Reja: 1. Tabiatni muhofaza qilishda huquqiy bazaning yaratilishi. 2. Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy asoslari. 3. Davlat tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qaror va tadbirlar. 4. xalqaro hamkorliklar va ularning ahamiyati. Tayanch tushunchalar: huquqiy baza, tashkiliy asoslar, qonun va qarorlar, turli tadbirlar, shartnomalar, konvensiyalar, xalqaro hamkorliklar. Tabiatni muhofaza qilishda huquqiy bazaning yaratilishi. Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi, unda ekologik haloqatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlar, qariyib 6 mlrd.ga yaqin insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorliklar sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta'siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Insoniyatni tashvishga solayotgan ko'plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo'li bilangina hal qilinishi mumkin. Yu.Odum aytganidek Ekologik muammolarni bartaraf etish, atrof muhitni barqaror va xavfsiz holda ushlab turish faqatgina dunyo hamjamiyatining birgalikdagi harakati va ushbu harakatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishgina insoniyatni ekologik inqirozdan olib chiqishi mumkin. Shu bois, atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari qonuniy aktlar (farmonlar, ko'rsatmalar, qarorlar), ilmiy tavsiyalar, ishlanmalar, tabiatni muhofaza qilish ta'limi asosida, nazoratlar va boshqaruv organlar faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ushbu faoliyatning tashkil qilinishi va amalga oshirilishi ko'p jihatdan qonuniy ta'minlanishga boliqdir. Atrof muhitni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining konstitusiyasida o'z aksini topgan. Konstitusiyaning 50,54,55 va 100-moddalarida fuqarolarning ushbu sohasidagi huquq va majburiyatlari, atrof muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo'inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan 50-moddada Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar deyiladi. 100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta'kidlangan. O'zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan Tabiatni muhofaza qilish to'risidagi qonun belgilab beradi. Qonunga muvofiq O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taaluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy majlisning mutlaq vakolati doirasiga kiradi. Bularga tabiatni muhofaza qilish sahasidagi davlat siyosatini belgilash; davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; ushbu sohadagi Respublika qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi. Ushbu qonunda mamlakatda tabiiy muhitni saqlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari belgilangan, tabiat bilan inson o'rtasidagi munosabatlarning me'yorda rivojlanishi maqsadida tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, fuqarolarni qulay tabiiy muhitga bo'lgan huquqini kafolatlash zarurligi o'qtirilgan. Asosiy qonundan tabiat muhofazasining ayrim sohalari bo'yicha ham maxsus qonunlar qabul qilingan. Alohida qo'riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish to'risidagi qonun asosan umumiy boyligimiz bo'lgan noyob va qimmatli ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.82 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.82 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:28 ]
Arxiv ichida: doc