«Biosfera va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» Biosfera va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Reja: 1. Biosfera va inson. 2. Tabiiy resurslar. 3. Tabiiy resurslarni oqilona boshqarish. Biosfera insonlarning yashashi uchun zarur sharoitlarga ega yagona makondir. Biosfera yagona makonligi qonun hisoblaniladi: binobarin biosferani sun'iy yaratib bo'lmaydi. Inson abadiy dvigatelni yarata olmaydi, biosfera esa amalda «abadiy dvigateldir». Kundan - kunga soni oshib boryotgan aholining hayoti biosferada mavjud tabiiy resurslarga bevosita bog'liqdir. Tabiiy resurslar deganda insonning hayoti xo'jalik faoliyati uchun kerak bo'lgan barcha tabiiy jismlar, hodisalar, jarayonlar tushuniladi resurs so'zi farangcha so'z bo'lib «yashash vositasi» degan manoni bildiradi. Inson butun taraqqiyot davomida yashash muhitiga tekin tabiiy boylik deb u hech ham tugamaydi deb karagan. Bugungi kunning dolzarb masalalari esa inson zotining yashab qolishiga ta'sir ko'rsatayotgan xavf-xatar to'g'risidagi muammolarni hal qilishidir. Bugungi kunda biosferani ifloslanishi, zaharlanishi va ishlab chiqarishi bilan yirik-yirik birlashmalarning ochko'zlarcha yuritayotgan faoliyati o'rtasida o'zaro bog'liqlik yanada namoyon bo'lmoqda. Barcha vositalarni ko'llab tekin tabiatni boyliklarini talon-taraj qilish sezilarli darajada ularni kamayib ketishiga hatto yo'q bo'lib ketishiga olib keldi. Tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan resurslarga bo'linadi. Tugaydigan resurslar o'z navbatida: tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslarga bo'linadi. Tiklanadiganlarga: tuproq, suv, hayvonot dunyosi va o'simliklar. Tiklanmaydiganlarga: yer osti boyliklari. Tugamaydigan resurslarga: kosmik, iqlimiy va Dunyo okeanlarining suvlari kiradi. Kosmik: quyosh radiatsiyasi, dengiz suvlarini ko'tarilishlari. Iqlimiy: atmosfera havosi, shamol energiyasi. Hozirgi vaqtda Yer yuzi aholisi uchun kuniga 2 mln. tonna oziq-ovqat, 10 mln.m3 ichimlik suvi, nafas olish uchun 2 mlrd.m3. kislorod zarur bo'ladi. Ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida biosferada amalga oshayotgan jarayonlar uning yangi sifat holati - noosferaga o'tishni taqozo qiladi. T.A.Akimova va V.V Xaskinlar (1998) sayyora yuzasida tabiiy resurslarni o'zlashtirishda inson tomonidan ko'chiriladigan moddalarning massasi yiliga 4 trillion tonnani tashkil etgan. Yer ostidan qazib olinadigan va jahon iqtisodiyoti tomonidan o'zlashtirilgan biomassa va materiallar yiliga 120 mlrd tonnani tashkil qiladi va uning faqat 7.5% idan ishlab chiqarish jarayonida zarur mahsulotlar olingan va katta qismi chiqindi sifatida atrof-muhitga tashlangan. Tabiiy resurslarni oqilona boshqarish Hozirgi vaqtda tabiiy resurslardan foydalanish va qayta ishlov berishda bir necha oqilona yondashuvlar mavjud. Jumladan: 1. Asosiy hom-ashyo jinslardan mineral resurslarni qoldirmay to'laligicha foydalanish; Chiqindilaridan xom ashyo sifatida qayta foydalanish; 3. Mineral resurslardan kompleks foydalanish. Atrof-muhitni himoya qilish tabiiy resurslarni tiklash maslasida quyidagilarni etiborga olinishi kerak: - mahalliy mintaqaviy va global ekologik monitoring o'tkazish: - o'rmonlarni tiklash va yong'in, zararko'randalar, kasalliklardan muhofaza qilish: - qo'riqxonalar, etalon ekotizimlar, bebaho tabiiy majmualarini kengaytirish va ularni sonini ko'paytirish: - o'simlik va hayvonlarning noyob turlarini saqlash hamda ko'paytirish: - aholining ekologik madaniyatini ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.56 MB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.56 MB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: ppt