Biosfera, inson va o'simliklar

Biosfera, inson va o'simliklar

O'quvchilarga / Ekologiya
Biosfera, inson va o'simliklar - rasmi

Material tavsifi

Biosfera, inson va o'simliklar Reja: 1. Biosfera va o'simliklar 2. O'rmonlar va o'simliklar sihat-salomatlik manbai 3. O'simliklar dunyosi va o'rmonlarni asrang 4. O'rmon resurslaridan oqilona foydalanish 5. O'simlik dunyosi, o'rmonlar va atmosfera havosi 6. Jannatmakon bog'u rog'larni barpo qilaylik 1.Biosfera va o'simliklar Biosfera planetamizning yer qobig'i, unda hayot mavjud. Biologiya faniga ilgaridan malumki, yer tirik jonlar, yani tabiatning biotik omillarining yashash makoni, bunda o'simlik, hayvonot, mikro makroorganizmlar doimo yashaydi. Inson ham tabiat mahsuli sifatida uning quchog'ida yashaydi, ulg'ayadi, rivoj topadi. Inson populyatsiyasini nabotot olamisiz tasavvur etish mumkin emas. Chunki insonlar, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar tirik ekan, ularning tirikligi uchun doimo oziq-ovqat kerak, hattoki hayvonot dunyosi uchun, odamlar uchun, o'simlik dunyosining o'zi va ulardan hosil bo'lgan mahsulotlar ozuqa sifatida foydalanilsa, o'simlik dunyosining o'zi ham ozuqa talab. Inson, hayvonot dunyosi ichida eng etugi, ong jihatdan, aql-zakovat jihatdan, o'zining ko'p qirrali faoliyati va bunyodkorligi bilan ajralib turadi. Inson hayot ekan, u doimo go'zallikka, tabiat qo'yniga, musaffo havo tomon intiladi. O'simlik dunyosi biz uchun go'zallik yaratadi, havoni tozalaydi, uni oksigenga boyitadi, yani yerdagi hayotni davom ettirishda, dunyoviy modda almashinish jarayonlarida qatnashadi, tabiiy resurslar, o'simlik dunyosi, sanoat korxonalari uchun xomashyo sifatida foydalanish mumkin bo'lgan omil. O'simlik dunyosi xo'jalik va qurilish uchun zarur vosita, o'simlik dunyosi dori-darmon, salomatlikni taminlovchi, shifobahsh xislatlarga ega bo'lgan tabiat inomidir. Olimlar keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, sayyoramizda tirik modtsalarning umumiy og'irligining 99 foizini yashil do'stlarimiz - o'simliklar dunyosi tashkil qilar ekan. O'simlik deganimizda biz quruq erlarda joylashgan dov-daraxt, ekin, o't-o'lanlarnigina nazarda tutmaymiz, balki dare, dengiz va okeanlardagi suv o'tlari, fotosintez qobiliyatiga ega o'simliklarning xammasini ko'z o'ngimizga keltiramiz. O'simliklar olamining salmoqli qismi sayyoramiz o'rmonlariga to'g'ri keladi, ular butun quruqlikning 47 foiz maydonini egallagan. Biz madh etadigan mana shu o'simliklar dunyosi insoniyatni kislorod bilan ta'minlab turuvchi «tiriklik fabrikasi» hisoblanadi.O'simliklar dunyosini tirik organizmlar uchun oziq tayyorlab beradigan ulkan bir fabrikaga qiyos qilish mumkin. Jumladan, S.S.Shvarts keltirgan ma'lumotlarga Karaganda, jahonda madaniy holda o'stirilayotgan barcha o'simliklar organik moddalarga aylanadigan 6 milliard tonnaga yaqin karbon bersa, tundra zonalaridagi o'simliklar dunyosi 9 milliard biologik mahsulot beradi. Afsuski, sayyoramizning eng katta boyligi bo'lgan o'simliklar dunyosi inson faoliyati, qolaversa fan-texnika taraqqiyoti ta'sirida borgan sari kamayib bormoqda. Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab, ijod qilayotgan Yer kurrasida bundan bir yarim ming yil muqaddam o'rmonlar 47 foiz maydonni ishg'ol etgan bo'lsa, hozir ular 27 foizga tushib qoddi. Ko'p mamlakatlardagi sanoat korxonalarida fonda ketidan quvish oqibatida juda katta o'rmonlar kesilib, o'rniga katta-katta zavod, fabrika va kombinatlar qurilmoqda. Ustiga-ustak, atrof-muhitning ifloslanishi natijasida ko'plab nodir va noyob o'simlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.61 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.61 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga