Biosfera Reja: Biosfera haqida tushuncha. Tirik organizmlar biosferaning asosiy qismi. Tirik organizmlarning xilma-xilligi va ularning Yer sharida tarqalishi, quruqlik va okean biomassalari. Biosferada moddalarning davriy aylanishi va energiyaning o'zgarishi. Biosfera evolyutsiyasi. Tayanch iboralar: Biosfera, biomassa, bakteriya, biologik azot, okean biomassasi, quruqlik biomassasi, biogen migratsiya, biosferada uglerod aylanishi, biosfera evolyutsiyasi, biogeniz bosqich, niogenez bosqich, ozon teshigi. Biosfera haqida tushuncha. Biosfera (yunoncha bios - hayot, sfera - shar so'zlaridan olingan) bo'lib, bu atamani fanga birinchi marta Avstriyalik geolog olim E. Zyuss tomonidan kiritilgan. U yer shari hayot qavatini birinchi bo'lib biosfera deb atagan bo'lsada, lekin biosfera haqidagi ta'limotni rus akademigi V.I.Vernadskiy yaratgan va rivojlantirgan. Biosfera tirik organizmlar yashaydigan va ular ta'sirida o'zgarib turadigan yer sharining bir qismi hisoblanadi. Yerdagi hamma biogeotsenozlarning yig'indisi biosferani tashkil qiladi. Shunday qilib, biosferaning elementar (eng kichik) birligi beogeotsenozlardir. Biosferaga juda qadimiy bakteriyalardan tortib, odamgacha bo'lgan organizmlar kiradi. Biosfera tirik va o'lik tarkibiy qismdan iborat. Sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlarning yig'indisi (bakteriyalar, o'simliklar, hayvonlar) biosferaning tirik qismini tashkil etadi. Tirik organizmlar asosan yerning gazsimon (atmosfera), suyuq (gidrosfera), qattiq (litosfera) qobiqlarida joylashgan. Keyingi ma'lumotlarga qaraganda biosferaning yuqorgi chegarasi dengiz sathidan 22 km balandlikda troposferada va paski chegarasi (litosferaning) 3 - 5 km chuqurlikda ham uchraydi va xatto okeanning (gidrosfera) 11 km chuqurligida ham hayot mavjuddir. Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitlarga o'ta chidamli bakteriyalar va zamburug''lar sporalari uchraydi. Biosferaning chegarasi okeanlarning eng chuqur joylariga va litosferada neft bor bo'lgan anoerob bakteriyalar yashaydigan qismlarigacha tarqalgan. Biosferaning o'lik tarkibiga atmosferaning, gidrosferaning va litosferaning moddalar va energiya almashinuvi jarayonida qatnashuvchi qismlari kiradi. Tirik organizmlar biosferaning asosiy qismi. Biosferada tirik organizm eng muhim ahamiyatga ega bo'lib, akademik V.I.Vernadskiy ularning qo'yidagi funksiyalarini belgilab berdi: Gaz almashinishi. Bu funksiyasi fotosintez va nafas olish jarayonlariga bog'liq. Avtotrof organizmlarning organik moddalarini sintezlash jarayonida qadimgi atmosfera tarkibidagi karbonat angidrid ko'p miqdorda sarflanadi. Yashil o'simliklar tobora ko'payib borishi bilan atmosferaning gaz tarkibi ham o'zgara boradi. Karbonat angidrid miqdori kamayib, kislorod esa orta boradi. Atmosfera tarkibidagi kislorodning hammasi tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo'ladi. Nafas olish jarayonida kislorod sarflanib, karbonat angidrid hosil bo'ladi va u yana atmosferaga chiqariladi. Kontsentratsiyalash funksiyasi. Tirik organizmlar tomonidan atrof muhitga tarqalgan kimyoviy elementlarning to'planishidir. Masalan: o'simliklar fotosintez jarayonida kimyoviy elementlarni tuproqdan (kaliy, fosfor, azot, vodorod va boshqalarni) havodan uglerod olib, hujayrada organik moddalar hosil qiladi. Jamg'arish funksiyalari tufayli tirik organizmlar ko'p miqdorda cho'kma jinslarni, masalan: bo'r, ohak jinslarini hosil qiladi. Oksidlanish qaytarilish funksiyasi. O'zgaruvchan valentlikka ega bo'lgan kimyoviy elementlarning temir, oltingugurt, marganets, azot va boshqalarni ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: doc