Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish muammolari

Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish muammolari

O'quvchilarga / Ekologiya
Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish muammolari - rasmi

Material tavsifi

Biologik xilma xillikni muhofaza qilish muammolari RYeJA : BIOLOGIK XILMA - XILLIK NIMA? BIOXILMA-XILLIK VA UNI ASRAShDA INSON MAS'ULIYaTI BUGUNGI KUNDA BIOLOGIK XILMA XILLIKNI muhofaza QILISh MUAMMOLARI BIOLOGIK XILMA - XILLIK NIMA? Umumiy uyimiz biosfera barqarorligini asrash hozirgi vaqtda eng muhim va dolzarb umum sayyoraviy ekologik muammolardan biridir. Chunki tabiiy resurslardan normasiz foydalanish, antropogen omillarning tabiatga keltirilgan salbiy ta'siri va boshqa sabablar natijasida ekosistemalarga kuchli ta'sir ko'rsatilmoqda, juda ko'p tur o'simlik va hayvonlar yo'qolib ketmoqda. Inson tabiatsiz - yashamaydi. U barcha mahsulotlarni tabiatdan oladi. Yer yuzida 6 mlrddan, ziyod inson kislorod bilan nafas oladi, kislorodning manbai esa o'simliklardagi fotosintez jarayonidir. O'simliklar biosfera barqarorligini asraydi. Biosfera eng katta ekologik tizim bo'lib, u bir qancha ekotizimlardan iborat (cho'l, adir, tog', yaylov, ko'l, daryo. Okean, o'tloq, o'rmon, to'qay va boshqalar). Ana shu ekosistemalarda birgalikda yashovchi turlar biologik xilma-xillikni tashkil qiladi. Tabiatda tur doirasida genetik materiallar xilma-xilligi, hamda ekotizmlar xilma-xilligi mavjud. Ekologik mikroorganizmlarning jamoa hosil qilib yashashi va abiotik muhit - yer bilan modda almashuvining bo'lib turishidir. Biologik xilma-xillik deganda ana shu ekosistemalardagi turli tirik organizmlar birligini tushunamiz. U turlar bir birovlari bilan va abiotik muhit bilan bog'liqdirlar. Turlarning yashash joyi biotop deyiladi. Biotsenoz va biotop ekosistemani hosil qiladi. Turlar jamoada ozuqa zanjirlari bilan bog'langan bo'lib, ekosistemaning barqarorligi biologik xilma-xillikka bog'liqdir. Tabiatda moddalarning aylanishi harakati to'xtovsiz davom etishi hayotning asosi bo'lib, biosfera barqarorligini ekosistemalarda organizmlar bir-birlarini sonini boshqarib turadi va unda muvozanat saqlanadi. Barqaror rivojlanish kon tseptsiyasi hozirgi vaqtda dolzarb muammo bo'lib, bu konsepsiyasi hozirgi vaqtda dolzarb muammo bo'lib, 1992 yilda Rio-de-Janeyroda qabul qilindi. O'zbekiston esa 1995 yil bu konsepsiyaga qo'shildi. 2002 yili Janubiy Afrikada butun Jahon Sammiti bo'lib, unda hozirgi vaqtda barqaror rivojlanishning dolzarb muammolari jahon olimlari tomonidan ko'rib chiqildi. O'zbekistonda oxirgi 30-40 yillarda tabiatdan me'yorsiz foydala-nish va qishloq ho'jaligi sektorining tabiatga salbiy ta'siri natijasida bazi bir ekosistemalar butunlay buzilib ketishi boshqalarga ta'sir qilib Respublikada ekologik barqarorlikni xavf ostida qoldirmoqda. Orol dengizi suv sathining kamayib, to'qay ekosistemalarining yo'qolib ketishiga olib keldi, cho'l va dasht zonalarining degradatsiyasi cho'llanish jarayonining kuchayishiga olib keldi. Biologik resurslarning roli tabiiy sistemalar faoliyati va ekologik barqarorlikni Respublikada asrashda muhimdir. O'zbekiston geografik tuzilishi, flora va fauna tarkibi va ular ekologik sharoitlarining farqlariga asosan 5 ta biogeografik zonaga bo'linadi: Tekisliklarning cho'l ekotizimlari. Tog' oldi yarim cho'l va dashtlar. Daryo va qirg'oqlar ekotizimlari. namlangan hududlar va deltalar ekotizimlari. Tog' ekotizimlari. Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish uchun Respublikada maxsus ajratilgan hududlar, yani 9 ta qo'riqxonalar, 2 ta milliy bog'lar va davlat buyurtmaxonalari mavjuddir. Qo'riqlanadigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.14 MB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:28 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.14 MB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga