Aydarko'l ko'l Jizzax viloyati sug'oriladigan yerlarining ko'pligi jihatidan respubdikamizda yetakchi o'rinlarni egallaydi. Hozirgi kunda 301018 gektar sug'oriladigan yerlardan 293 ming t paxta, 269 ming t. g'alla hamda ko'plab poliz va bog'dorchilik mahsulotlari yetishtirilmoqda. Ushbu yetishtiriladigan hosilning asosiy qismi viloyatning shimoli-g'arbiy hududidagi Mirzacho'l, Arnosoy, Zafarobod, Do'stlik, Paxtakor hamda Jizzax tumani hududlariga to'g'ri keladi. So'nggi yillarda hududda zovur-drenaj tarmoqlarining yaroqsiz bo'lib borishi, meliorativ tadbirlarni ayrim hududlarda to'g'ri olib bormaslik hamda Aydarko'l ko'llar tizimining ta'sir doirasining kengayishi natijasida sizot suvlari sathining ko'tarilishi, tuproq sho'rlanishi va eroziyasi kabi muammolarning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Bu muammolar o'zaro zanjir singari bog'langan bo'lib, ularning vujudga kelishi va yechimini Aydarko'l ko'llar tizimining sug'oriladigan yerlarga ta'sirini o'rganish orqali ishlab chiqish mumkin. Aydarko'l ko'llar tizimining paydo bo'lishi bevosita Mirzacho'l cho'lining o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lib, cho'lni o'zlashtirish boshlanganda muhandis ekspertlarning xulosalariga ko'proq tayyanilganligi tufayli sizot suvlar hamda zovur-drenaj suvlarining harakatiga e'tibor kam qaratilgan. Bu suvlarning Aydarko'l botig'i tomon harakatlanishi natijasida (yiliga 1,0-1,1 km3) botiqdagi Tuzkon ko'lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko'l ko'llarining paydo bo'lishiga olib keldi. Botiqdagi keyingi dinamik o'zgarishlar Chordara suv omboridagi (1969 yildan boshlab) ortiqcha suvlarning tashlanishi bilan bog'liq. Bu suvlarning to'planishi natijasida Arnasoy, Tuzkon hamda Aydarko'l ko'llari birlashib yagona Aydarko'l ko'llar tizimini tashkil etdi. Hozirgi kunda Aydarko'l ko'llar tizimi 3039 km2 maydonga, 42 mlrd. m3 suv hajmiga ega hamda suv sathi 250 m balandlikkacha ko'tarilganligiga e'tibor bersak, ko'l va ko'lning ta'sirini o'rganish naqadar muhim masala ekanligiga amin bo'lamiz. Ko'ldagi suv maydoni va hajmining ortishi sug'oriladigan yerlarda sizot suvlar sathining ko'tarilishiga sabab bo'ldi (1-jadval). Sug'oriladigan yerlarda eroziya jarayonlarining kuchayganligi, o'simlik qoplamining siyraklashganligi hamda ko'l va quruqlikdagi bosim farqi tufayli lokal doiradagi shamollarning ko'proq esayotganligini ko'rish mumkin. Shamollarning harakatiga e'tibor beradigan bo'lsak, bahorda ko'ldan quruqlikka, yozda quruqlidan ko'lga tomon esayotganligini kuzatamiz. Bu hodisalar o'z navbatida, o'simlik qoplami siyraklashgan tuproqlarda eroziya jarayonini yanada kuchayishiga olib kelmoqda. Ko'l atrofida muammolarning shu tarzda ko'payib borishi ko'lni saqlab qolish lozimmi yoki yo'qmi, degan savol ustida bosh qotirishga majbur etadi. Arid iqlimli bo'lgan hududimizda suvning qadri balandligi, tashlama suvlar qayerdadir to'planishi kabi xususiyatlarini hisobga olgan holda, ko'lni saqlab qolish lozimdir. Ko'l saqlab qolinadigan bo'lsa, yuqorida ko'rib o'tilgan muammolarni bartaraf etish yo'llari bo'yicha o'zimizning takliflarimizni berib o'tmoqchimiz. Birinchidan, ko'lning sharqiy qismidagi minerallashuv darajasi kam bo'lgan suvlardan sug'orishda foydalanish (bu borada amaliy tadbirlar olib borilmoqda)zarur. Ushbu holat amalga oshsa, hududdagi suv muammosi yechiladi hamda ko'lning maydoni kengayib ketishligining oldi olinadi. Ikkinchidan, biologik drenaj usulidan foydalangan holda ortiqcha yer osti suvlari bug'lantiriladi. Bu usulni amalga oshirish uchun barglari orqali ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:28
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:28 ]
Arxiv ichida: ppt