Biologik xilma-xillikni saqlash Reja: 1. Biologik xilma-xillikni saqlashdagi jahon hamjamiyati say-harakatlari 2. Turlarning har xilligi 3. Populyatsiyalar va ularning genofondi 1. Biologik xilma-xillikni saqlashdagi jahon hamjamiyati say-harakatlari Biologik xilma-xillik umumiy manoda «hayotning xilma-xilligini» anglatadi. Bu tushuncha genetik har xillikni, keng tarmoqlangan taksonomik birliklarni (oila, sinf, tip va boshqalar), shuningdek, har xil muhit sharoitlarini va ekotizimlarni o'z ichiga oladi. Madomiki, «Biologik xilma-xillik» juda xam keng manodagi tushuncha bo'lganligi uchun, unga qo'yiladigan aniq xususiy talablar hozirgi kunda yo'q; uning qaysi sohada ishlatilishiga bog'liq. Ko'pincha, amaliyotda biologik xilma-xillik deyilganda, avvalom bor, turlarning xilma-xilligi tushuniladi. Biologik xilma-xillik, oddiy hayotiy shakllarga nisbatan ancha keng qamrovli. U nafaqat amaliy tekshirishlarning yo'nalishlarini aniqlaydi, balki shunday maqomga egaki, agar biologik xilma-xillik mavjud bo'lsa, ekotizimning barqarorligi mustahkam bo'ladi. Shuning uchun ham uni doimiy ravishda himoya qilish maqsadga muvofiq va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarida biologik xilma-xillikni asrash masalasiga alohida etibor beriladi. Ekotizimda kechadigan murakkab jarayonni o'rganish Biologik xilmaxillikning mohiyatini anglashga, shuningdek, jonli organizmlardan insonlar tomonidan foydalanishning ilmiy jihatdan asoslangan yangi shakllarni yaratib beradi. Million yillar davomida tabiatda kechayotgan tabiiy tanlash natijasida har bir populyatsiya malum muhit sharoitlarida yashashga moslashgan va muayyan irsiy xususiyatlarga ega bo'lib, bular avloddan-avlodga o'tib turadi. O'simlik va hayvonlar populyatsiyasi insonning amaliy faoliyatining asosiy obyekti hisoblanadi2. Hozirgi kunda Yer yuzasidagi tabiiy populyatsiyalar antropogen omilning kuchli ta'siriga uchragan. Hozir Yer yuzidagi 120 dan ortiq mamlakatda 8,5 million kvadrat kilometrga yaqin maydonni egallagan 8500 dan ortiq muhofaza qilinadigan hududlar mavjud. Ularni tashkil qilishdan asosiy maqsad, kelgusi avlodlarga bugungi kundagi mavjud ekotizimlarni tabiiy holida etkazishdir. Ushbu hududlarni samarali boshqarishda istemol mahsulotlariga mahalliy aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olish muhim. 1992 yilda Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan atrof-muhit va rivojlanish masalasiga bag'ishlangan Umumjahon sammitida biologik xilma-xillik to'g'risida Konvensiya qabul qilindi. Uni jahonning 188 ta mamlakati ratifikatsiya qilgan. Shu tariqa, bu hujjat eng obro'li xalqaro shartnomalardan biri bo'lib qoldi. 200 yilda jahon yetakchilari Ming yillik Deklaratsiyasini qabul qilishgan edi. Bu hujjatda XXI asrda sakkiz yo'nalishdagi rivojlanish maqsadlari belgilab berilgan. Ushbu maqsadlarning biri biologik xilma-xillikning yo'qolib borish suratlarini qisqartirishga yo'naltirilgan. O'zbekistonning 1995 yilda «Bioxilma-xillik to'g'risida» gi xalqaro Konvensiyaga qo'shilgani va mamlakatimizda konvensiya talablarini hisobga olgan holda Respublikamiz qonunchiligiga qator tegishli o'zgartishlar kiritilgan. Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) 2010 yilni xalqaro Biologik xilma-xillik yili deb elon qildi. BMT shu tariqa Yer yuzi tabiatini himoya qilish va undan oqilona foydalanish masalasiga etibor qaratish, ekologik tizimning xilma-xilligini saqlash va noyob tabiat obyektlarini asrash yo'lidagi harakatlarni amalga oshirishga intilmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasida Respublika ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.75 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.75 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:28 ]
Arxiv ichida: docx