin. So'zsiz, qishloq xo'jaligi yangi - yangi agrotexnika va texnologiya usullarini qo'llash, yangi hosildor o'simliklar navlarini yaratish, mahsuldor hayvon zotlari bilan fermalarni to'ldirish, turli suv havzalari va dengiz ko'rfazlarida sun'iy usullar bilan baliq va boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.81 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.81 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga