Biosfera, inson va hayvonot dunyosi Reja: 1. «Qizil kitob» tushunchasi 2. Qo'riqxonalar, zakazniklar, milliy bog'lar 3. Tabiatni muhofaza qilishning madaniy va estetik ahamiyati 4. Tabiatni muhofaza qilishda jamoatchilik va maktab Butun jahonda hayvon turlarining yo'qolib ketayotganidan insoniyat havotirda, chunki tabiat kurki bo'lgan bazi bir hayvonlardan turli sabablarga ko'ra ajralib qolinmoqtsa. Biosfera tirik jonlarning yashash makoni, yani o'simlik, hayvonotlar dunyosining va mikroorganizm, viruslar va odamlarning yashash makonidir. Ammo insonning tabiatga, tabiat omillariga nisbatan o'zaro munosabatlarining buzilishi, tabiatdan faqatgina o'z ehtiyojini qondirish uchun o'ta mas'uliyatsizlik bilan foydalanishi bugunga kun uchun juda ko'p turlarning yo'q bo'lishiga olib keldi. Yer kurrasida mavjud bo'lgan barcha hayvonot namunalari ham tabiatning mahsuli hisoblanadi. Inson zoti singari jonivorlar tabiatning barcha marhamatlaridan, jumladan, suvi, havosi, o'simliklar dunyosining sahovatlaridan bahramand bo'lib yashaydi. Jonivorlarning hayoti tabiat, atrof-muhitningholati bilan uzviy bog'langan. Hayvonot olami umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda muhim rol o'ynaydi. Malumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo'y, echki, to'ng'iz, ot, eshak, tuya, qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir maqsad uchun boqiladi. Ayrim hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai, boshqasi xo'jalik uchun asqotadigan ishlarni bajaradi, transportning eng oddiy namunasi sifatida foydalaniladi, yana biri esa uyni qo'riqpaydi, yana boshqasi zararkunandalar bilan kurashda beminnat dastyor hisoblanadi. Tabiat qo'ynida yovvoyi holda yashaydigan (masalan, sayg'oq, bug'i va boshqa) hayvonlarning ham o'ziga xos foydali xususiyatlari mavjud, jumladan, ulardan ajoyib mo'ynalar, dorivor vositalar, oziq-ovqat mahsulotlari, junlar olinadi. Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatini saqlab turishda xizmat qiladi. Umuman, hayvonlar dunyosini tashkil qiladigan jonivorlarning turi juda ko'p, ularning bir yarim milliondan ziyod turi borligi aniqlangan. Shuni aytish kerakki, hayvonot olami orasida insonga bevosita yordam beradigan foydalilaridan tashqari bir toifa jonivorlar ham borki, ular hayotda ziyon keltiradi. Tadbirkor inson o'zining aql-zakovati bilan bir qator hayvonlarni xonakilashtirishga muyassar bo'lgan. Biroq ana shu zotlarning o'zi ko'p foydali jonivorlarning yo'q bo'lib ketishiga bevosita yoki bilvosita sababchi bo'lmoqtsa. Insoniyat o'z taraqqiyoti pog'onalarida hayvonlar bilan doim ham murosada bo'lavermagan. Odamlar ibtidoiy jamoa davrida hayvonlar tahdididan ancha hayiqqanlar va ularning hujumidan holi bo'lishga harakat qilganlar, endiliqda esa odamlar hayvonlarni o'z manfaatlari yo'lida ko'plab qirib tashlab, ayrim turlarning butunlay yo'qolib ketishiga ham sababchi bo'ddi. Juda qadim zamonlardan beri, shuningdek, hozirda ilmiy texnika, aholining saviyasi, ma'naviyati nihoyatda taraqkiy etgan bir vaqtda ham malum guruh odamlar ermagi, shaxsiy manfaati uchun jonivorlar terisi, mazzali go'shti, qimmatbaho suyagi, mayin momig'i yoki jilovdor patlarini deb qirib yuborilmoqda. Bazi o'ta johil kishilar hayvonot olamini yo'q qilish yoki qirishga mazaxo'rak, shunchalik ermak bo'lib qolgan, bu ish ular uchun ov hisoblanadi. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.05 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.05 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: doc