Biologik resurslardan foydalanish va muhofaza qilish

Biologik resurslardan foydalanish va muhofaza qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Biologik resurslardan foydalanish va muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Biologik resurslardan foydalanish va muhofaza qilish Reja: 1. Biologik resurslar to'g'risida tushuncha. 2. Biologik resurslarning asosiy ko'rsatkichlari va ulardan amaliyotda foydalanish. 3. Biologik resurslar va biosanoat majmuasi. 4. Biologik resurslarni iqtisodiy baholash. 5. O'zbekiston hududidining biologik resurslari va ulardan unimli foydalanish muammolari. 1. Biologik resurslar to'g'risida tushuncha. Biologik resurslar deb jonli tabiat: o'simliklar, hayvonlar, va mikroorganizmlarga aytiladi. Ular barcha tabiiy muhit elementlarida mavjud bo'lib biosferaning asosini tashkil qiladi. Ular o'z-o'zini tiklash qobiliyatiga egadirlar. Bioresurslar majmuali resurs bo'lib, uning tarkibiga qo'yidagilar kiradi: a) produtsentlar - organik modda ishlab chiqaruvchi organizmlar. b) konsumentlar- jonli organik moddani qayta ishlovchi organizmlar. v) redutsentlar(mikroorganizmlar, zamburug''lar va hayvonlar)-tabiatda biologik modda va energiya taminlovchi organizmlar. 2. Biologik resurslarning asosiy ko'rsatkichlari va ulardan amaliyotda foydalanish. Bioresurslar tirik organizmlar massasining resurslari, biologik modda aylanishinig hajmi va biologik mahsulotning xajmi bilan xarakterlanadi.To'plangan resurslar- tirik organik massalarning mavjud resurslaridir. Biologik modda aylanishi xajmiga produtsent, retsudent va konsumentlarning har yili paydo bo'ladigan yalpi organik massa mahsuloti, biologik mahsulot xajmiga esa organik massaning yillik o'sishi kiradi. Biologik resurslarning funksiyalashuvi asosida to'plangan resurslar hajmi biologik modda almashinuvi va biologik mahsulot hajmi hamda tizimi o'rtasidagi aloqalar yotadi. Moddalarning biologik aylanishi jarayonida organik massaning hosil bo'lishi (to'planishi) va o'lishi sodir bo'ladi. To'plangan resurslarning o'zgarishi ushbu jarayonlar nisbatiga bog'liq. Ushbu nisbatlar barcha biologik resurslarda organik massaning hajmi va to'qilib tushishi nisbatlariga bog'liq holda to'plangan resurslar ko'payishi, turg'unlashuvi va kamayishi jarayonlarida davom etishi mumkin. tabiiysharoitlarda to'plangan resurslar turg'un bo'ladi yoki ko'payadi, ularning kamayishi belgilangandan dan tashqariga chiqish hisoblanadi. Biologik resurslar mahsuldorligini oshirishni tartibga solish maqsadida o'tkazilgan maxsus tadbirlar bunda hisobga olinmagan. Iqtisodiy nuqtai-nazardan biologik resurslardan foydalanishning natijasi biologik resurslarni tayyorlash va atrof-muhitni yaxshilash samarasi hisoblanadi. Bularning hammasi biologik resurslardan foydalanishni tashkil etishda alohida ahamiyatga ega bo'lib, ularning samaradorligini oshirishning asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi, biologik resurslardan foydalanishni hisobga olish uchun zarur bo'lgan o'ziga xos ko'rsatkichlarni topishning asosiy yo'nalishi hisoblanadi. 3. Biologik resurslar va biosanoat majmuasi. Biologik resurslar inson hayoti uchun eng muhim resurs bo'lib, ular oziq-ovqat, yoqilg'i va turli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun organik xomashyodir. Biologik resurslar ishlab chiqarish tizimi doirasida biosanoat kattamajmuasining xomashyo qismi bo'lib, u agrosanoat, o'rmonsanoat, baliqsanoat va boshqa majmualarni o'z ichiga oladi. Ularning har biri biologik resurslarning u yoki boshqa turidan foydalanish bilan bog'liqdir. Biologik resurslar tabiiy va ijtimoiy tizimlar doirasida esa bioekologik infratuzilmaning asosiy elementidir. Ular tabiat muhofazasi va aholini sog'lomlashtirishda katta ahamiyatga ega. Bioxo'jalik majmuasi ishlashining asosiy natijasi-moddalar aylanishi, biologik mahsulot va ulardan foydalanishning har yillik hajmidir. Xo'jalik faoliyatining maqsadi - bu ko'rsatkichlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.34 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.34 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga