Atrof tabiiy muhit Tabiiy muhit va uning jamiyat bilan o'zaro aloqalari haqidagi ta'limot yaxlit, o'z-o'zidan rivojlanadigan, o'zgaruvchan (dinamik) muvozanatda bo'lgan tabiiy sistema - Yerning geografik qobig'i haqidagi konsepsiyaga asoslanadi. Bu konsepsiya tabiatda mavjud bo'lgan o'zaro aloqalar, ayrim komponentlarning butun geografik qobiqning rivojlanishidagi va bu komponentlarning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyati haqida tasavvur beradi. Geografik qobiqning jamiyat o'zining hayoti va ishlab chiqarish faoliyati bilan mujassam bog'langan qismi atrof tabiiy muhitni hosil qiladi. Geografik qobiq insonning faoliyati kechadigan tabiiy muhitni hosil qiladi.Geografik qobiq inson va uning faoliyatini ichki element sifatida oz ichiga oladigan tabiiy - sotsial hosilaga, global tabiat - jamiyat supersistemaga aylanmoqda. Hozirgi landshaftlarninf katta qismini esa tabiiy - texnogen sistemalar sifatida qarash lozim. Bu xildagi geosistemalar esa insonning ozi va aholi kiradigan yanada murakkabroq supersistemaning bir qismidir,xolos. Insonning tabiatga ta'siri tabiiy - texnikaviy sistemalarning ajralmas qismi, ularning elementlarining oziga xos shakllaridan biridir. Geografik qobiq rivojlanishining asosiy xossalari va xususiyatlarini hamda unda sodir bo'ladigan jarayonlarning energiya manbalarini bilish tabiiy muhitni muhofaza qilishning ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Tabiiy muhit amalda V.I. Vernadskiy tushunchasidagi butun biosferadir. Ma,lumki, litosfera (Yerning yuqori mantiyasigacha), hidrosfera, atmosfera (ozon qatlamining yuqori chegarasigacha) va jonli organizmlar o'zaro modda va energiya almashinuvi bilan chambarchas bog'langan va o'zgaruvchan muvozanatdagi bir butun moddiy ni hosil qiladi. Bu yarim ochiq sistema bo'lib, Yerning ichki sferalari va Kosmos bilan cheklangan aloqalarga ega. Ayrim bakteriyalar ozon qatlamidan yuqorida ham topilgan, ammo hozircha quyi litosferada topilganicha yo'q. Barcha jonli moddaning 95 ) dan ziyodrog'I Yer yuzasining litosfera, hidrosfera va atmosferaning bevosita tutashgan 100 metrlik qatlamida to'plangan, energetic omillar esa butun geografik qobiqni ishg'ol etadi. Tabiiy muhit va uning inson faoliyati bilan o'zaro aloqalari to'g'risidagita'limot asosida Yerning geografik qobig'I va biosfera to'g'risidagi konsepsiyalar turadi. Bu konsepsiyalar tabiatda mavjud bo'gan o'zaro aloqalarni, ayrim komponentlarning bu qobiqlarning rivojlanishi ahamiyatini, resurslik va muhitlik xususiyatlarini ochib beradi. Geografik qobiq insonning faoliyati kechadigan tabiiy muhitni hosil qiladi. Tabiiy muhit va uning jamiyat bilan o'zaro aloqalari haqidagi ta'limot yaxlit, o'z-o'zidan rivojlanadigan, o'zgaruvchan (dinamik) muvozanatda bo'lgan tabiiy sistema - Yerning geografik qobig'i haqidagi konsepsiyaga asoslanadi. Bu konsepsiya tabiatda mavjud bo'lgan o'zaro aloqalar, ayrim komponentlarning butun geografik qobiqning rivojlanishidagi va bu komponentlarning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyati haqida tasavvur beradi. Geografik qobiq rivojlanishining asosiy xossalari va xususiyatlarini hamda unda sodir bo'ladigan jarayonlarning energiya manbalarini bilish tabiiy muhitni muhofaza qilishning ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi. K.K Markov va boshqa bir qator olimlar gografik qobiqni va V.I.Vernadskiy tushunchasidagi biosferani mohiyatiga ko'ra bir xil tabiiy sistemalar deb hisoblaydilar. Biosfera ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.1 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.1 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:28 ]
Arxiv ichida: doc