Biosfera va uni muhofaza qilish Reja: 1. Biosfera, uning tarkibi va xossalari 2.Tirik modda. Biogen modda. 3. Biokos modda. Atmosfera. Gidrosfera. Litosfera 4. Biosfera va uni muhafaza qilish. Biosfera (grekcha bios-hayot va sfera-shar)- Yerning tirik organizmlar tarqalgan tirik qobig'i. Biosfera to'g'risida ta'limotni rus olimi V.I. Vernadskiy yaratgan. Biosfera faqat tirik organizmlarni emas, balki ular yashaydigan muhitni ham o'z ichiga oladi. SHuning uchun biosferani barcha ekosistemalar, ya'ni biogeotsenozlar majmui deyish mumkin. Biogeotsenozlar biosferaning elementar tarkibi hisoblanadi Biosfera tarkibi. Biosfera tirik modda, biogen modda va biokos moddadan tashkil topgan. Biosferaning tirik moddasini barcha tirik organizmlar (o'simliklar, hayvonlar, zamburug'lar, mikroorganizmlar), biogen moddasini tirik organizmlar hosil qilgan mahsulotlar, (torf, neft, toshko'mir, marmar), biokos moddasini atmosfera, litosfera va gidrosferaning moddalar va energiya almashinuvi orqali tirik organizmlar bilan bog'langan qismi tashkil etadi. Planetamizni uchta geologik qobiq Biosfera - Yer geologik qobig'ining tirik organizmlar va ular faoliyati natijasida hosil bo'lgan moddalar tarqalgan qismi. Biosfera chegaralari Yer planetasida tirik organizmlar tarqalgan chegara biosfera chegarasi hisoblanadi. Yer yuzidan tahminan 20 km balandlikdagi azon qavati hisoblanadi. Ozon qavati quyoshdan kelayotgan er yuzidagi tirik organizmlar uchun juda xavfli bo'lgan qisqa to'lqinli uzun ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Tirik organizmlar atmosferaning yer yuzasi-litosferaga yaqin qismida ko'p va xilma-xil bo'ladi. Atmosfera Yerning gazsimon qobig'i, tarkibi asosan azot (78,09), kislorod (20,45%), oz miqdorda argon (0,93%), karbonat angidrid (0,3%) va boshqa gazlar aralashmasidan iborat. Atmosfera litosfera va gidrosferada sodir bo'lib turadigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Erda sodir bo'lib turadigan biologik jarayonlarda atmosfera kislorodi va karbonat angidridining ta'siri ayniqsa katta. Kislorod nafas olish va organik moddalarning parchalanib, qayta minerallashishi va yonish jarayonlarida ishtirok etadi va atmosferaning yuqori qatlamida ozon ekrani hosil qilib, planetamizda tirik organizmlarni kosmik nurlardan himoya qiladi. Karbonat angidrid gazi fotosintez orqali organik moddalar hosil bo'lishida ishtirok etadi. Kislorod o'simliklarda sodir bo'ladigan fotosintez jarayonida hosil bo'ladi. Karbonat angidrid, azot va suv bug'lari ko'p miqdorda vulqonlar otilishi jarayonida atmosferaga ajralib chiqadi. Karbonat angidrid azot, va suv tirik organizmlarda sodir bo'ladigan moddalar aylanishi hamda tabiatda chirish va yonish jarayonida ham hosil bo'ladi. Аtmоsfеrаning tuzilishi vа tаrkibi. Аtmоsfеrа - Yеrning хаr hil bаlаndlikidа o'rаb turgаn gаz qоbig'idir, uning mаssаsi 5,9 *1015 t. Qоbik jоylаshishi vа hаrоrаtigа qаrаb bir nеchа qаtlаmgа bo'lingаn Yеrgа eng yaqin qаtlаmning nоmi trоpоsfеrа: bu qаtlаmning bаlаndligi o'rtа kеngliklаrdа dеngiz sаthidаn 10-12 km, ekvаtоr ustidа 16-18 km, qutblаrdа 7-10 km tаshkil etаdi. Hаvо hаrоrаti хаr 100 mеtrdа 0,6° S kаmаyib bоrаdi vа +40°S dаn -50°Sgаchа o'zgаrаdi. Bu qаtlаmning 9-10 km bаlаndligidа ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: pptx