Biosferaning og'ir metallar va ularning birikmalari bilan ifloslanish muammolari Reja 1-.Biosferaning umumii tavsifi 2. tuproq qoplami bilan aloqasi 3. Biosfera strukturasi va boshqa sferalar bilan chegarasi. Biosfera turli vaqtlarda olimlarning qarashlarida turlicha ta'riflangan. Haqiqatdan mavjudlik, tiriklik qatlamning bo'lishidir, ya'ni qaysi sfera qismlarida bor bo'lishidan qat'iy nazar tirik mavjudot yashash makonidir. Akademik V.I.Vernadskiy ta'limotiga ko'ra biosferaga troposferaning butkul hamma qismi, stratosferaning ostki qatlami, litosferaning cho'kindi tog' jinslari bilan qoplangan qismi kiradi. Biosferaning o'ziga xos asosiy tarkibiy qismi undagi turli organizmlardan tashkil topgan hayotning borligidir. Biosfera tirik va ulik tarkibiy qismlardan iborat, sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlarning yig'indisi biosferaning tirik moddasini tashkil etadi. Tirik organizmlar asosan yerning gazsimon (atmosfera), suyuq (gidrosfera), qattiq (litosfera) geologik kobiklarida joylashgan. Biosferaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 22 km., balandlikda, atmosferaning quyi qatlami troposferada joylashgan bo'lib, bu chegarada quyosh nurlari energiyasi kislorod ozonga aylanadi vaozon ekrani hosil bo'ladi. Ozon ekraniga ta'sir ko'rsatuvchi kosmik va ultrabinafsha nurlarning asosiy qismini yerga o'tkazmaydi. 11-rasm Biosfera strukturasi va boshqa sferalar bilan chegarasi Biosferani tashkil etuvchi qismlari orasida litosfera, tuproq qoplami va gidrosferaning o'rni katta hisoblanadi. Gidrosferani okeanlar, dengizlar, ko'llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. U yer sharining 70 % yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosferaning hamma qismida, hatto 11 km., gacha bo'lgan chuqurlikda ham uchraydi. Hayot yerning qattiq qobig'i litosferaning yuqori qatlamlaridagi 3-4 km. chuqurlikkacha tarqalgan. Biosferaning ulik tarkibiga atmosfera, gidrosfera va litosferaning moddalar va energiya almashuvi jarayonida qatnashuvchi qismlari kiradi. Yer maydoni (tuproq qoplami) biosferaning bir bo'lagi hisoblanib, biosferaning tashkil topishi va rivojlanishida tuproqning qanday aloqasi va o'rni qay darajada degan savol paydo bo'ladi. Aytish mumkinki, faqat tuproq tufayli yer kurrasining quruqlik qismida yuqori darajada rivojlangan tirik organizmlar bilan egallangan biosfera hosil bo'lgan. Agarda tog' jinslarining nuralgan mahsulotlari bilan tirik organizmlar o'zaro bir biriga ta'sir qilmasa quruklikda taraqqiy etgan tuproq qatlami hosil bo'lmas edi. Biosferada tirik mavjudotlar katori insonlar ham bevosita shu makonda yashaydi. Insoniyatning yil sayin ko'payishi, fan texnikaning rivojlanishi, ehtiyojlarning kengayishi natijasida biosfera va uning tarkibiy qismlarini turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi vujudga kelmoqda. Yer, ya'ni tuproq qoplami biosferaning bir qismini tashkil etadi va biosferaning xohlagan qismi kimyoviy ifloslansa, uning boshqa qismlari, jumladan tuproq qoplami ham ifloslanadi yoki aksincha tuproq qoplami ifloslansa, biosfera ham ifloslanadi. Asosiy holatlarda biosferaning ifloslanishi pastki qismlar yer va gidrosfera orqali vujudga keladi. Umumiy biosfera halqasida tuproqning bir qator o'ziga xos vazifalari bo'lib, tabiat tomonidan boshqarilib turiladi. Og'ir metallar bilan ifloslanishning o'ziga xos xususiy ta'rifi shundaki, ifloslanish lokal, regional va global masshtab shakllarida bo'ladi, ya'ni og'ir ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.4 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.4 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: doc