Atrof muhit muammolarining geoekologik jihatlari

Atrof muhit muammolarining geoekologik jihatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Atrof muhit muammolarining geoekologik jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Atrof muhit muammolarining geoekologik jihatlari Reja: Terminologik masalalar Atrof muhit - ilmiy tadqiqotlar obyekti Atrof muhit muammolarining geografik - ekologik jihatlari Terminologik masalalar. Atrof muhitning kompleks tahlili. Atrof muhit va uning tasniflanishi. Atrof muhit - ilmiy tadqiqotlar obyekti. Atrof muhit - geoekologiyaning tadqiqot obyekti. Atrof muhitni optimallashtirish - barqaror rivojlanish asosi. Geoekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish. Tabiiy muhit omillari.Tabiiy muhitga moslashuv. Tabiiy mihitda modda va energiuaning aylanma harakatlari. Terminologik masalalar. XX asrning ikkinchi yarmida jahon taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlaridan biri barcha xalqlarning manfaatlariga daxldor va insoniyat uchun xatarli bo'lgan, barcha mamlakatlar, butun jahon hamjamiyati tomonidan birgalikda hal etishni taqoza etadigan global muammolar ahamiyatining o'sishi bo'ldi. Umumbashariy, global miqyoslardagi ko'p jabhali jarayonlar va hodisalar orasida jamiyat va tabiat orasidagi o'zaro munosabatlar bilan bog'liq bo'lgan atrof muhit muammolari muhim o'rin tutadi. Bu muammolar insonning hayotiy faoliyatini tabiiy resurslar va ularning qayta ishlab hosil qilinadigan mahsulotlari bilan ta'minlashdagi murakkabliklarga bevosita bog'liq bo'lgan xom ashyo, energiya, oziq-ovqat, Dunyo okeani muammolaridir. Atmosferada karbonat angidrid gazining to'planishi, radiatsiya fonining ortishi, ozon qatlamidagi o'zgarishlar, mineral xom ashyo manbalarining taqchillanayotganligi, yashil o'simliklar bilan qoplangan maydonlarning keskin kamayib borayotganligi, muhitning ifloslanishi kabi global o'zgarishlarning sodir bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan holda ekologik muammolarni tadqiq qilishning ahamiyati ham tobora ortib bormoqda. Zero, I.A. Karimov ta'kitlaganlaridek, hozirgi paytda ekologik muammolar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish va urbanizatsiyaning zararli ta'sirlaridan inson salomatligini muhofaza qilish muammolariga bog'liq holda fanda atrof muhit termini (tushunchasi) keng qo'llanila boshlandi. Atrof muhit iborasining negizida inglizcha envyronment so'zi turadi. Bu so'z o'zbek tilida muhit, atrof, atrof holati ma'nolarini anglatadi. Maxsus so'z sifatida ishlatilishida envytonment so'zi har qanday mavjudot yashaydigan va rivojlanadigan sharoit yoki hayotning rivojlanishini va uning xususiyatlarini o'zgartiradigan hamda belgilaydigan barcha ta'sirlar majmuasini bildiradi. Inglizcha environment so'zi rus tiliga okrujayushaya sreda deb tarjima qilinganligi boisidan o'zbek tilida ham atrof muhit iborasi sifatida ilmiy iste'molga kirgan.Ingliz tilidagi envyronment (muhit) tushunchasi hozirgiga yaqin ma'noda XIX asrning 60-yillaridan boshlan fanda qo'llanib kelinmoqda.Unga qadar tashqi olam', tashqi elementlar tushunchalari qo'llanilgan. Nemis tili adabiyatlarida muhit (Umẃelt) ushunchasi ekologiyaga tirik mavjudotlarni o'rab turgan tashqi olam uchun qo'llanilgan. Muhit juda keng qamrovli tushuncha bo'lib,u muayyan obyektning tashqi (tabiiy, sotsial, iqtisodiy) sharoitlar bilan o'zaro aloqadorligi va bog'liqligini anglatadi. Jahonning mutlaq ko'pchilik mamlakatlarining ilmiy adabiyotlarida muhit tushunchasi bizning ilmiy adabiyotlarimizda qo'llanilayotgan atrof muhit, atrof tabiiy muhit, geografik muhit tushunchalarining sinonimi sifatida qo'llaniladi. Hozirgi paytda atrof muhit termini (tushunchasi) siyosiy, maxsus ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.08 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.08 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga