Biosfera va uning vazifalari. Tabiatdagi moddalarning aylanma harakati. Tabiatdagi moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanishi. Ekotizm, populyatsiya va biogenotsenoz tushunchasi. Reja: 1. Tabiatda moddalarning aylanma harakati. 2. Ekotizmda barqarorlik. Gomeostaz. 3. Biosferaning tuzilishi va uning vazifalari. 4. .Ekotizim populyatsiya tushunchalari. 5. .Biotsenoz, biogeotsenoz tushunchalari va ularning tarkibi Yer kurrasidagi tirik organizm tarqalgan va uning hayot faoliyati ro'y beradigan joylar biosfera deyiladi. Biosfera - Bu yunoncha so'z bo'lib, bio-hayot, sfera - shar, yani hayot shari degan manoni anglatadi. Biosferaga bakteriyalardan tortib odam organizmigacha kiradi. 1803 yili fransuz tabiatshunosi Jan Batist Lamark «Biosfera» terminini fanga kiritgan bo'lsada, biosfera haqidagi ta'limotga akad. V.I.Vernadskiy asos oldi va 1926 yilining «Biosfera» nomli kitobi nashretildi. Biosfera bu yerning tirik qobig'i bo'lib, fazo holatiga ko'ra uch geosferaga bo'linadi, yani yerning gazsimon qobig'i - atmosfera (yunoncha -atmos - par), suv qobig'i gidrosfera (yunoncha-xudar-suv) va qattiq qobig'i - litosfera (yunoncha-litxos-tosh). Biosfera atmosferaning quyi qismi (15 kmgacha), butun gidrosfera (11 km gacha) va litosferaning yuqori (3 km chuqurlikkacha) qismi bilan chegaralanadi. Biosfera asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi: Biosfera doimo fotosintez jarayoniga asoslanib tirik organizmlarni vujudga keltiradi. Fotosintez jarayoni -Bu jonsiz va tirik tabiatni bog'lovchi bo'g'indir. Yaqin kunlargacha hamma bu jarayonga uncha etibor bermay kelayotgan edi, chunki o'simliklar ozuqani tuproqdan oladi deb o'ylashgan edi. 1733-1800yy. ingliz olimi Djozef Pristli o'simliklar havoni tozalashini aniqladi. 1796 yili Golland vrachi Yan Ingenxauz havoni tozalanishi faqatgina quyosh nurlari va o'simlikning yashil qismlari tufayli bo'lishini aniqladi. Biosfera va koinot. Yerning tirik qobig'i biosfera osmon, yani kosmosdan kelayotgan cheksiz nurlanishlarni qabul qiladi. Bu nurlarning ichida bizga ko'rinadiganlari yani yorug' nurlar juda kam miqdorni tashkil etadi. Quyoshdan tarqaladigan ultrabinafsha, yani qisqa to'lqinli nurlarning asosiy qismi strastosfera qatlamida ushlanib qoladi. Bu nurlar yoki nurlanishlar natijasida magnit maydonlar o'zgaradi, molekulalar hosil bo'lishi, ionlanish jarayonlari yuz beradi, gazlarning yangilanishi sodir bo'ladi, yangi kimyoviy birikmalar hosil bo'ladi, shimol yog'dusi va turli xil tabiiy o'zgarishlar vujudga keladi. Infraqizil- uzun to'lqinli issiqlik nurlanishlar yerda hayot bo'lishini ta'minlab, ular mexanik, kimyoviy, elektr va boshqa tur energiyalarga aylanadi. Bo'lar asosan fotosintez jarayonida organizmlarning hayoti, shamolning harakatida, dengiz oqimini vujudga kelishida, daryolarni oqishida, qoyalarni buzilishida, yomg'irlarni yog'ishida namoyon bo'ladi. Biotsenozlar va ekotizimlar. Sayyoradagi barcha o'simlik va hayvonlar odatda jamoa holida yashaydi. Muayyan tuproq sharoitida o'simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug''lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Faqat bir necha tur o'simlik birgalikda qavm bo'lib yashasa fitotsenoz deyiladi, xuddi shunday hayvonlar jamoasi zootsenoz deyiladi. Biotsenoz (lotincha «bios»-hayot, «tsenoz»-umumiy) deyilganda bir xil muhitga moslashib olgan va bir joyning o'zida birga yashaydigan ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.49 MB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.49 MB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: pptx