Biologik resurslarni muhofaza qilish

Biologik resurslarni muhofaza qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Biologik resurslarni muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Biologik resurslarni muhofaza qilish Reja: O'simlik dunyosiga antropogen ta'sir hamda uning ekologik oqibatlari. O'rmon resurslari ularning qisqarishining salbiy oqibatlari. Hayvonot olamininng ahamiyati va muhofazasi. Turlar tarkibiga antropogen ta'sir. O'simlik dunyosiga antropogen ta'sir hamda uning ekologik oqibatlari. Malum bo'lishicha, yer yuzida 350 mingdan 500 minggacha o'simliklar turlari va tur vakillari bor. Shulardan 40 ming tur yo'qolish xavfi ostida. Sobiq Ittifoqning Yer usti qismida gulli o'simliklarning umumiy soni 17520 (21 ming) turni tashkil qilgan. Vlar 1676 turkum va 160 oilaga biriktirilgan. Ilmiy ma'lumotlarga ko'ra, qutb va tundra hududlarida gulli o'simliklarning 189-507 ga turi uchraydi. Hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, O'rta Osiyo hududida 11-12 ming gulli o'simIiklar, 3,5-400 atrofida zamburug''lar, 3,8-400 atrofida suvo'tlar va 400 dan ortiq yo'sinlarning tur va tur vakillari aniqlangan. Faqat O'zbekistonda 4200 ta yuksak o'simliklarning turlari malum. O'rta Osiyo bo'yicha quyi va yuksak o'simliklarning umumiy turlar soni 200 atrofidadir. Yer yuzining turli tumanlari floraning turlicha tarkibi bilan xarakterlanadi. Masalan, tropik viloyat floraga eng boy hudud bo'lib, u yerda gulli o'simliklarning soni 120 mingdan ortiqdir. Amazonka baland-pastliklarida yuksak o'simIiklarning 50 ming, Shimoliy Amerika hududida 17 ming, Yevropada l2 ming o'simliklarning turlari aniqlangan. Malayziya floraning eng turlarga boy joyi bo'lib, u yerda 400 ga yaqin o'simIik turlari, Xindixitoyda 2500 tur, Yangi Zelandiyada o'simIiklarning 1900 ta turi uchratilgan. O'simlik turlariga Afrika qit'asining ayrim tumanlari juda ham boydir. jumladan, Gvineya-Kongo florasida 800-200 tur gulli o'simlik bo'lib, ularning 80% endemik (mahalliy)dir. Zambiya hududida 8500 o'simlik turi topilgan, ularning 54% endemik. Sudan yerlarida 2750 tur uchrasa, Kap viloyatida 700 dan ortiq, ularning 12 qismi endemik turlaridir. Sharqiy Madagaskarda 6100 gulli o'simlik turi topilgan, ularning 78,7% endemiklar, hattoki Sahroi Kabir chollarida 1620 dan ortiq o'simlik turlari aniqlangan. AQSH hududida 22 ming, Hindistonda esa 40 mingdan ortiq o'simIik turi bor. Tabiatda uchraydigan o'simliklarning 2500 dan ortiq turi insonlar tomonidan foydalaniladi va ancha turlar madaniylashtirilgan. Bularga bug'doy, arpa, sholi, jo'xori, olma, uzum, nok, piyoz, sabzi va boshqalar kiradi. Insonlar tomonidan foydalaniladigan madaniy o'simliklarning umumiy soni 2,5 ming yoki Yer yuzidagi o'simliklart urlarining 10% tashkil qiladi. Inson hayoti uchun oziq-ovqat manbaini hosil qilishda 20 ta o'simlik turi va ularning yuzlab navlari qatnashadi; ularga bug'doy, no'xat, sholi, qovun, tariq, olma, uzum va boshqalar kiradi. Yer yuzidagi 6,3-6,5 mlrd. aholini ozuqa bilan ta'minlash uchun har yili 1,2-1,3 mlrd. t g'alla kerak. Insonning och qolmasligi uchun esa har bir odam hisobiga 0,6 ga yerga ekin ekib hosil olishi kerak. O'rmon resurslari ularning qisqarishining salbiy oqibatlari. O'simliklarning, xususan o'rmonlar maydonining qisqarishi va holatini yomonlashuvi kishilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.65 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.65 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga