Bozor iqtisodiyoti va tabiatdan foydalanish Reja: 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiatdan foydalanishdagi yangi munosabatlar. 2. Tabiatdan foydalanishning asosiy turlari. 3. Tabiatdan foydalanishning hududiy tuzilishi. 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiatdan foydalanishdagi yangi munosabatlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiatdan foydalanish rejali rivojlanishga asoslangan sotsializm jamiyatidagiga nisbatan tubdan farq qiladi. Sotsializmda tabiiy resurslardan foydalanish ko'prok ekstensiv usulga asoslangan, isrofgarchilikka yul kuyish, istiqbolni uylamasdan mavjud boyliklardan keragidan ortik ishlatish, ularning kashshoklanishi va sifati buzilishi bilan yaqindan shugullanmaslik tarki odat bo'lgan. Binobarin, tabiatning buzilishi makonda har kadamda sezilib to'rgan. Ishlab chiqarishning xususiylashtirilishi, yerga bo'lgan munosabatning o'zgartirilishi, tabiat to'g'risida Oliy Majlisning bir necha krnunlari kabo'l qilinishi, korxonalarning davlat tasarrufidan chiqarilishi va boshqa islohatlar bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy resurslardan foydalanish va umuman, tabiatga bolik munosabatni tubdan o'zgartirishga asos soldi. Endilikda tabiiy resurslardan omilkorlik bilan foydalanish va ekologik omilni etiborga olish birinchi darajali ahamiyatga ega bo'ldi. Bu avvalo atrof-muhitni muhofaza qilish, ishlab chiqarishni ekologik jihatdan toza holda rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiyotga yo'naltirilgan ekologik siyosatning amalga oshira boshlanishidir. Birok, bu jarayon etarli darajada murakkab, serkirra va muammoliligi bilan ajralib turadi. Shu jihatdan qaraganda tabiatdan foydalanishning ekologik va iqtisodiy asoslarini bilish barqaror iqtisodiy rivojlanishga utishda muhim hisoblanadi. Inson tabiatdan foydalanish jarayonida unga ikki turdagi tarmoqlar yordamida ta'sir ko'rsatadi: 1) tabiatdan bevosita foydalanish; 2) tabiatdan bilvosita foydalanish. Birinchi turdagi tabiatdan foydalanish tarmoqlari tabiiy muhitdan to'g'ridan-to'g'ri kerakli boyliklarni oladi va foydalanadi. Shuning uchun ham bu tarmoqlar tabiatni muhofaza qilish borasida birinchi urinda javobgar hisoblanadilar, shunga yarasha tabiatni saqlash va qayta tiklash, resurslar sifatining doimo yuqori bo'lishi, atrof-muhitni ifloslanishdan saqlashda masuldirlar. Ikkinchi turdagi tabiatdan foydalanish tarmoqlari birinchi turdagi tarmoqlar foydalangan boyliklar koldiklarini qayta ishlash bilan shugullanadilar. Bu jihatdan ular tabiatdan to'g'ridan-to'g'ri resurslarni olmaydilar va atrof-muhitga bevosita ta'sir ko'rsatmaydilar. Lekin bevosita ta'sir, odatda, ikqilamchi resurslarni qayta ishlash jarayonida yuzaga keladi. 2. Tabiatdan foydalanishning asosiy turlari. Tabiatdan foydalanish muammolari bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislarning tadqiqotlariga ko'ra, bu jarayonning bir necha turlari mavjud. Bevosita foydalanish. 1.Boylikni kazib olish tabiatdan omborxona sifatida, tayyor mehnat predmetlarini, yani qayta tiklanmaydigan, tugallanadigan resurslar manbai sifatida foydalanish. Bu faoliyat yo'ligi bilan tog-kon kazib olish sanoatiga to'g'ri keladi. Bu borada yuz beradigan tabiatni muhofaza qilish, resurlardan oqilona foydalanish, atrof-muhit bilan bog'liq. barcha muammolar ayni ushbu sanoat faoliyati bilan borliqdir. Tabiiy resurslardan foydalanish: tabiatdan mahsulotlar ishlab chiqarish manbai sifatida foydalanish. Bunda qayta tiklanadigan, tugallanmaydigan resurslarga asoslaniladi. Bu tarmoqlar qishloq, urmon, suv va boshqa xo'jaliklardan iboratdir. Shuningdek, bunga gidro, shamol, gelio, oy, issiqlik energetika manbalarini ham tarmoq sifatida kiritish mumkin. Ular tabiiy kuchlar va jarayonlardan energiya ishlab ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.72 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.72 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: doc