Baliqlar ekologiyasi

Baliqlar ekologiyasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Baliqlar ekologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Baliqlar ekologiyasi MAVZU: BALIQLAR EKOLOGIYASI 1. Baliqlarning suv muhitidagi ba'zi hayot sharoiti. 2. Baliqlarning ekologiyalik gruhlari. 3. Baliqlarning aziqlanish uzgashliklari. 4. Baliqlarning migratsiyasi. 5. Iqlimlashtrish. 1. Baliqlarning suv muhitidagi ba'zi hayot sharoiti. Suv yashash muhiti sifatida o'ziga xos sharoit yaratuvchi qator spetsifik xossalarga ega. Baliqlarning hayot arenasi juda katta. yer yuzi 520 mln km2 sathga ega bo'lib, shundan 361 mln km2, ya'ni 71% ni dengiz va okeanlar tashkil etadi. Bundan tashqari, yer sathining 2,5 mln km2 yoki 0,5% ni ichki havzalar egallaydi. Yashash arenasining ulkanligi baliqlarning vertikal tarqalishi bilan ham belgilanadi. Okeanning ma'lum bo'lgan maksimal chuqurligi 1100 m, 300 m chuqurlikdagi okeanlar dengiz suvlari umumiy maydonining 51-58% ni tashkil qiladi. Baliqlar ekvatorga yaqin oblastlardan to qutb oldigacha bo'lgan joylarda yashaydi; ular dengiz sathidan 600 m balandlikdagi tog' suv havzalarida va okeanlarda 100 m chuqurlikda ham uchraydi. Bularning hammasida yashash sharoiti turli-tuman bo'ladi. Suv sharoitini baliqlarga nisbatan ko'rib o'tamiz. Daryo, dengiz, kichik ichki suv havzalari suvining harakati doimiy suv oqimiga bog'liq bo'lsa, suvning vertikal harakati uning turli holatda isishiga bog'liq. Suvning harakati ma'lum darajada baliqlarning ham passiv harakatini belgilaydi. Masalan, Skandinaviyaning g'arbiy qirg'oqlarida voyaga etgan Norvegiya sel'dining lichinkalarini Gol'fstrim oqimining bir tarmog'i 3 oy mobaynida shimoli-g'arbiy qirg'oq qismida uvildiriqdan chiqqan losossimon baliqlarning lichinkalari hayotining ko'p vaqtini dengizda o'tkazadi. Daryodan dengizga o'tish, ma'lum darajada passiv, daryo oqimi yordamida bo'ladi. Nihoyat, baliqlar harakatini ma'lum darajada belgilovchi oziq obyektlarining - planktonning harakati ham oqim yordamida paydo bo'ladi. Suv temperaturasining o'zgarishi havo-yer temperaturasining o'zgarishidan ancha kam. Aksariyat hollarda baliqlar uchrashi mumkin bo'lgan temperaturaning yuqori darajasi +30 +400S dan past. Ayniqsa, temperaturasining pastki chegarasi xarakterli bo'lib, u okeanlarning sho'r qismida ham -20S dan pastga tushmaydi. Shunday qilib, baliqlar yashash muhiti temperaturasining real amplitudasi 35-450S ga teng. Biroq shunday kichik temperatura tebranishlari ham baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega. Temperaturaning baliqlarga ta'siri bevosita yoki bilvosita suvning gazlarni eritish xususiyati orqali ham bo'lishi mumkin. Ma'lumki, baliqlar poykilotermi hayvonlarga kiradi. Ularning tana temperaturasi gomoyoterm hayvonlardagi singari ko'pmi-ozmi bir zaylda bo'lmasdan, bevosita tashqi muhit temperaturasiga bog'liq. Suv temperaturasining baliqlarga bilvosita ta'sirini baliqlardagi gazlar almashinuvida ko'rish mumkin. Ma'lumki, suvning gazlarin eritish, ayniqsa kislorodni eritish xususiyati uning temperaturasi va sho'rligiga teskari mutanosibdir. Shu bilan bir qatorda suv temperaturasining ko'tarilishi orta boradi. Shunga ko'ra, kislorodning minimal miqori ham o'zgaradi, kislorod bu miqdordan kam bo'lsa, baliqlar nobud bo'ladi. Karp balig'i uchun bu miqdor 10S temperaturada 0,8 mgl, +300S bo'lganda 1,3 mgl, +400Sda esa 2,0 mgl ga yaqin bo'ladi. Har xil baliqlarning kislorodga bo'lgan talabi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.79 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:28 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.79 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga