Bioxavfsizlik va ekoxavfsizlik Reja: Tabiatni muhofaza qilish Bioxavfsizlik Sivilizasiyaning inson va tabiat o'zaro aloqalari natijasida yuzaga kelayotgan dunyoviy muammolarini bartaraf etish hozirgi kunda dunyo hamjamiyati oldida turgan asosiy masaladir. Chunki, sodir bo'layotgan ekologik muammolar jumladan, ozon qatlamining yemirilishi, dunyo iqlimining ko'tarilishi, cho'llashish va boshqalar kelajakda «insoniyatning yashab qolishi» ga xavf mavjudligini ko'rsatmoqda. Dunyo hamjamiyati oldidagi bu muammoni yechimini topish inson va tabiat tizimidagi muammolarga yangicha yondoshishni, ekologik xavfsizlikni ta'minlashni talab qiladi. BMTning atrof muhit va taraqqiyot bo'yicha 1992 yil Rio De Janeyroda qabul qilgan taraqqiyotning yangi strategiyasi - barqaror rivojlanish konsepsiyasini insoniyatning global muammolarni yechishdagi yangicha yo'nalish sifatida qarash mumkin. Mantiqiy jihatdan qaraganda barqaror rivojlanish tushunchasi o'z tarkibida ikkita asosiy tushunchani: antroposentrik va biosferosentrik tushunchalarni birlashtiradi. Antroposentrik yo'nalishda insoniyatning yashab qolish ehtimoli va uning doimiy rivojlanishni saqlab qolish qobiliyati tushunilsa, biosferasentrik yo'nalishda biosferani Yer sharidagi tabiiy hayotning asosi va uning tabiiy rivojlanishi tushuniladi. Bu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi ko'plab ilmiy nazariyalarda atrof muhit holatini biologik jihatdan boshqarish ya'ni biosferosentrik yondashuvlarning muhimligi isbot qilinadi. Bunda tabiiy muhitni saqlab qolish, kosmik energiya resurslaridan foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash kabi g'oyalar ilgari suriladi. Ekologik xavfsizlik bu organizmlar va ularning yashash muhitini tabiiy va antropogen omillar ta'siri tufayli turli miqiyosda va tezlikda yuzaga keluvchi salbiy holatlar hamda ularning davomiyligidan saqlanganlik darajasidir. Ekologik xavfsizlik g'oyasi o'z ichiga barqaror rivojlanishning barcha mexanizmlarini shu jumladan, abiotik tabiat va uning asosida barqaror rivojlanishga o'tishni oladi. Bu jarayon biosferaga bo'ladigan barcha antropogen ta'sirlarni kamaytirish orqali amalga oshiriladi. V.I. Vernadskiyning noosfera haqidagi ta'limotida ham aynan shunday g'oya ilgari suriladi. Insoniyat yaqin kelajakda ekosistema markazida turadi va o'z xavfsizligi jihatidan biosferaning ifloslanishiga yo'l qo'ymaydi hamda biosfera qonuniyatlariga bo'ysunadi. Demak ekologik xavfsizlikni asosida ekogumanistik g'oya yotadi. Shundan kelib chiqqan holda ekologik xavfsizlikni ta'minlash barqaror rivojlanishning asosiy omilidir. Ayrim hollarda quyidagicha savol tug'iladi: Ekologik xavfsizlikning tabiatni muhofaza qilishdan farqi nimada? Barqaror rivojlanishni ta'minlashda bu ikkala tushunchaning qaysi biri muhimroq? T.Tillyayev (2005) «oxir oqibatda insoniyatning tabiatga bo'lgan munosabati «tabiatni muhofaza qilish» tushunchasini ekologik xavfsizlik tushunchasi bilan almashinishiga sabab bo'ldi» deb yozgan edi. Bu ikkita tushuncha mohiyatan biosferadagi muvozanatni tartibga solish uchun xizmat qilsada, bizning fikrimizcha bu ikkita tushuncha bir-biridan farq qiladi. Tabiatni muhofaza qilishda go'yoki inson tabiat ustidan hukumron bo'lib, tabiatdagi muammolarni bartaraf qilishga qodir, o'zi esa tabiatning unsuri emas. Bu o'rinda birinchi darajali bo'lib tabiatni muhofaza qilish qaraladi. Yuqoridagi fikrni ko'llab quvvatlagan holda mashhur okeanshunos olim Jak If Kusto «ilgari tabiat insonni qo'rqitar edi, endi inson tabiatni qo'rqitmoqda» degan iborani ishlatadi. Aslida insonni tabiatni ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.5 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.5 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: docx