Atrof muhit va tabiatdan foydalanish

Atrof muhit va tabiatdan foydalanish

O'quvchilarga / Ekologiya
Atrof muhit va tabiatdan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Atrof muhit va tabiatdan foydalanish Reja: Atrof muhit - tabiiy hodisa. Atrof muhit muammolarining geografik jihatlari.Atrof muhitni muhofaza qilish. Tabiiy muhitni optimallashtirish - barqaror rivojlanish asosi. Atrof muhit monitoringi. Atrof muhit - tabiiy hodisa. XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish va urbanizatsiyaning (lot. urbanus shaharga oid) zararli ta'sirlaridan inson salomatligini muhofaza qilish muammolariga bog'liq holda fanda atrof muhit termini (tushunchasi) keng qo'llanila boshlandi. Atrof muhit iborasining negizida inglizcha envyronment so'zi turadi. Bu so'z o'zbek tilida muhit, atrof, atrof holati ma'nolarini anglatadi. Maxsus so'z sifatida ishlatilishida envyronment so'zi har qanday mavjudot yashaydigan va rivojlanadigan sharoit yoki hayotning rivojlanishini va uning xususiyatlarini o'zgartiradigan hamda belgilaydigan barcha ta'sirlar majmuasini bildiradi. Inglizcha envyronment so'zi rus tiliga okrujayushaya sreda deb tarjima qilinganligi boisidan o'zbek tilida ham atrof muhit iborasi sifatida ilmiy iste'molga kirgan.xorijiy adabiyotlarda soddaroq qilib muhit termini ishlatiladi va u tabiiy muhitni anglatadi. Hozirgi paytda atrof muhit termini (tushunchasi) siyosiy, maxsus ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda eng ko'p qo'llaniladigan termindir. Keyingi 30-40 yil davomida chop etilgan turli maxsus ilmiy manbalarni o'rganish atrof muhit terminini yildan-yilga ko'proq qo'llanilayotganligidan dalolat beradi. Hozirgi ilmiy tasavvurlarga ko'ra tabiatning jamiyat hayoti va faoliyati kechadigan qismi atrof muhitni hosil qiladi. Atrof muhit - butun kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy asosi, insonning hayotiy faoliyati jarayonida foydalaniladigan hamda jamiyat tadrijiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan energiya va moddalarning manbaidir. Boshqacharoq qilib aytganda, atrof muhit - inson faoliyatida ishlab chiqarishning integral resurslar manbai va ayni paytda yashash muhiti hamdir. Atrof muhit insonga ta'sir ko'rsatadigan tabiiy va ijtimoiy omillar majmuasidan iborat bo'lganligi sababli insonning hayotiy faoliyati ko'p jihatdan atrof muhit sifatiga bog'liq. Atrof muhit - dastavval antroposentrik, demoekologik tushuncha bo'lib, u insonning (aholining) hayot sharoitlari, muhiti to'g'risidagi tushinchani anglatadi. Tabiat insonning muhiti sifatida o'rganilayotganida butun e'tibor insonning sog'lom biologik va ijtimoiy hayoti imkoniyatini belgilaydigan tabiiy hodisalariga qaratiladi. Atrof muhit insonga ta'sir ko'rsatadigan tabiiy va ijtimoiy - iqtisodiy omillarning integral majmuasini hosil qiladi. Shu tufayli barcha hollarda atrof muhitning subyektini inson (aholi) tashkil etadi. Atrof muhit - tabiatning jamiyat bilan modda va energiya almashinuvi orqali o'zaro ta'sirda bo'ladigan va bu ta'sir tufayli o'zgargan va o'zgarayotgan qismidir. Boshqacharoq qilib aytganda, atrof muhit o'zaro bog'liq bo'lgan tabiiy va antropogen obyektlar va hodisalarning inson mehnati, turmushi va hordig'i kechadigan bir butun sistemadan iborat. Demak, atrof muhit tushunchasi ijtimoiy, tabiiy va sun'iy ravishda yaratiladigan fizikaviy, kimyoviy va biologik omillarni, ya'ni insonning hayoti va faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatadigan barcha omillarni o'z ichiga oladi. Atrof muhit kishilar orasidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.81 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.81 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga