Boshqa noan'anaviy energiya manbalari

Boshqa noan'anaviy energiya manbalari

O'quvchilarga / Ekologiya
Boshqa noan'anaviy energiya manbalari - rasmi

Material tavsifi

Boshqa noan'anaviy energiya manbalari Reja: Shamol energiyasi. Shamol energiyasidan foydalanish Geotermal suvlar energiyasidan foydalanishning istiqbollari Ekzotermik jarayonlardagi issiqlik energiyalaridan foydalanish Suv energiyasidan foydalanish Dunyo qo'shimcha energiyalar qidirishda davom etmoqda Shamol energiyasi. Shamol energiyasidan foydalanish Biz Shamollar dunyosi va okean havosi ostida hayot kechiramiz. Insonlar Shamolning foydasi hamda, uning ko'pgina qulay imkoniyatlari mavjudligini anglab yetganlar, lekin, uzoq vaqtlar uni tushuntirib bera olmaganlar. Shamolga bo'lgan asosiy qarashlar qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi 3-asrda Shamolning turli xil ob-havolarni so'rib olib kelishi ma'lum bo'lgan. Greklar Shamolning yo'nalishlarini aniqlaganlar. Eramizdan avvalgi 100-yillarda qadimgi Afinada «Shamol gullari» nomli minoralarni qurganlar. «Shamol gullari» degan atama sifatida lopatkalari mavjud gulsimon ventilyator tushuniladi. Bu qurilma Shamol yo'nalishi va uning tezligini aniqlashda foydalanilgan. Bu qurilma Yaponiya va Xitoyda ham mavjud bo'lib, faqat «Shamol gullari» ajdarho ko'rinishida tayyorlangan. Bu qurilmadan Shamol yo'nalishini aniqlashda foydalanilgan. Lekin, ular bu qurilmadan ko'proq yovuz ruhlar va daydi Shamollarni qo'rqitish uchun foydalanishgan. Shamol klassifikatsiyasini ballar bilan baholangan « Bofort » shkalasidan bilib olish mumkin. « Bofort » shkalasida shamolning yo'nalishi va tezligi aniq ballar bilan baholangan. « Bofort » shkalasida shamolning bir holdan ikkinchi holga o'tishdagi holatlari. jadvalda ko'rsatilgan. jadval Bu shamol kuchlaridan foydalanishni insonlar allaqachon o'ylab qo'yishgan. To'fon va shu singari kuchli shamollardan foydali energiya manbai sifatida unumli foydalanish mumkin. Shamolning yerdagi o'rtacha quvvati 4,4 trillion kVt dan yuqori baholanadi. Bu degani elektr energiyasidan 500 barobar foydali demakdir. Xulosa qilib aytganda, shamol energiyasi ham cheksiz imkoniyatlar va cheksiz energiya manbai sifatida xalq xo'jaligida va jamiyatimiz tarmoqlarida keng foydalanish mumkin. Shamol-insonlar tomonidan o'zlashtirilgan eng birinchi eng energiya manbalaridan biri hisoblanadi. Shamolsiz energiya manbalari daryolarning gidroenergiyasidan 100 barobar ko'p, lekin, bugungi kunda dunyo bo'yicha 107 MVtsoat energiya ishlab chiqiladi. Bu ko'rsatkich dunyo energobalansini 0,001 foizni tashkil qiladi. Butun dunyo shamol energiyasidan foydalanish bo'yicha turli dasturlar ishlab chiqilgan. Shamol uskunasini o'rnatishdan oldin, shamol tezligi aniqlanadi. Shamol tezligi 5 km soatda yuqori bo'lishi lozim va u qanotli va cho'michli bo'lishi mumkin. Shamol uskunasi qanotlari o'rnatilishiga ko'ra, u ko'ndalang va tik turlarga bo'linadi. Shamol uskunasining asosiy unsurlariga quyidagilar kiradi: Qanotlar, ularning uzunligi shamolning ta'sir doirasidan kelib chiqiladi. Ustun balandligi tik yo'nalishdagi shamol harakati tezligidan kelib chiqiladi. Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi turli jihoz va qurilmalar. Zamonaviy aerodinamik vintlar bilan jihozlangan. Shamol agregatlarida shamol harakat tezligi 6-8 kmsoat shamol ta'siri doirasi 2,6 106 bo'lganda 150 MVt energiya olish mumkin. Geotermal suvlar energiyasidan foydalanishning istiqbollari Geotermal suvlar yer ostining unchalik chuqur bo'lmagan 2-5 km dagi vulqonlar otilishi va boshqa geotermik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.01 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.01 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga