Ba'zi bir umumiy ekologik muammolar va ularni yechish yo'llari

Ba'zi bir umumiy ekologik muammolar va ularni yechish yo'llari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ba'zi bir umumiy ekologik muammolar va ularni yechish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Bazi bir umumiy ekologik muammolar va ularni yechish yo'llari Reja: XXI asrda barqaror rivojlanishning asosiy konsepsiyasi. Hozirgi zamon tushunchasi bo'yicha noosfera konsepsiyasi. Tashqi muhitni muhofaza qilish bo'yicha tuzilgan xalqaro konvensiyalarda O'zbekistonning ishtiroki. Tashqi muhit va tabiatni muhofaza qilishni huquqiy asoslari. Tayanch iboralar: Biologik turli-tumanlik, noosfera konsepsiyasi, tabiatni bo'ysundirish, noosferizatsiyalash, shaxs, jamiyat va tabiat garmoniyasi, gumanitar rivojlanish indeksi (GRI), ekologik siyosat, ekologik uyushma, ekologik kelishuv, ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish. 1. XXI asrda barqaror rivojlanishning asosiy konsepsiyasi Hozirgi kunda umumiy ekologik xarakterga ega bo'lgan va yechimini hal qilishini talab etadigan muammolarga V.V.Vernadskiy-ning noosfera to'g'risidagi barqaror rivojlanish kontsiptsiyalari, ekologik muammolarga bag'ishlangan xalqaro shartnomalar va shu kabilar kiradi. Kelgusi avlod qobiliyatini saqlab qolgan holda inson o'z ehtiyojlarini va talablarini qondira oladigan darajada kuzatiladigan rivojlanishni barqaror rivojlanish deyiladi. Tashqi muhit va ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishni birbiridan ajratgan holda alohida qaramaslikni his etish barqaror rivojlanish konsepsiyasining asosini tashkil etadi. Demak, anashu nuqtai nazardan qaralganda sog'lom ijtimoiy - iqtisodiy muhitda sog'lom tashqi muhit mavjud bo'ladi. Birlashgan millatlar tashkilotining (KOONOSR) asosiy hujjatlari bo'lmish «XXI kun tartibi» da barqaror rivojlanishni kelgusida ta'minlaydigan keng ko'lamdagi masalalar ko'zda tutilgan. Ana shunday masalalarga iqlim o'zgarishining oldini olish, cho'llashishga qarshi kurashish, ekologik ta'limni kuchaytirish, turli xil ekologik uyushmalar ishlari va shu kabilar kiradi. Ana shunday ekologik muammolarni hal etishda inson faoliyati bilan bog'liq bo'lgan barcha masalalarning muhimliligini nazarda tutmoq zarur. Bu sanoat va qishloq xo'jaligida ishlatiladigan texnologiya, qashshoqlikka qarshi kurashish, ehtiyojlar tizimini o'zgartirish doimiy yashaydigan uy joylarni ko'paytirish, har xil toifadagi aholining rolini ko'paytirish va shu kabilar. Ana shularga o'xshash 40 ga yaqin masalalar 4 ta bo'limga birlashtirilgan. A) Harakat dasturi. B) Ijtimoiy - iqtisodiy aspektlar. V) Aholining rolini kuchaytirish G) Bajarish vositalari Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan yana iqlim o'zgarishining oldini olish, o'rmonlarni asrash, biologik turli tumanlikni muhofaza qilish bo'yicha ham konsepsiyalar qabul qilindi. Birlashgan millatlar tashkiloti barqaror rivojlanishni elon qilib barcha davlatlardan shu konsepsiyalar asosida o'zlarining milliy barqaror rivojlanish kotseptsiyalarini qabul qilishini so'ragan va hozirgi kunda ko'pchilik davlatlar, shu jumladan bizning Respublikamizda ham shunday konsepsiyalar qabul qilingan. Barqaror rivojlanish konsepsiyasini akademik M.M.Maiseev tan olmaydi. Uning aytishi bo'yicha hozirgi kunda va bundan keyingi yaqin yillarda ham barqaror rivojlanish to'g'risida gap bo'lishi mumkin emas. Chunki, deydi u, barqaror rivojlanishga qarab ishlash hozirgi ekologik holatni oddiylashtiradi, insonlarning ekologik muammolarining naqadar murakkab ekanligini sezmaslikka, ularni yechish yo'llarini topishda qiyinchiliklarga to'g'ri kelishlari mumkinligini takidlaydi. 2. Hozirgi zamon tushunchasi bo'yicha noosfera konsepsiyasi Noosfera tushunchasi fransuz olimlari E.Lirua va P.Teyyara, De Shardena tomonlaridan fanga kiritilgan bo'lib, aqlli qatlam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.11 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.11 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga