Atrof muhit muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari

Atrof muhit muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari

O'quvchilarga / Ekologiya
Atrof muhit muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Atrof muhit muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari Reja: 1. Atrof-muhit muhofazasini tashkil etish 2. Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar 3. Ekologiya monitoringi 4. Ekologiya ekspertizasi Atrof-muhit muhofazasini tashkil etish O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini elon qilganga qadar, tabiiy atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha ishlab chiqilgan qonun va me'yoriy hujjatlar sobiq Ittifoq manfaatlari doirasida amal qilinar edi. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha boshqaruv va nazorat ishlari bir necha tashkilotlar vakolatiga yuklatilgan bo'lib, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bir tizimga birlashmagan, aksariyat hollarda bir-birining funksiyalarini takrorlashar, kuch va mablag'lardan foydalanish tarqoq holda edi. Natijada tabiatni muhofaza qilish ishlarining samaradorligi pasayib ketdi. O'zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta'minlash strategiyasi ekologiya sohasidagi shaxs, jamiyat va davlatning O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi va Konstitutsiyasida belgilangan hayotiy zarur manfaatlaridan kelib chiqadi. Mamlakatning tashqi va ichki ekologik siyosatini jahon talablari doirasida olib borishda qonuniy hujjatlar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda 120 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilingan. Ekologik qonunchilikning maqsadi insonlarning salomatligi, mehnat va maishiy sharoitlari to'g'risida g'amxo'rlik qilish hisoblanadi. Ekologik qonunchilik bir necha darajalarni o'z ichiga oladi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining normalari ekologik qonunchilikning asosini tashkil qiladi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy qonun hisoblanib, hamma uchun majburiy va oliy yuridik kuchga egadir. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitutsiyaning 50, 54, 55, 100 moddalarida berilgan. 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida gi qonun ekologiya sohasidagi asosiy qonun hisoblanadi. Ekologiya sohasida huquqbuzarlik sodir etilganda quyidagi ma'muriy jazo choralari qo'llanilishi mumkin: 1) jarima; 2) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni musodara qilish; 3) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (masalan, ov qilish huquqidan) mahrum etish. Ekologiya sohasidagi ijtimoiy xavfli, og'ir oqibatlarga olib keladigan qonunbuzarliklar uchun mansabdor shaxslar va fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ekologik jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy ja'zolar qo'llanilishi mumkin: 1) jarima; 2) muayyan huquqdan mahrum qilish; 3) axloq tuzatish ishlari; 4) qamoq; 5) ozodlikdan mahrum qilish. Qo'shimcha tariqasida mol-mulkni musodara qilish ham qo'llanilishi mumkin. Ekologik qonunbuzarliklarning oldini olish katta ahamiyatga egadir. Bunda aholi o'rtasida zarur ta'lim-tarbiya, targ'ibot ishlarini muntazam olib borish, ommaviy axborot vositalarida bu masalalarni yoritib borish ijobiy natijalarni beradi. Ekologik qonunchilikni rivojlantirish, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga tegishli o'zgartirishlar kiritib borish, shu sohadagi yangi qonunlarni qabul qilish katta ahamiyatga egadir. Har bir fuqaro o'zining ekologik huquq va maeburiyatlarini bilishi, qonunlarga rioya qilishi lozimdir. Ekologik xavfsizlikni ta'minlash, tabiiy resurslardan foydalanish atrof muhitni muhofaza qilishni takomillashtirish bilan bog'liqdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.81 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.81 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga