Buxoro viloyati suv havzalari baliqlari gelmintlarining ekologik - faunistik tavsifi

Buxoro viloyati suv havzalari baliqlari gelmintlarining ekologik - faunistik tavsifi

O'quvchilarga / Ekologiya
Buxoro viloyati suv havzalari baliqlari gelmintlarining ekologik - faunistik tavsifi - rasmi

Material tavsifi

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI PhD.0330.12.2019. B.91.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ZOOLOGIYA INSTITUTI SOATOV BAXROM BAXTIYOROVICH BUXORO VILOYATI SUV HAVZALARI BALIQLARI GELMINTLARINING EKOLOGIK - FAUNISTIK TAVSIFI 03.00.06 - Zoologiya BIOLOGIYA FANLARI BO'YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYA AVTOREFERATI Guliston - 2023 UO'K: 576.89.595. 1. Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati mundarijasi Оглавление автореферата диссертации доктора философии (PhD) Contents of dissertation abstract of doctor of philosophy (PhD) Soatov Baxrom Baxtiyorovich Buxoro viloyati suv havzalari baliqlari gelmintlarining ekologik- faunistik tavsifi KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyo miqyosida bugungi kunda aholi sonining tez sur'atlarda oshib borishi natijasida inson ratsionida muhim oqsilga boy go'sht va baliq mahsulotlariga bo'lgan talab ham yil sayin ortib bormoqda. Shu sababli, suv havzalaridan foydalanishga ta'sir ko'rsatuvchi antropogen omillar natijasida ekologik jarayonlarda sifat va miqdoriy murakkab iqtisodiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Ushbu jarayondan kelib chiqib, suv havzalari ixtiofaunasini tizimlashtirish, baliq mahsuldorligini oshirish, baliqlar gelmintozlarni ekologik - faunistik tahlil qilish, baliq resurslarini saqlab qolish hamda kasalliklarini oldini olish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Jahonda tabiiy va sun'iy suv havzalari baliqlari gelmintlar tur tarkibi, tarqalishi, taksonomiyasi, filogenetikasi, asosiy va oraliq xo'jayinlarini aniqlash va baliq gelmintozlariga qarshi kurash chora- tadbirlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu jumladan, gelmint turlarini aniqlash va ularning filogenetik aloqalarini o'rganishda klassik morfologik usullari orqali o'rganish bilan bir qatorda, molekulyar - genetik usullar, ya'ni, nukleotidlar ketma-ketligi tahlillari orqali o'rganishni taqozo etmoqda. Buning natijasida turlarning taksonomik o'rnini aniqlash, boshqa turlar bilan qiyosiy baholash, ularning evolyutsion kelib chiqishi va tarqalishini o'rganishga alohida e'tibor berilmoqda. Respublikamiz suv havzalaridagi baliqlarga jiddiy zarar yetkazadigan gelmintlarning taksonomik tahlil qilish, patogen turlarni aniqlash, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Bu borada, Buxoro viloyati hududida joylashgan suv havzalarida ham turli xil ekologik sharoitga ega tabiiy va sun'iy suv havzalari mavjud bo'lib, baliqchilikka ixtisoslashgan yuzga yaqin yangi fermer xo'jaliklari tashkil etilgan. Aholi ehtiyojlari va bozor talablaridan kelib chiqib, baliq yetishtirish yildan - yilga o'sib bormoqda. Xususan, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini ko'paytirish bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, baliqlarda uchraydigan gelmintoz kasalliklarini aniqlash, suv havzalarida gelmintozlar bilan bog'liq epizootik vaziyatlarni baholash, gelmintozlarning oldini olish va unga qarshi kurashish choralarini takomillashtirish asosida, tabiiy va sun'iy suv havzalarida baliq yetishtirish hajmini oshirishga qaratilgan ilmiy - tadqiqotlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi PQ-2939-son Baliqchilikni boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.24 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.24 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga