Biotsenoz haqida tushuncha Biotsenoz -bu lotin tilidan olingan so'z bo'lib, bios - hayot, tsenoz -umumiy, deb tarjima qilinadi. Biotsenoz terminini nemis biologi Myobius K. tomonidan 1877-yilda berilgan. Bu o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashini ifodalab, bunday yashash malum yer yoki suv havzasida uchrashi mumkin. Biotsenozdagi organizmlar o'zaro va abiotik muhitga bog'liqdir. Moddalarning aylanma harakatida qatnashishiga qarab, biotsenozga kiruvchi organizmlar 3 guruhga bo'linadi: I. Produtsentlar (hosil qiluvchilar), avtotrof organizmlar bo'lib, anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Bu yashil o'simliklardir. II. Konsumentlar (qabul qiluvchilar), geterotrof organizmlar bo'lib, avtotrof organizmlar hisobiga yashaydi. Ular uchga bo'linadi: 1-darajali konsumentlar- o'simlikxo'r hayvonlar, parazit bakteriyalar va zamburug''lar; 2-darajali konsumenlar-o'simlikxo'r hayvonlarni istemol qiladigan yirtqichlar; 3 - darajali konsumentlar - superparazitlar. II. Redutsentlar . Bular tuproqdagi mikroorganizmlar bo'lib, o'simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib, uni parchalovchi organizmlardir. Birgalikda o'suvchi va bir -biri bilan bog'liq bo'lgan organizmlar guruhi biotsenoz deyiladi. Biotsenozni tashkil qiluvchi o'simlik, hayvon va mikroorganizmlar jamoasining birga yashashga moslashuvi ularning abiotik faktorlarga bo'lgan o'xshash ehtiyojlarida ifodalanadi. Biotsenoz atamasi hozirgi zamon ekologik adabiyotlarda, malum territoriya uchastkalarni belgilash maqsadida ham ishlatiladi. Masalan, bug'doy dalasi biotsenozi, o'tloq biotsenozi, o'rmon biotsenozi, va hoka'zolar. Bunda, birga yashashga moslashgan o'simlik, hayvon va mikroorganizmlar kompleksi hisobga olinadi. , Biotsenoz egallab turgan muhit biotop deb ataladi, biotop - biotsenozning yashash muhitidir (bu lotincha so'z bo'lib, bios -hayot, topos - yashash joyi demakdir). Yer yuzidagi biotsenozlar ko'p yarusli bo'lib, ular har xil balandliklarda, vertikal joylashgan qatlamlarga ega. Masalan, o'rmonlarda daraxtning ildizi va tanasining joylashishiga qarab bir necha yaruslar ajratish mumkin: 1. Daraxtlar. 2. Butasimon o'simliklar va yosh daraxtlar. 3. O'tsimon o'simliklar va butachalar. 4. Moxlar. Hayvonlar ham o'rmonda har xil yaruslarni egallab, yani har xil balandliklarda yashaydi. Ko'p qushlar o'z uyalarini yerda quradi. Olaqush, zag'izg'on va boshqalar esa daraxtlar tanasiga (qizilishton va boshqalar), uchinchi xillari esa daraxtlarning ustiga quradi(12-rasm.) Har bir yarusdagi o'simlik, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o'rtasida kuchli bog'lanish kuzatiladi. Jamoalar strukturasida turlarning roli bir xil emas. Bir xil turlar asosiy rol o'ynaydi, son jihatidan ustun va ular dominant deyiladi. Biotsenozdagi muhit sharoitini belgilovchi turlar edifikatorlar deb yuritiladi va ular dominantlarga kiradi. Biotsenozdagi tirik organizmlar egalab turgan makon ekologik nisha deyiladi. Har bir tur o'zining ekologik nishasiga ega, u shu yerda yashaydi va o'sha joydan o'z ovqatini topib eydi. 5.1 Biotsenozda organizmlaring munosabatlari Biotsenozdagi organizmlar bir-birlari bilan bog'liq bo'ladi. Bu bog'lanishlar jamoadagi yashash sharoitini va ularning ovqatlanish yo'llarini belgilaydi. Beklemishev V.N. klassifikatsiyasiga ko'ra o'zaro bevosita va bilvosita bog'langan organizmlar orasidagi munosabatlar to'rt tipga bo'linadi: 1. Trofik ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: doc