Biotik munosabatlar va biologik maromlar

Biotik munosabatlar va biologik maromlar

O'quvchilarga / Ekologiya
Biotik munosabatlar va biologik maromlar - rasmi

Material tavsifi

BIOTIK MUNOSABATLAR VA BIOLOGIK MAROMLAR REJA: Biotik omillar Biologik maromlar Yillik maromlar Biotsenozning turlar va tarkibi Biotik omillarning o'simliklarga ta'siri Hamma tirik organizmlarda sutkalik maromlar mavjud. Biologik maromlar hayotning hamma tuzulishi  oddiy hujayradagi bioximik reaksiyalardan tortib, eng murakkab tuzulishga ega bo'lgan organizmlarda bo'lib o'tadi. Har bir hujayra, har bir organizm o'zining ish maromi (ritmi) ga ega. Taxminan 24 soat vaqtdagi (sirkat ritim) sutkalik ritimlar asosida ish maromlari bir - birlari bilan bog'langan. Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkat) maromlar juda keng diapazonda kuzatiladi. Sutkalik maromlar nafas olish va tana harorati o'zgarishida, yurak faoliyati va qon aylanishida, ichak - oshqozon va ortiqcha moddalarning tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi. Biotik omillar, muhitning biotik omillari - bir yoki har xil turga mansub o'simlik, hayvon va mikroorganizmlar hayot faoliyatining organizmlarga ta'siri majmui. Ayniqsa biotsenoz organizmlari orasidagi munosabatlar juda yaqindan bo'ladi. B. o. har xil turdagi tirik organizmlarning o'zaro ta'siridan iboratligi bilan muhitning abiotik omimarchdan farq qiladi. Organizmlarning o'zaro munosabatlari juda ham xilmaxil. Tirik mavjudotlar boshqa organizmlar uchun oziq manbai bo'lishi (o't o'simliklar o'txo'r hayvonlar uchun oziq hisoblanadi, o'txo'r hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar yeydi), ularning ko'payishiga imkon yaratishi (o'simliklarni changlovchi hasharotlar faoliyati), yashash muhiti bo'lib xizmat qilishi mumkin (mas, g'o'zaning xavfli kasalligi-viltni hosil qiluvchi patogen zamburug'' uchun g'o'za xo'jayin o'simlikdir). Raqobat, simbioz (birgalikda yashash) va b. ham organizmlar orasidagi munosabatlarga kiradi. Ehtiyojlari bir-biriga o'xshash organizmlar orasida, mas, agar o'simliklarning yorug'lik, namlik va muhitning b. sharoitlariga nisbatan talabi bir xil bo'lsa, raqobat paydo bo'ladi. Simbioz hayvonlar, o'simlik, mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan. Mac, dukkakli o'simliklar (beda va b.) azot hosil qiluvchi bakteriyalar bilan birgalikda yashaydi, bu bakteriyalar o'simliklar hayoti uchun zarur bo'lgan uglevodlar va b. organik moddalarni o'simliklar ildizidan oladi. B. o. har doim muhitning abiotik omillari ta'siriga uchraydi va o'z navbatida unga faol ta'sir etib, uni o'zgartirib boradi. Biotik omillar - tirik organizmlarning bir-biriga o'zaro ta'siri majmuidir. Ular turli shaklda ta'sirlashishi mumkin. (masalan, o'simliklarning xasharotlar bilan changlanishi, bir turdagi organizmlarni boshqalarining yeyishi, resurslarning u yoki bu turi oziq, fazo, yorug'lik va boshqalar uchun organizmlar o'rtasidagi raqobat, parazitizm va boshqalar). Biotik o'zaro munosabatlar juda murakkab va o'ziga xos xarakterga ega. Shuningdek, ular bevosita va bilvosita bo'lishi mumkin. Biotik omillar Organizmlarning biotik o'zaro munosabatlari yoki biotik omillar deyilganda o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizm-larning bir-birlariga o'zaro ta'siri tushuniladi. Tabiatda yech qanday tirik jonzot o'z qobig'iga o'ralib, ayri 'olda yashay olmaydi. Uni tabiatning ko'plab tirik vakillari o'rab olgan bo'ladi. Ularning barchasi bir-biri bilan o'zaro ta'sirlashadi. Organizmlarning o'zaro ta'sirlashishi, shuningdek, ularning hayot sharoitlariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 10.64 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 10.64 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga