Biosfera, global eko tizim Reja: 1. Biosfyera to'g'risida tushuncha. 1. Ekologik tizim va uning tuzilishi 1. Ekologik omillar va ularni tavsifi Biosfyera to'g'risida tushuncha. Biosfyera Yer sharidagi eng yirik ekotizimdir. Yerning tirik organizmlar va biogen cho'kindi tog' jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I.Vyernadskiy biosfyera (yunoncha bios-hayot, sfyera-shar) deb nomlagan. Biosfyera sayyoramizdagi hayot qobig'i hisoblanib, tirik organizmlarning o'zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekotizimlar majmuini tashkil etadi. V.I.Vyernadskiy tushunchasiga ko'ra, biosfyeraga hozirgi vaqtda faqatgina yerning qobig'ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo'lgan litosfyeraning qismi ham kiradi. Biosfyera tushunchasi biologiyaga J.Lomark, geologiyaga esa E.Zyuss tomonidan kiritilgan bo'lsada, uning mohiyati to'g'risida ular biror aniq fikr bildirmaganlar. Shu tufayli biosfyera to'g'risidagi ta'limotning asoschisi V.I.Vyernadskiy hisoblanadi. Sayyoramiz qiyofasining geologik davrlar mobaynida o'zgarib kelganligi qadimda faqat fizik-kimyoviy jarayonlar natijasi, deb qarab kelingan. V.I.Vyernadskiy birinchi bo'lib tirik organizmlarning geologik roli to'g'risidagi ta'limotni yaratdi va yer po'stining o'zgarishida tirik organizmlar faoliyati bosh omil ekanini ko'rsatdi. Biosfyera Quyosh enyergiyasi ta'sirida uzoq biokimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan yerning o'ziga xos qobig'idir. Biosfyera tarkibiga; Atmosfyeraning quyi qatlamlari, yani 15-20 km balandlikkacha bo'lgan troposfyera va stratasfyeraning pastki qismi, Dunyo okeanining eng chuqur botiqlari 11 km, litosfyeraning yuqori yer yuzasidan 4,5 km gacha bo'lgan chuqurlik qismlari kiradi. Bu chuqurlikdagi neft qatlami suv tarkibida hamda yuqorida ozon ekranigacha bo'lgan chegaralar oralig'ida tirik mikroorganizmlar uchraydi. Inson ham biosfyeraning tarkibiy qismidir. Enyergiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog'liq. Moddalar kichik (biologik) va katta doiralarda (geologik) aylanadi. Biologik quruqlikda tuproq bilan organizm o'rtasida, gidrosfyerada esa organizm bilan suv o'rtasida sodir bo'ladi. Geologik modda aylanish quruqlik bilan Dunyo o'rtasidagi jarayondir. Demak, biosfyera yaxlit, bir butun hosila ekanligi ravshan. Inson Yer yuzasidagi hayot rivojlanishi (biogenez)ning navbatdagi bosqichi bo'lib, eng kuchli tabiiy omildir. U nafaqat Yer sayyorasi, balki Koinotni o'zgartirishga ham qodir. Hozirda biosfyerani noosfyera (fikrlovchi qobiq)ga aylanishi kuzatilmoqda. V.I.Vyernadskiyning fikricha noosfyera biosfyeraning qonuniy rivojlanishi natijasi bo'lib, inson bilan tabiatni o'zaro ongli aloqa munosabatlaridan iboratdir. Ekologik tizim va uning tuzilishi. Ekologiyaning bosh tadqiqot obyekti-ekologik tizimdir, yoki ekotizim. U ma'lum maydondan iborat bo'lib, unda tirik organizmlar va ularni yashash muhitlari majmuasi moddiy-enyergetik va axborotlarning o'zaro ta'siri bilan birlashgan. Ekotizim atamasi ilk bor ingliz botanigi L. Tensli (1935) tomonidan taklif qilingan. Ekotizim biror kattalikdagi yoki o'lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi. Shuning uchun ham uni organizmlarning xohlagan (masalan, sun'iy akvarium, issiqxona, bug'doy maydoni va boshq.) va murakkab yashash tabiiy muhiti (ko'l, o'rmon, okean)ga nisbatan qo'llash mumkin. Odatda quruqlik va suvli (akvatoriyali) ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.84 MB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.84 MB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: pptx