Biosfera. Tirik modda. Biogen modda. Biokos modda. Atmosfera

Biosfera. Tirik modda. Biogen modda. Biokos modda. Atmosfera

O'quvchilarga / Ekologiya
Biosfera. Tirik modda. Biogen modda. Biokos modda. Atmosfera - rasmi

Material tavsifi

Biosfera va uni muhafaza qilish. Biosfera, uning tarkibi va xossalari Tirik modda. Biogen modda. Biokos modda. Atmosfera. Gidrosfera. Litosfera Reja: 1. Biosfera va uni muhafaza qilish. 2. Biosfera, uning tarkibi va xossalari 2. Tirik modda. 4. Biogen modda. 5. Biokos modda. Atmosfera. Gidrosfera. Litosfera Biosfera (grekcha bios-hayot va sfera-shar)- Yerning tirik organizmlar tarqalgan tirik qobig'i. Biosfera to'g'risida ta'limotni rus olimi V.I. Vernadskiy yaratgan. Biosfera faqat tirik organizmlarni emas, balki ular yashaydigan muhitni ham o'z ichiga oladi. Shuning uchun biosferani barcha ekosistemalar, yani biogeotsenozlar majmui deyish mumkin. Biogeotsenozlar biosferaning elementar tarkibi hisoblanadi. Biosfera tarkibi. Biosfera tirik modda, biogen modda va biokos moddadan tashkil topgan. Biosferaning tirik moddasini barcha tirik organizmlar (o'simliklar, hayvonlar, zamburug''lar, mikroorganizmlar), biogen moddasini tirik organizmlar hosil qilgan mahsulotlar, (torf, neft, toshko'mir, marmar), biokos moddasini atmosfera, litosfera va gidrosferaning moddalar va energiya almashinuvi orqali tirik organizmlar bilan bog'langan qismi tashkil etadi. Planetamizni uchta geologik qobiq: gazsimon atmosfera, suyuq gidrosfera va qattiq jinslardan tashkil topgan litosfera o'rab turadi. Tirik organizmlarning asosiy qismi ana shu qobiqlar: atmosfera, gidrosfera va litosfera tutashgan joyda to'plangan. Biosfera - Yer geologik qobig'ining tirik organizmlar va ular faoliyati natijasida hosil bo'lgan moddalar tarqalgan qismi. Biosfera chegaralari. Yer planetasida tirik organizmlar tarqalgan chegara biosfera chegarasi hisoblanadi. Yer yuzidan tahminan 20 km balandlikdagi azon qavati hisoblanadi. Ozon qavati quyoshdan kelayotgan yer yuzidagi tirik organizmlar uchun juda xavfli bo'lgan qisqa to'lqinli uzun ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Tirik organizmlar atmosferaning yer yuzasi-litosferaga yaqin qismida ko'p va xilma-xil bo'ladi. Gidrosferada tirik organizmlar barcha chuchuk va sho'r suvli havzalarda tarqalgan. Dunyo okeanining 10-11 km chuqurligida ham ayrim hayvonlar yashaydi. Lekin tirik organizmlar sayoz, yaxshi isiydigan suvlarda, dengizlar suvining yuza qismida, qirg'oqqa yaqin joylarda xilma-xil bo'ladi. Shunday qilib, hayot asosan gidrosferaning atmosfera va litosfera bilan tutashadigan qismida keng tarqalgan. Litosferada hayot izlari Yer yuzasidan 3,5-7,5 km chuqurlikkacha tarqalgan. Lekin tirik organizmlar yerning bir necha metrgacha bo'lgan yuza qismi tuproqda xilma-xil va ko'p bo'ladi. Litosferadagi hayot chegarasi yerning chuqur qatlamlaridagi yuqori harorat bilan belgilanadi. Biosferaning biokos moddasi gazsimon suyuq va qattiq jinslar - tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo'ladigan jinslardan iborat. Atmosfera - Yerning gazsimon qobig'i, tarkibi asosan azot (78,09), kislorod (20,45%), oz miqdorda argon (0,93%), karbonat angidrid (0,3%) va boshqa gazlar aralashmasidan iborat. Atmosfera litosfera va gidrosferada sodir bo'lib turadigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Yerda sodir bo'lib turadigan biologik jarayonlarda atmosfera kislorodi va karbonat angidridining ta'siri ayniqsa katta. Kislorod nafas olish va organik moddalarning parchalanib, qayta minerallashishi va yonish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.34 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.34 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga