Changlarni xo'llash usuli bilan tozalash

Changlarni xo'llash usuli bilan tozalash

O'quvchilarga / Ekologiya
Changlarni xo'llash usuli bilan tozalash - rasmi

Material tavsifi

Changlarni xo'llash usuli bilan tozalash Reja: 1. Xo'l usulda chang ushlovchi qurilmalar klassifikatsiyasi 2. Laminar va turbulent oqim rejimida chang zarrachalarini suyuqlik tomchisiga cho'qishi 3. Ichi bo'sh, nasadkali va markazdan qochma skrubberlar konstruktsiyasi va hisobi Gazlarni yuvish yo'li bilan changdan tozalash usulidan foydalanilganda changli oqim tomchi yoki plyonka holatdagi suyuqlik bilan kontaktda bo'ladi. Gidrofill xossali chang suyuqlik yuzasiga yopishib, u bilan birga qurilmadan tashqariga chiqariladi. Chang yuvishning kamchiligi - ifloslangan oqindi suyuqliklarning hosil bo'lishidir. Bunday okindi suvlar tozalashni talab qiladi. Gaz yuvish yordamida juda kichik zarrachalar (0,1 mkm gacha) ni tutib qolish imkoniyati mavjud va juda yuqori (99%gacha) tozalash darajasiga erishish mumkin. Gaz yuvuvchi qurilmalarni chang tutishidan tashqari bir vaqtning O'zida quyidagi vazifalarni xal qilish maqsadida ishlatish mumkin: gazlarni sovutish yoki namlash; chang bilan birgalikda tomchi va tumanlarni tutib qolish; gaz qO'shimchalarini absorblash. Gazyuvuvchi qurilmalar kamchiliklardan holi emas: a) qurilma va trubaprovodlarni yuzalariga chang zarrachalarining yopishib qolishi; b) suyuqlik (odatda suv) ning sarfi ancha katta; v) gazlarni, ayniqsa agressiv gazlarni, tozalash uchun qurilma va trubaprovodlarni korraziyadan himoya qilish talab qilinadi; g) past temperaturada (OoS dan kam) ishlatish mumkin emas, chunki suv muzlab koladi; d) katta tezlik bilan ishlaydigan qurilmalar uchun qO'shimcha tomchi ushlagichni O'rnatish talab qilinadi. Gazyuvuvchi qurilmalar quyidagicha sinflarga bo'linadi: 1) fazalar kontakt yuzasining turiga kO'ra; suyuqlikni sochib beruvchi, qO'zg'almas va qO'zg'aluvchan nasadkali, tarelkali (barbotajli va kO'prikli) plyonkali (suv plyonkali siklonlar va uyurmali chang ushlagichlar); 2) ish prinsipiga kO'ra: gravitatsion, markazdan qochma, zarba-inertsion, oqimchali va mexanik gazyuvuvchi qurilmalar; 3) energiya sarfiga kO'ra uch guruhga bO'linadi: past bosimli chang ushlagichlar - gidravlik qarshiligi 1500 Pa gacha (suyuqlikni sochib beruvchi, tarelkali, markazdan qochma va xokazo), O'rta bosimli chang ushlagichlar - qarshiligi 1500 dan 300 Pa gacha (nasadkali, mexanik, zarba-inertsion va xokazo), yuqori bosimli qurilmalar (Venturi trubasi, dezintegratorlar va xokazo). Gazyuvuvchi qurilmalarda mexanik (markazdan qochma, ulptratovushli), pnevmatik (suyuqlikni sochilishi gaz yordamida amalga oshiriladi) va elektr forsunkalar ishlatiladi (forsunka - suyuqliklanni purkab beruvchi asbob). Mexanik forsunkalar eng kO'p tarkalgan bO'lib, tuzilishi sodda, narxi arzon, ishlatish qulay. 1 tonna suyuqlikni O'lchami 0,001 dan 3,5 mm gacha bO'lgan tomchilar holatida sochish uchun 2-20 kVt energiya sarf bo'ladi. Muallaq zarrachalarning suyuqlik tomchisi yordamida ushlab qolishi chO'ktirishning deyarli barcha usullari hisobiga amalga oshiriladi. Bunday tomchilar qattiq sharlar hisobida quriladi. Tekshirishlardan shu narsa aniqlandiki, tomchilar formasi va ularning bO'shliqda mumkin bO'lgan tebranishini chO'ktirish samaradorligiga taosirini hisobga olmasa ham bO'ladi. ChO'ktirishning turli usullari bo'yicha taqqoslash, ularni chang ushlash samaradorligiga taosirini bir xilda bO'lmasligini kO'rsatdi. Bunday qurilmalar (skrubberlar) ichi bO'sh ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.2 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.2 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga