Changlarning asosiy xossalari va ularni tozalash effekti Reja: 1. Changlarning asosiy fizik- ximiyaviy xossalari 2. Chang ushlovchi qurilmalar klassifikatsiyasi Tayanch iboralar: Energiya, garmonal, jarayon, reaktor, kinetik, termodinamic, radioaktiv. Chang zarrachalarining zichligi 3 xil: haqiqiy, hajmiy va tuyuluvchi bO'ladi. Hajmiy zichlik (haqiqiy zichlikdan farqli O'laroq) chang zarrachalari orasidagi havo qatlamini ham hisobga oladi. Kuzatilganda hajmiy zichlik 1,2-1,5 barobar ortadi. Tuyuluvchi zichlik O'zida zarrachalar og'irligini ular egallagan hajmga (oraliqlar, bO'shliqlar va notekisliklarni hisobga olgan holda) nisbatini ifodalaydi. Zarrachalar o'lchami uning asosiy parametri bo'lib xizmat qiladi. Chang ushlovchi qurilmani tanlash ushlab qoluvchi changning dispers tarkibiga qarab amalga oshiriladi. Zarrachalarning eng katta va eng kichik o'lchamlari ushbu changning dispers diapazonini xarakterlaydi. Changning dispers tarkibi bo'yicha xarakteristikasini tuzish uchun to'lik chang zarrachalarini ma'lum bir o'lchamlar bo'yicha chegaralab, ularni og'irlik bo'yicha qanday ulush tashkil etishini foizlarda ifoda etish kerak bo'ladi. Zarrachalarning adgezion xossalari ularning yopishqoqligini ifodalaydi. Zarrachalarni yuqori yopishqoqligi chang ushlovchi qurilmalarni qisman yoki tO'liq tikilib qolishiga olib kelishi mumkin. Chang zarrachalarining o'lchami kancha kichik bo'lsa, ular qurilma yuzasiga oson yopishadi. Yopishqoqligi bo'yicha changlar 4 guruhga bulinadi: Zarrachalar abrazivligi gaz tezliklari va chang kontsentratsiyasi bir xil bO'lganda metallning eyilishi intensivligini xarakterlaydi. Bu kO'rsatkich zarrachalarning qattiqligi, formasi, O'lchami va zichligiga bog'liq bO'ladi. Abrazivlik qurilmani hisoblashda (gaz tezligini, qurilma devori va koplash materiallari kalinligini tanlashda) e'tiborga olinadi. Zarrachalarni namlanish xossasi xo'l usulda chang ushlovchi qurilmalar samaradorligiga ta'sir kO'rsatadi. Tekis zarrachalar notekis yuzali zarrachalarga qaraganda yaxshi namlanadi, chunki notekis yuzali zarrachalar namlanishni qiyinlantiruvchi, gaz pardasi bilan kO'proq darajada O'ralgan bO'ladi. Namlanish xarakteri bo'yicha barcha qattiq jismlar uch asosiy guruhga bulinadi: Gidrofill materillar -- yaxshi namlanuvchi: kalptsiy, kvarts, slikatlar va oksidlangan minerallar; Gidrofob materiallar -- yomon namlanuvchi: grafit, kumir, oltingugurt; Absolyut gidrofob materiallar: parafin, teflon, bitumlar. Bu ko'rsatkich chang qatlamini solishtirma elektr qarshiligi psl bilan baholanadi. Solishtirma elektr qarshiligi alohida zarrachalarning xossalariga (yuzasi va ichki elektr O'tkazuvchanligi, zarrachalar formasi va O'lchamlariga), shuningdek qatlam strukturasi va gaz oqimi parametrlariga bog'liq bO'ladi. Ular elektrofilptrlar ishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Changlar solishtirma elektr qarshiligiga qarab uch guruhga bulinadi: Past Om. li changlar psl 104 Om.sm. Bunday chang zarrachalarini elektrodda chO'ktirishda ular tezda zaryadsizlanadi, bu O'z navbatida ularni qayta olib keltirilishiga (ushlab qolinmasdan) olib keladi. pslq104-1010 Om.sm. bO'lgan changlar. Bu changlar elektrofilptrda yaxshi ushlanadi, chunki zarrachalarning zaryadsizlanishi tez bO'lmaydi, balki qatlam yig'ilishi uchun kerakli bO'lgan vaqt oraligida bO'ladi; psl1010-1013 Om.sm. bO'lgan changlar. Bu guruhdagi changlarni elektrofilptrlarda ushlab qolish katta qiyinchiliklar tugdiradi. Bu guruhdagi chang zarrachalari elektrodda zich bO'lmagan qatlam hosil qiladi. Tozalash darajasi (foydali ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.55 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.55 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc