Biotsenozlarning ekologiyasi ekosistemalarning xarakteristikasi, ekosistemalarning tuzilishi

Biotsenozlarning ekologiyasi ekosistemalarning xarakteristikasi, ekosistemalarning tuzilishi

O'quvchilarga / Ekologiya
Biotsenozlarning ekologiyasi ekosistemalarning xarakteristikasi, ekosistemalarning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Biotsenozlar tushunchasi, ta'rifi va asosiy belgilari 2. Biotsenoz chegarasini aniqlovchi uslublar 3. Ekosistemalarning tuzilishi 4. Ekosistemalarda biogeoximik sikllar va xillari 5. Tabiatda moddalarning aylanishi Yer yuzining quruqlik va suv sharoitida turli mikroorganizmlar, o'simlik va hayvonlar turlaridan tashkil topgan birlik (uyushma) lar uchraydi va harakat qiladi. Tabiiy biologik birliklarga kirgan organizmlar bir - birlari va muhit omillari bilan doim, tinimsiz aloqada va munosabatda bo'ladi. Tabiiy biologik birliklar - tirik tabiatning bir bo'lagining ma'lum joyida tirik organizmlarning har xil turlari hosil qilgan bir butun birlikdir. Birlik (yoki jamoa) ichodagi ayrim organizmlar hayoti yakka - yakka emas, balki birlikda qaraladi. Biologik birliklar xususiyatlariga turlarning xilma - xilligi, ular ichidagi raqobat, tuzulish, ozuqa halqalari, mahsuldorlik, turlarning mintaqalar, mintaqalar bo'yicha tarqalishi kabi xislatlar kiradi. Shu keltirilgan xislatlarning har biri ma'lum joyda organizmga sizilarli va chegaralovchi omil sifatida nomoyon bo'ladi. Biotsenozlar tushunchasi, ta'rifi va asosiy belgilari. Tabiatda har xil turlar populyatsiyalari birlashib, yuqori tuzulish va xususiyatlarga ega bo'lgan biologik birliklar yoki biotsenozlar hosil qiladi. Biotsenozlar - bu o'simlik, hayvon va mikroorganizmlar populyatsiyalari guruhlaridan iborat bo'lib, ma'lum joyda birgalikda yashashga moslashgan biologic birliklardir. «Biotsenoz» atamasini 1872 -yili nemis zoolok olimi Myobius fanga kiritgan. Myobius biotsenozni quyidagicha ta'riflaydi, ya'ni: 1.Biotsenozga ma'lum joyda uchraydigan mikro va mikroskopik formalar, o'simlik va hayvonlarning hamma massasi kiradi; 2.Biotsenozni hosil qiluvchi turlar bir - birlari bilan bog'langan va bir -birlariga qaramdir; 3.Biotsenoz tashqi muhit omillari ta'siri ostida bo'ladi; 4.Biotsenoz vaqt bo'yicha doim turg'un va bir holatda bo'ladigan guruhlardan iborat bo'ladi; 5.Biotsenozni hosil qiluvchi vakillar o'z joylarida, biotsenoz ichida ko'payish xususiyatlariga egadir. Demak, biotsenoz - bu tirik organizmlar guruhlari bo'lib, ular ma'lum turlar tarkibiga va ular bir-birlariga bog'liq, aniq makonni egallaydi. Biotsenoz quruqlikda bir xil yashash joyi, muhiti, hududini egallasa, suv muhitidagi biotsenozlar suv havzalarining qismlari bo'yicha bo'linadi, har qanday biotsenoz va biotop (biologic organizmlar yashaydigan joy) bilan dialektik birlik, yuqoro darajada tuzulgan biogeotsenozni hosil qiladi. Biotsenoz o'z navbatida quyidagi komponentlariga bo'linadi: fitotsenoz-o'simliklar, zootsenoz-hayvonlar, mikrotsenoz-mikroorganizmlar guruhlari. Biotsenoz chegarasini aniqlovchi uslublar. Tabiiy sharoitda biotsenozni chegaralashda bir xil fizik-kimyoviy iqlim sharoiti va biotik munosabatlardagi joy tanlab ilinadi. Ajratilgan joyda uchraydigan hamma hayvonlar turlarini yig'ish mumkin bo'lmaganligi uchun hayvonlar katta-kichikligi, sistematik o'rniga qarab, asosiy guruhlarning vakillaridan namunalar to'planadi. Biotsenoz ichidagi munosabatlar. Biotsenoz ichida uchraydigan u yoki bu tur o'rtasidagi ko'p biotik munosabatlar-ozuqa va yangi yashash joyni egallash ularning biotsenoz ichidagi hayotiy o'rnini aniqlaydi. 1. Trofik aloalar, munosabatlar biotsenozdagi bir turning ikkinchi tur bilan, uning tirik vakillari yoki o'lik qoldiqlari, mahsulotlari bilan oziqlanish jarayonidan kelib chiqadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.03 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.03 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga